Siyosat

Uchinchi Jahon urushining oldini olish mumkinmi?
27 avgust 2023, 12:00

Uchinchi Jahon urushining oldini olish mumkinmi?

Insoniyat taqdiri AQSh va Xitoy qay darajada murosaga kela olishiga bog‘liq. Har ikki kuch qarshi tarafning strategik xavf tug‘dirishiga o‘z-o‘zini ishontirib bo‘lgan. Xitoy va AQSh bir-biri bilan keng qamrovli urush tahdidisiz birga yashay oladimi? Amerikalik nufuzli diplomat Genri Kissinjer mulohazalari.

Navoiy viloyatida 4 nafar hokim intizomiy jazoga tortildi
27 avgust 2023, 10:24

Navoiy viloyatida 4 nafar hokim intizomiy jazoga tortildi

Navoiy viloyati hokimi farmoyishi bilan G‘ozg‘on shahri, Qiziltepa va Xatirchi tumanlari hokimlariga hayfsan berildi, Karmana tumani hokimiga jarima jazosi qo‘llanildi.

Prezident qator xorijiy fuqarolarni taqdirladi
26 avgust 2023, 15:29

Prezident qator xorijiy fuqarolarni taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev energetika, neft-gaz va bank sohalarida faoliyat olib borayotgan 8 nafar xorijiy investorni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.

AQSh Senati Milliy xavfsizlik ishlari qo‘mitasi raisi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
25 avgust 2023, 22:58

AQSh Senati Milliy xavfsizlik ishlari qo‘mitasi raisi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

AQSh Senatining Milliy xavfsizlik va hukumat ishlari qo‘mitasi raisi Geri Piters O‘zbekiston prezidenti, Senat raisi va TIV rahbari tomonidan qabul qilindi. Muzokaralarda iqtisodiy hamkorlik, mintaqaviy kun tartibi, parlamentlar o‘rtasidagi munosabatlar, inson huquqlari va boshqalar muhokama qilindi.

Prezident administratsiyasi tarkibi tasdiqlandi
25 avgust 2023, 15:56

Prezident administratsiyasi tarkibi tasdiqlandi

Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasining yangilangan tarkibini tasdiqladi. Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi, sobiq energetika vaziri Alisher Sultanov energetika xavfsizligi bo‘yicha maslahatchi, Komil Allamjonov axborot siyosati departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi etib tayinlandi
25 avgust 2023, 15:45

Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi etib tayinlandi

Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi etib tayinlandi. Prezident administratsiyasida, shuningdek, boshqa tayinlovlar ham amalga oshirildi.

O‘zbekiston va AQSh Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishni yanada muvofiqlashtirmoqchi
25 avgust 2023, 12:50

O‘zbekiston va AQSh Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishni yanada muvofiqlashtirmoqchi

Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va AQSh Kongressi Senatining Tashqi aloqalar qo‘mitasi vakili Sharlott Oldhem-Mur Afg‘onistonga gumanitar va boshqa yordam ko‘rsatishda O‘zbekiston va AQShning harakatlarini muvofiqlashtirish muhimligini ta’kidladi.

“Toshkentga qaytmaysan”. Prezident — Samarqand hokimiga
25 avgust 2023, 11:08

“Toshkentga qaytmaysan”. Prezident — Samarqand hokimiga

Prezident “Samarqandda ishlash qiyinligini bilgan va Toshkentga qaytmoqchi bo‘lgan” Samarqand shahri hokimi Fazlididin Umarovni ko‘pchilik maqtashini aytdi. “Toshkentga qaytmaysan, shuni bilgin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev DSQ raisining sobiq birinchi o‘rinbosariga.

O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
25 avgust 2023, 08:31

O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi “ukrain do‘stlar”ni Mustaqillik kuni bilan tabriklab, “osmoni tinch bo‘lishi, abadiy gullab-yashnashi va farovonlikni” tiladi.

“Qishda svet o‘chganda hech kim Turdimov demaydi, Mirziyoyev qayoqqa qarayapti, deydi” — prezident
24 avgust 2023, 22:24

“Qishda svet o‘chganda hech kim Turdimov demaydi, Mirziyoyev qayoqqa qarayapti, deydi” — prezident

Prezident Samarqand viloyatida elektr taqchilligi 2022-yildagidan ko‘proq bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. U viloyat hokimi va uning o‘rinbosari, shuningdek, energetika vazirining birinchi o‘rinbosarini tanqid qildi. “Qishda svet o‘chganda hech kim Turdimov demaydi, Mirziyoyev qayoqqa qarayapti, deydi”, — dedi u.

Turkmanistonning yangi elchisi O‘zbekistonda ish boshladi
24 avgust 2023, 19:42

Turkmanistonning yangi elchisi O‘zbekistonda ish boshladi

Turkmanistonning yangi elchisi Shadurdi Meredov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Senat “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunni rad etdi
24 avgust 2023, 15:22

Senat “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunni rad etdi

Senatorlar “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunni rad etdi. Bunga hujjatdagi ayrim normalarning tadbirkorlik faoliyati erkinligi va daxlsizligiga oid kafolatlariga zidligi, korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi va boshqa kamchiliklar sabab bo‘ldi.

“O‘zbekistondan sovg‘a”. Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Fuzuliyda maktab ochilishida ishtirok etdi (foto)
23 avgust 2023, 21:47

“O‘zbekistondan sovg‘a”. Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Fuzuliyda maktab ochilishida ishtirok etdi (foto)

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari hamda ularning rafiqalari Fuzuliy shahrida O‘zbekiston tomonidan qurilgan maktabning ochilish marosimida ishtirok etdi. “Bu Qorabog‘ni tiklashda xorijiy davlatning ilk sovg‘asidir”, — dedi Ilhom Aliyev. Maktab haqida nimalar ma’lum?

O‘zbekistonning BMTdagi yangi vakili ish boshladi
23 avgust 2023, 14:41

O‘zbekistonning BMTdagi yangi vakili ish boshladi

Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi yangi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov bosh kotib Antoniu Guterrishga ishonch yorliqlarini topshirdi va ish faoliyatini boshladi.

USAIDning O‘zbekistondagi missiyasiga Devid Xofman rahbar bo‘ldi
23 avgust 2023, 11:51

USAIDning O‘zbekistondagi missiyasiga Devid Xofman rahbar bo‘ldi

Devid Xofman USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori bo‘ldi. Missiya 2020-yil sentabr oyida ish boshlagan. Mikaela Meredit uning ilk direktori edi. USAID rahbari Samanta Pauer AQSh O‘zbekiston xalqini yanada qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ta’kidladi.

Senatning qirq to‘rtinchi yalpi majlisi 24-avgust kuni chaqiriladi
23 avgust 2023, 10:30

Senatning qirq to‘rtinchi yalpi majlisi 24-avgust kuni chaqiriladi

Senatning 24-avgustdagi yalpi majlisida valyutani tartibga solish, ijara va lizing munosabatlarini takomillashtirish, o‘simliklarni himoya qilish va yer qa’ri to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Surxondaryo va Xorazm viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari natijalari ham muhokama qilinadi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy davlatlararo kengash tashkil qildi
23 avgust 2023, 09:40

O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy davlatlararo kengash tashkil qildi

Shavkat Mirziyoyevning qayta saylanganidan keyingi ilk davlat tashrifida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa hujjatlar imzolandi. Savdo, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, logistika masalalari va boshqalar muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev 22-avgust kuni Ozarbayjonga boradi
21 avgust 2023, 10:40

Shavkat Mirziyoyev 22-avgust kuni Ozarbayjonga boradi

O‘zbekiston prezidenti 22−23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

“O‘ztransgaz”ga boshqaruv raisi v.v.b. tayinlandi
21 avgust 2023, 10:13

“O‘ztransgaz”ga boshqaruv raisi v.v.b. tayinlandi

“O‘zneftgazinspeksiya” rahbari o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Askar Isakov “O‘ztransgaz” boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. “Gazeta.uz”ning aniqlashicha, kompaniyaning avvalgi rahbari Behzot Normatov 6 oycha oldin lavozimini tark etgan, biroq bu haqda rasman xabar berilmagan.

Prezident Budapeshtdagi yengil atletika bo‘yicha JCHga tashrif buyurdi va qator uchrashuvlar o‘tkazdi
21 avgust 2023, 09:27

Prezident Budapeshtdagi yengil atletika bo‘yicha JCHga tashrif buyurdi va qator uchrashuvlar o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda bir qator davlat rahbarlari bilan uchrashdi, yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tashrif buyurdi, avliyo Ishtvan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting