18-avgust kuni O‘zbekistondan Ukrainaga yuborilgan 10,5 tonnali gumanitar yordam qabul qilib olindi. Bu haqda mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

“Bugun Ukrain-o‘zbek do‘stligi xalqaro jamiyati raisi Lyubomir Bashinskiy jamoat tashkilotlari vakillari va o‘zbek ishbilarmonlari tomonidan yig‘ilgan 10,5 tonna gumanitar yukni qabul qildi”, — deb yozdi Ukraina diplomatik missiyasi rahbari.

Ukrainaga yuborilgan yukdan poyabzallar (qishki, sport hamda bolalar uchun), ayollar va bolalar trikotaj kiyimlari o‘rin olgan bo‘lib, umumiy qiymati 785 844 grivna yoki 21 282 dollarni tashkil etadi. Shuningdek, umumiy qiymati 157 771 grivna (salkam 4273 dollar) bo‘lgan tibbiy buyumlar — shprits, paxta va infuzion tizimlar topshirilgan.

Ta’kidlanishicha, gumanitar yordam Lvov viloyatining Drogobich tumani ma’muriyati, ijtimoiy siyosat bo‘limi va viloyat maxsus tibbiy buyumlar kengashiga topshirilgan.

Doroshenko, o‘z navbatida, insonparvarlik aksiyasi ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafar boladan iborat guruh O‘zbekistonga yetib kelgandi.

gumanitar yordam, o‘zbekистон, украина

Ushbu loyiha mamlakatning Toshkentdagi elchixonasi tashabbusi bilan o‘zbek ishbilarmonlari va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.