Xurshid Abdukarimovich Usmonov Qamashi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Usmonov 1979-yilda Kasbi tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat texnika universitetining bakalavr va magistraturasini va Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tamomlagan.

Tayinlovga qadar viloyat “Qashqadaryo suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Tumanni 2020-yil oktabridan beri boshqarib kelgan sobiq hokim Botir Tog‘ayev 31-iyul kuni qishloq xo‘jaligi vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangandi.