Siyosat

Qoraqalpog‘istonga moliya vaziri tayinlandi
18 avgust 2023, 08:49

Qoraqalpog‘istonga moliya vaziri tayinlandi

Rustam Sultonov Qoraqalpog‘iston moliya vaziri etib tayinlandi. U ushbu lavozimga qadar “Xalq banki”, “Asakabank” va O‘zbekiston Hisob palatasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Muzaffar Rashidov Qibray tumaniga hokim bo‘ldi
18 avgust 2023, 08:28

Muzaffar Rashidov Qibray tumaniga hokim bo‘ldi

Ohangaron tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Muzaffar Rashidov Toshkent viloyati Qibray tumani hokimi etib tayinlandi.

Prezident administratsiyasi rahbarining hududlardagi yordamchilari lavozimlari tugatildi
17 avgust 2023, 20:00

Prezident administratsiyasi rahbarining hududlardagi yordamchilari lavozimlari tugatildi

2022-yil noyabr oxirida tashkil etilgan Prezident administratsiyasi rahbarining hududlardagi yordamchilari lavozimlari tugatildi. Ushbu yangi lavozimlar “hududlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va joylardagi vaziyatni hisobga olgan holda tezkor choralar ko‘rish zarurligi” bilan izohlangan edi.

Yangiyo‘l tumaniga hokim tayinlandi
17 avgust 2023, 17:34

Yangiyo‘l tumaniga hokim tayinlandi

Nurafshon shahri kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi rahbari vazifasida ishlab kelgan Odiljon Ataullayev Yangiyo‘l tumani hokimi etib tayinlandi. Shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rirnbosari “lavozimiga loyiq emas” deb topilib, vazifasidan ozod qilinishi aytildi.

Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi
17 avgust 2023, 16:31

Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi

O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi davlat rahbarining farmoni bilan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgani haqida xabar berdi. Avvalroq PAda kadrlar o‘zgarishi haqida xabar berilgandi.

Energetika vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
17 avgust 2023, 16:16

Energetika vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Umid Mamadaminov O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.

Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi
17 avgust 2023, 15:57

Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi

Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi. U davlat rahbarining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Sunnatilla Bekenov Prezident administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ozod etildi
17 avgust 2023, 15:33

Sunnatilla Bekenov Prezident administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ozod etildi

Sunnatilla Bekenov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ketdi. U mazkur lavozimda 2022-yildan beri ishlab kelayotgandi.

1-yanvardan qoida buzgani uchun ushlangan mashinalarning hisobi “Jarima maydonchasi” tizimi orqali yuritiladi
17 avgust 2023, 15:31

1-yanvardan qoida buzgani uchun ushlangan mashinalarning hisobi “Jarima maydonchasi” tizimi orqali yuritiladi

2024-yildan boshlab qoidani buzgani uchun ushlangan transportlar “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali to‘xtash joylariga olib kelinib, ularning hisobini yuritiladi. Jarima maydonchasi va huquqbuzarlik uchun jarimalar uchun to‘lov elektron amalga oshiriladi.

Xorazm IIBga Toshkent shahri IIBB boshlig‘i o‘rinbosari rahbar etib tayinlandi
17 avgust 2023, 08:34

Xorazm IIBga Toshkent shahri IIBB boshlig‘i o‘rinbosari rahbar etib tayinlandi

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga Toshkent shahri IIBB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Ravshan Sultonxodjayev tayinlandi.

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
16 avgust 2023, 17:17

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Jamshid Xodjayev Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. U 2015 va 2020-yillarda ushbu viloyatdan senator etib saylangan.

Isroil Jabborov Payariq tumaniga hokim bo‘ldi
16 avgust 2023, 15:12

Isroil Jabborov Payariq tumaniga hokim bo‘ldi

Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Isroil Jabborov Payariq tumani hokimi etib tayinlandi. Sobiq hokim hududda investitsiya ko‘rsatkichi qoniqarsizligi sababli prezident topshirig‘iga ko‘ra ishdan olingandi.

“Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazishga imzolar yetmadi — Adliya vazirligi
16 avgust 2023, 12:47

“Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazishga imzolar yetmadi — Adliya vazirligi

Adliya vazirligi fuqarolarning imzosi yetarli bo‘lmagani uchun “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” demokratik partiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etdi. O‘zbekistonda partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 20 ming imzo talab qilinsa, bu partiyaning faqat 2517 ta imzosi qonunchilikka muvofiq deb topildi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga o‘rinbosar tayinlandi
16 avgust 2023, 11:49

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Nukus davlat pedagogika instituti rektori sifatida ishlab kelgan Bayram Otemuratov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga o‘rinbosar bo‘ldi. Avvalroq shu lavozimda ishlab kelgan Abatbay Daniyarov Nukus shahriga hokim etib tayinlangandi.

USAID “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi
16 avgust 2023, 10:17

USAID “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Vashingtonda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha memorandum imzoladi.

Bekzod Narimanov ombudsman o‘rinbosari lavozimiga saylandi
15 avgust 2023, 14:43

Bekzod Narimanov ombudsman o‘rinbosari lavozimiga saylandi

Qonunchilik palatasi deputatlari Bekzod Narimanovni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga sayladi. Qaror Senatga yuborildi.

Prezident daraxtlarni kesganlik uchun yangi jarimalar to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
15 avgust 2023, 10:46

Prezident daraxtlarni kesganlik uchun yangi jarimalar to‘g‘risidagi qonunni rad etdi

O‘zbekiston prezidenti daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha parlament tomonidan qabul qilingan qonunni rad etdi. Hujjat jarimalar miqdori kam bo‘lgani tufayli rad etilgan bo‘lishi mumkin.

“Kengash ovozi xalq ovozi bo‘lishi kerak” — prezident
14 avgust 2023, 09:50

“Kengash ovozi xalq ovozi bo‘lishi kerak” — prezident

Prezident Toshkent, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida o‘nlab rahbarlar ishdan olinganidan har bir hokim xulosa qilishi kerakligi haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kengash xalq ovoziga aylanib, joylarda kim ishdan ketishi borasida taklif berishi kerak.

O‘zbekiston — Qozog‘iston harbiylari hamkorlikda maxsus-taktik o‘quvlar o‘tkazdi
13 avgust 2023, 09:55

O‘zbekiston — Qozog‘iston harbiylari hamkorlikda maxsus-taktik o‘quvlar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari Aqtauda maxsus-taktik o‘quvlar o‘tkazdi. Maxsus bo‘linmalar zamonaviy qurolli mojarolar tajribasidan kelib chiqqan holda yangi taktik usuldan foydalandi. Dronlardan foydalanildi, yaqin masofada jang qilindi, dengiz, tog‘, cho‘l va shahar sharoitlarida operatsiyalar o‘tkazildi.

Erkin Muhitdinov Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi
12 avgust 2023, 12:15

Erkin Muhitdinov Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Erkin Muhitdinov Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanning sobiq hokimi Abdurasul Abdullayev esa Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting