Anvar Nazarovich Sayfutdinov Toshkent shahri Mirobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

U 2019-yil sentabr oyidan beri Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Anvar Sayfutdinov 1981-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2009-yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Ilgari u Navro’z-FT kompaniyasi ijrochi direktori lavozimida ishlagan, shuningdek, Sanico Trading xususiy korxonasi, Shinkonrakttorg shu’ba korxonasi va Sanico Group kompaniyasida rahbar lavozimlarda faoliyat yuritgan.