Amirov Alisher Xurramovich Surxondaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
U 1977-yil Boysun tumanida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llari institutini, 2014-yilda prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent viloyati bo‘limi sho‘’ba mudiri, “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasida boshqarma boshlig‘i, boshqaruv raisining o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, Sherobod tumani hokimi lavozimlarida mehnat qilgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2021-yildan buyon Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.