Siyosat

Yevroparlament O‘zbekistonni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralashga chaqirdi
12 oktabr 2023, 13:16

Yevroparlament O‘zbekistonni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralashga chaqirdi

Yevroparlament O‘zbekiston Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harbiy harakatini qoralamaganidan afsusda ekanini bildirdi va rasmiylarni shunga chaqirdi. Yevropa Ittifoqi organi, shuningdek, “Rossiya davlat kompaniyalari va O‘zbekiston gaz sektoridan foyda ko‘ruvchi insayderlarga berilgan imtiyozlardan” afsusda.

O‘zbekiston prezidenti kuzgi daraxt ekish mavsumini e’lon qildi
11 oktabr 2023, 23:21

O‘zbekiston prezidenti kuzgi daraxt ekish mavsumini e’lon qildi

O‘zbekistonda 25-oktabrdan 1-dekabrgacha kuzgi daraxt ekish mavsumi doirasida 85 mln tup ko‘chat ekish rejalashtirilmoqda. Prezident bu borada avval yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik shart ekanini ta’kidladi. U obodonlashtirish bo‘limlarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha tajriba o‘tkazishni ma’qulladi.

Yangi parvozlar, tozalik va tabassum. O‘zbekiston prezidenti sayyohlarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berdi
11 oktabr 2023, 22:47

Yangi parvozlar, tozalik va tabassum. O‘zbekiston prezidenti sayyohlarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Prezident O‘zbekistonga sayyohlarni ko‘paytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda bu borada yaqin xorij va Xitoy katta salohiyatga egaligini ta’kidladi. Madaniy tadbirlarni ko‘paytirish, filmlar suratga olish, turizm obyektlarida tozalik, xushmuomalalikni targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Isroil va G‘azoda vatandoshlarimiz asirga olingani haqida ma’lumot yo‘q — O‘zbekiston elchixonasi
11 oktabr 2023, 17:26

Isroil va G‘azoda vatandoshlarimiz asirga olingani haqida ma’lumot yo‘q — O‘zbekiston elchixonasi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakat hududi va G‘azo sektorida majburan ushlab turilganlar orasida o‘zbekistonliklar borligi haqida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi. Shuningdek, Isroilda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan aloqaga chiqish so‘raldi.

Sudoche ko‘llar tizimi xalqaro ahamiyatdagi suv-botqoq hududlari ro‘yxatiga kiritildi
11 oktabr 2023, 16:14

Sudoche ko‘llar tizimi xalqaro ahamiyatdagi suv-botqoq hududlari ro‘yxatiga kiritildi

Qoraqalpog‘istondagi Sudoche ko‘llar tizimi “Ramsar” konvensiyasining xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq hududlari ro‘yxatiga kiritildi. Bungacha Dengizko‘l (2001), Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi (2008) hamda To‘dako‘l va Quymazor suv omborlari (2020) mazkur ro‘yxatdan joy olgan.

Toshkentda Braziliya elchixonasi ochilishi mumkin
11 oktabr 2023, 10:20

Toshkentda Braziliya elchixonasi ochilishi mumkin

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov va Braziliyaning AQShdagi elchisi Mariya Viotti uchrashuvida Braziliya hukumati Toshkentda elchixona ochish masalasini o‘rganib chiqayotgani ma’lum qilindi.

Surxondaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
10 oktabr 2023, 18:56

Surxondaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Alisher Amirov Surxondaryo viloyati hokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. Bunga qadar u Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

“YI O‘zbekiston uchun ezgulik kuchi bo‘lishda davom etadi”. Yevroparlament O‘zbekiston bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi
10 oktabr 2023, 15:39

“YI O‘zbekiston uchun ezgulik kuchi bo‘lishda davom etadi”. Yevroparlament O‘zbekiston bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi

Yevroparlament O‘zbekiston bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi, unda mamlakatning yutuq va kamchiliklari, YI tavsiyalari keltirilgan. “YI O‘zbekiston uchun ezgulik kuchi bo‘lishda davom etadi… Shu bilan birga, do‘stlar singari kamchiliklar haqida ochiq gapiramiz”, — dedi Yevroparlament deputatlaridan biri.

Shaxnoza Mirziyoyeva: Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mavjudligiga sabab bo‘layotgan jamiyatdagi munosabatni o‘zgartirmoqchimiz
10 oktabr 2023, 15:12

Shaxnoza Mirziyoyeva: Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mavjudligiga sabab bo‘layotgan jamiyatdagi munosabatni o‘zgartirmoqchimiz

O‘zbekistonda 9 oy davomida bolalarga nisbatan 1240 ta zo‘ravonlik holati qayd etilgan. Zo‘ravonlik oqibatida 22 bola halok bo‘lgan. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi va YUNISEF bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi qonun loyihasini taqdim etdi.

Deputatlar Surayyo Rahmonovani bolalar ombudsmani etib tasdiqladi
10 oktabr 2023, 14:33

Deputatlar Surayyo Rahmonovani bolalar ombudsmani etib tasdiqladi

Qonunchilik palatasi Surayyo Rahmonovani Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili etib tasdiqladi. U avval Bosh prokuratura, AOKA va Senatda ishlagan. Nomzod endi Senat tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Partiyalar O‘zbekistonda aralash saylov tizimiga o‘tish masalasini muhokama qilishni boshladi
9 oktabr 2023, 18:36

Partiyalar O‘zbekistonda aralash saylov tizimiga o‘tish masalasini muhokama qilishni boshladi

O‘zbekistonda partiyalar fraksiyalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini saylashning majoritar-proporsional (aralash) tizimiga o‘tish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun loyihasini muhokama qilishni boshladi.

Poytaxt tumaniga ilk bor ayol hokim tayinlandi
9 oktabr 2023, 15:26

Poytaxt tumaniga ilk bor ayol hokim tayinlandi

Toshkentning Yakkasaroy tumaniga Nilufar Allabergenova hokim etib tayinlandi. U 2019-yildan buyon shu tuman prokurori sifatida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekiston Falastin-Isroil mojarosidan jiddiy xavotirda — TIV
9 oktabr 2023, 15:08

O‘zbekiston Falastin-Isroil mojarosidan jiddiy xavotirda — TIV

O‘zbekiston TIV Falastin-Isroil mojarosi tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib kelgani va Yaqin Sharqdagi vaziyatni murakkablashtirganidan jiddiy xavotir bildirdi. Mamlakat tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatda tugatish va inqirozni diplomatik vositalar orqali hal qilishga chaqirdi.

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi
7 oktabr 2023, 22:43

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytish oldidan Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi.

Toshkentning Yakkasaroy tumani hokimi Mirobod tumaniga hokim bo‘ldi
7 oktabr 2023, 17:32

Toshkentning Yakkasaroy tumani hokimi Mirobod tumaniga hokim bo‘ldi

2019-yil sentabr oyidan buyon Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Anvar Sayfutdinov Mirobod tumaniga hokim etib tayinlandi.

Samarqandda Rossiyaning bosh konsulxonasi ochiladi
6 oktabr 2023, 23:45

Samarqandda Rossiyaning bosh konsulxonasi ochiladi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha Samarqandda RF Bosh konsulxonasini ta’sis etish, neft yetkazib berish sohasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitimlar va boshqa hujjatlar (jami 10 ta) imzolandi.

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish 7-oktabrdan boshlanadi — Mirziyoyev va Putin
6 oktabr 2023, 22:18

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish 7-oktabrdan boshlanadi — Mirziyoyev va Putin

O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari 7-oktabr kuni O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etadi, dedi Vladimir Putin. Shavkat Mirziyoyev loyihani “strategik” deb atadi. Avvalroq Qozog‘iston gaz oy oxiridan yetkazilishini bildirgandi.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga “Rossiya-Dog‘iston” aloqalari rivoji uchun minnatdorchilik bildirdi
6 oktabr 2023, 21:18

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga “Rossiya-Dog‘iston” aloqalari rivoji uchun minnatdorchilik bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda adashib ketdi va “Rossiya-Dog‘iston” aloqalarini rivojlantirishdagi ishtiroki uchun unga minnatdorchilik bildirdi.

“Hal qilinmagan birorta ham masala yo‘q”. O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi
6 oktabr 2023, 20:53

“Hal qilinmagan birorta ham masala yo‘q”. O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tor doiradagi uchrashuvda har tomonlama strategik sheriklik davom etayotgani, mamlakatlar o‘rtasida “hal qilinmagan birorta ham masala yo‘q”ligini ta’kidladi. Putin esa “juda nozik sohalardagi” hamkorlikni qayd etdi.

“Mazmunan juda boy tashrif”. Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi bilan uchrashdi
6 oktabr 2023, 17:55

“Mazmunan juda boy tashrif”. Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi bilan uchrashdi

Rossiyaga rasmiy tashrif bilan borgan Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin bilan muzokara o‘tkazdi. Ular iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, shaharsozlik sohalarida hamkorlik va O‘zbekistonda elektron savdoni joriy etish kabi masalalarni muhokama qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting