O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev Budapeshtdagi amaliy tashrifi doirasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orbandan tashqari yana bir qancha davlat rahbarlari bilan uchrashdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Xususan, Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning 20-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ikki davlat o‘rtasidagi strategik munosabatlarni mustahkamlash masalalari, ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi. Qo‘shma strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi, Turkiy davlatlar tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining joriy yilda o‘tkazilishi mo‘ljallangan sammitlari shular jumlasidandir.

венгрия, yengil atletika

Prezidentlar o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘sib borayotgani va 1-iyuldan Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim kuchga kirganini ta’kidladi.

Yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati doirasida Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan ham suhbatlashdi.

Yetakchilar jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha final bahsini tomosha qildi.

венгрия, yengil atletika

19−27-avgust kunlari Budapeshtda yengil atletika bo‘yicha XIX jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 190 dan ortiq davlatdan 2000 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.

O‘zbekistondan 5 nafar atletchi sportning balandlikka sakrash, uch xatlab sakrash, uzunlikka sakrash, yettikurash va marafon kabi turlarida kuch sinashmoqda.

G‘oliblar hamda olimpiya normativlarini bajargan sportchilar 2024-yilda Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Budapeshtda Vengriya davlat bayrami — avliyo Ishtvan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda ham ishtirok etdi.

венгрия, yengil atletika

Bundan tashqari, u yaqinda O‘zbekiston bozoriga “Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish yo‘li bilan kirgan OTR banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi.