Shanba kuni Budapesht shahriga borgan prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Vengriya davlat bayrami — avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda hamda Budapeshtda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yugurish musobaqalari finalida ishtirok etadi.

венгрия, виктор орбан

Tomonlar O‘zbekiston-Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. O‘zaro savdo hajmi ortib borayotgani va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakchi korxonalar kooperatsiyasi kuchayotgani ta’kidlandi.

Vengriyaning OTP banki O‘zbekiston bank-moliya bozoriga kirib kelgani strategik ahamiyatga ega ekani hamda Yevropa biznesi uchun muhim ishora, deya ataldi.

20-avgust kunidan boshlab Toshkent va Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish va sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladigan muhim voqea bo‘lishi ta’kidlandi, deyiladi xabarda.

венгрия, виктор орбан

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban mintaqaviy, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi kun tartibi yuzasidan batafsil fikr almashdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin va konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.