Siyosat

Aliya Yunusova bola huquqlari bo‘yicha ombudsman lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi
14 sentabr 2023, 11:50

Aliya Yunusova bola huquqlari bo‘yicha ombudsman lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi

Bola huquqlari bo‘yicha ombudsman Aliya Yunusova “mavjud vaziyatdan kelib chiqib” o‘z faoliyatini to‘xtatayotganini e’lon qildi. U mazkur lavozimda 2020-yilning fevralidan beri ishlab kelayotgandi.

Davlat hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati kengaytirildi
14 sentabr 2023, 11:41

Davlat hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati kengaytirildi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila a’zolari ham davlat hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatiga kiritildi.

Begisbay Temirbayev Qoraqalpog‘iston madaniyat vaziri bo‘ldi
14 sentabr 2023, 10:29

Begisbay Temirbayev Qoraqalpog‘iston madaniyat vaziri bo‘ldi

Shu vaqtgacha Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli direktori lavozimida ishlab kelgan Begisbay Temirbayev Qoraqalpog‘iston madaniyat vaziri etib tayinlandi.

O‘zbekiston Qatar bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qiladi
14 sentabr 2023, 10:05

O‘zbekiston Qatar bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qiladi

Prezident Qatar bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash bo‘yicha qarorni qabul qildi.

Prezident davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
13 sentabr 2023, 18:13

Prezident davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonun”ni imzoladi. Unda Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishi belgilab qo‘yildi.

Ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston bayrog‘i ostida suzish shart etib belgilandi
13 sentabr 2023, 17:48

Ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston bayrog‘i ostida suzish shart etib belgilandi

Endi ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida suzishga yo‘l qo‘yiladi. Bu ichki kema yo‘llarida suzish qoidalarida belgilab qo‘yildi. Shuningdek, gorizont bo‘ylab ko‘rinish masofasi 1 kilometrdan kam bo‘lganda kemalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

Zarafshonning sobiq hokimi Anvar Rajabov jinoiy javobgarlikka tortilgan
13 sentabr 2023, 17:42

Zarafshonning sobiq hokimi Anvar Rajabov jinoiy javobgarlikka tortilgan

2018−2022-yillarda Zarafshon shahri hokimi bo‘lgan Anvar Rajabov yer ajratish bilan bog‘liq masalada aybdor deb topilib, 3,5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidenti Dushanbe o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida qatnashadi
13 sentabr 2023, 13:56

O‘zbekiston prezidenti Dushanbe o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida qatnashadi

Shavkat Mirziyoyev 14−15-sentabr kunlari Markaziy Osiyo besh mamlakati rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda besh yil deganda o‘tkazilayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida ishtirok etish uchun Tojikistonga boradi.

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nuqt so‘zlaydi
13 sentabr 2023, 13:38

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nuqt so‘zlaydi

O‘zbekiston prezidenti kelgusi haftada AQShga boradi. Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nuqt so‘zlaydi, qolaversa, AQSh tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “C5+1” formatidagi AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida qatnashadi.

“Navbatdagi fantazyor”. O‘zbek faollari rossiyalik deputatning sobiq SSSR davlatlari haqidagi fikriga munosabat bildirdi
13 sentabr 2023, 13:06

“Navbatdagi fantazyor”. O‘zbek faollari rossiyalik deputatning sobiq SSSR davlatlari haqidagi fikriga munosabat bildirdi

Rossiya davlat dumasi deputati Yevgeniy Fyodorov Rossiya Sobiq Ittifoq davlatlari bilan urishishga majbur bo‘lishi, ular SSSRdan noqonuniy ajralib chiqqani haqida fikr bildirdi. O‘zbekistonlik deputatlar buni “nosog‘lom fikr” deya atab, bu so‘zlarga jiddiy munosabat bildirish shart emasligini ta’kidladi.

“Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratish vazifasi hech qayerga yo‘qolmadi” — prezident matbuot kotibi
13 sentabr 2023, 13:01

“Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratish vazifasi hech qayerga yo‘qolmadi” — prezident matbuot kotibi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Gazeta.uz” nashriga javoban, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni tashkil etish bandi kiritilmagan bo‘lsada, “topshiriq hech qayerga yo‘qolmagani”ni aytdi. Bu borada chora-tadbirlar va mexanizmlar belgilab berilgan, dedi u.

Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi tashkil etildi
12 sentabr 2023, 18:05

Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi tashkil etildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi tashkil etildi. Markaz Davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi.

Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
12 sentabr 2023, 14:43

Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan Farrux Sharipov, Farxodjon Tashpulatov va Olim Omonov sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Prezident “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqladi
12 sentabr 2023, 10:54 1

Prezident “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqladi

Prezident “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqladi. Uning maqsadlari qatoriga barcha fuqarolarning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish, sog‘lom va bilimli avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish hamda adolat, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni kafolatlash kiradi.

Prezident Britaniyaning Cross Works kompaniyasiga tegishli Toshkent va Yangi Toshkent qo‘shma loyihasini ma’qulladi (+foto)
11 sentabr 2023, 16:55

Prezident Britaniyaning Cross Works kompaniyasiga tegishli Toshkent va Yangi Toshkent qo‘shma loyihasini ma’qulladi (+foto)

Shavkat Mirziyoyev Britaniyaning Cross Works kompaniyasi ishlab chiqqan Toshkent va Yangi Toshkent qo‘shma loyihasini ma’qulladi. “Ha, biz uni Yangi Toshkent deymiz, lekin ertaga u ham eski Toshkentni yangilashi kerak. Ular bir qon, bir arteriyaga aylanishi kerak”, — deydi qurilish direksiyasi rahbari Davronjon Odilov.

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘dagi prezidentlik saylovlarini tan olmaydi — TIV
11 sentabr 2023, 16:13

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘dagi prezidentlik saylovlarini tan olmaydi — TIV

O‘zbekiston hukumati tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasida o‘tkazilgan qo‘shtirnoq ichidagi prezident saylovlarini tan olmaydi, deya xabar qildi TIV.

O‘zbekiston delegatsiyasi prezident tashrifi oldidan AQShda bo‘ldi
11 sentabr 2023, 10:45

O‘zbekiston delegatsiyasi prezident tashrifi oldidan AQShda bo‘ldi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va boshqa rasmiylar AQShga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoyev sentabr oyi oxirida AQShga borishi kutilmoqda. U yerda “Markaziy Osiyo-AQSh” formatidagi birinchi sammit (C5+1) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Yangi Toshkent loyihasini boshlamasak, Toshkentda besh yildan keyin odamlar yashay olmaydi” — prezident
10 sentabr 2023, 16:08

“Yangi Toshkent loyihasini boshlamasak, Toshkentda besh yildan keyin odamlar yashay olmaydi” — prezident

O‘zbekiston prezidenti “Yangi Toshkent” loyihasini boshlash muhimligini, aks holda besh yildan keyin “poytaxtda odamlar yashay olmasligini” aytdi.

Surxondaryodagi gazeta XDP yetakchisini iste’foga chiqishga chaqirdi
9 sentabr 2023, 15:52

Surxondaryodagi gazeta XDP yetakchisini iste’foga chiqishga chaqirdi

“Surxon ovozi” gazetasi Xalq demokratik partiyasi yetakchisini iste’foga chiqishga chaqirdi. Bosh muharrirning birinchi sahifadagi maqolasida saylovda siyosiy raqobat bo‘lmagani, Ulug‘bek Inoyatov olgan 4 foiz ovoz esa sharmandali ekani aytiladi.

AQSh O‘zbekistonni Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi dasturiga kiritadi
9 sentabr 2023, 13:27

AQSh O‘zbekistonni Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi dasturiga kiritadi

O‘zbekiston AQSh Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi dasturining 50 ta hamkor davlatidan biriga aylanadi. Bu haqda Toshkentda kelishuvga erishdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi va USAID ham xavfsiz va sifatli dori vositalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha yangi memorandum imzoladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting