Nilufar Anvarovna Allabergenova Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi. Bu Toshkentdagi tumanlardan biriga birinchi marta ayol rahbarlik qilishi hisoblanadi.
Yangi hokim 1971-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Toshkentning Yashnobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2019-yildan shu kunga qadar Yakkasaroy tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil sentabr oyidan buyon Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Anvar Sayfutdinov Mirobod tumaniga hokim etib tayinlangandi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
2020-yilning fevral oyida Toshkent shahri prokurori Yunus Rajabiy mahallasida 81 tup daraxt kesilgani ortidan Nilufar Allabergenovaga hududda qonunlar ijrosi ustidan yetarlicha prokuror nazorati o‘rnatilmagani uchun hayfsan bergan edi.