Askar Sharifjanovich Isakov “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Askar Isakov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar 2019-yilning aprel oyidan buyon Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zneftgazinspeksiya) boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

“O‘ztransgaz” mamlakat gaz uzatish tizimining operatori bo‘lib, tabiiy gazni ichki bozorga tashish, shuningdek, O‘zbekistondan gaz eksporti va tranzitini ta’minlaydi.

2021-yil avgustidan yuyeri Behzot Normatov “O‘ztransgaz” rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi, yanvar oyida esa energetika inqirozi fonida u “Hududiy elektr tarmoqlari” va “O‘zbekneftgaz” rahbarlari bilan birgalikda kompaniya vazifasini bajaruvchiga aylangandi.

“Gazeta.uz” ma’lumotiga ko‘ra, Normatov taxminan 6 oy oldin o‘z lavozimini tark etgan, biroq uning ishdan ketgani haqida rasman xabar berilmagan.