Siyosat

Partiyalar O‘zbekistonda aralash saylov tizimiga o‘tish masalasini muhokama qilishni boshladi
9 oktabr 2023, 18:36

Partiyalar O‘zbekistonda aralash saylov tizimiga o‘tish masalasini muhokama qilishni boshladi

O‘zbekistonda partiyalar fraksiyalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini saylashning majoritar-proporsional (aralash) tizimiga o‘tish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun loyihasini muhokama qilishni boshladi.

Poytaxt tumaniga ilk bor ayol hokim tayinlandi
9 oktabr 2023, 15:26

Poytaxt tumaniga ilk bor ayol hokim tayinlandi

Toshkentning Yakkasaroy tumaniga Nilufar Allabergenova hokim etib tayinlandi. U 2019-yildan buyon shu tuman prokurori sifatida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekiston Falastin-Isroil mojarosidan jiddiy xavotirda — TIV
9 oktabr 2023, 15:08

O‘zbekiston Falastin-Isroil mojarosidan jiddiy xavotirda — TIV

O‘zbekiston TIV Falastin-Isroil mojarosi tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib kelgani va Yaqin Sharqdagi vaziyatni murakkablashtirganidan jiddiy xavotir bildirdi. Mamlakat tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatda tugatish va inqirozni diplomatik vositalar orqali hal qilishga chaqirdi.

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi
7 oktabr 2023, 22:43

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytish oldidan Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi.

Toshkentning Yakkasaroy tumani hokimi Mirobod tumaniga hokim bo‘ldi
7 oktabr 2023, 17:32

Toshkentning Yakkasaroy tumani hokimi Mirobod tumaniga hokim bo‘ldi

2019-yil sentabr oyidan buyon Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Anvar Sayfutdinov Mirobod tumaniga hokim etib tayinlandi.

Samarqandda Rossiyaning bosh konsulxonasi ochiladi
6 oktabr 2023, 23:45

Samarqandda Rossiyaning bosh konsulxonasi ochiladi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha Samarqandda RF Bosh konsulxonasini ta’sis etish, neft yetkazib berish sohasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitimlar va boshqa hujjatlar (jami 10 ta) imzolandi.

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish 7-oktabrdan boshlanadi — Mirziyoyev va Putin
6 oktabr 2023, 22:18

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish 7-oktabrdan boshlanadi — Mirziyoyev va Putin

O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari 7-oktabr kuni O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etadi, dedi Vladimir Putin. Shavkat Mirziyoyev loyihani “strategik” deb atadi. Avvalroq Qozog‘iston gaz oy oxiridan yetkazilishini bildirgandi.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga “Rossiya-Dog‘iston” aloqalari rivoji uchun minnatdorchilik bildirdi
6 oktabr 2023, 21:18

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga “Rossiya-Dog‘iston” aloqalari rivoji uchun minnatdorchilik bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda adashib ketdi va “Rossiya-Dog‘iston” aloqalarini rivojlantirishdagi ishtiroki uchun unga minnatdorchilik bildirdi.

“Hal qilinmagan birorta ham masala yo‘q”. O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi
6 oktabr 2023, 20:53

“Hal qilinmagan birorta ham masala yo‘q”. O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tor doiradagi uchrashuvda har tomonlama strategik sheriklik davom etayotgani, mamlakatlar o‘rtasida “hal qilinmagan birorta ham masala yo‘q”ligini ta’kidladi. Putin esa “juda nozik sohalardagi” hamkorlikni qayd etdi.

“Mazmunan juda boy tashrif”. Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi bilan uchrashdi
6 oktabr 2023, 17:55

“Mazmunan juda boy tashrif”. Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi bilan uchrashdi

Rossiyaga rasmiy tashrif bilan borgan Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin bilan muzokara o‘tkazdi. Ular iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, shaharsozlik sohalarida hamkorlik va O‘zbekistonda elektron savdoni joriy etish kabi masalalarni muhokama qildi.

Qatar O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etdi
6 oktabr 2023, 15:11

Qatar O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etdi

O‘zbekiston fuqarolari endi Qatarda 30 kungacha vizasiz yurishi mumkin. Bunda ulardan qaytish chiptasiga ega va xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati 6 oydan kam qolmagan bo‘lishi talab etiladi. Iyunda O‘zbekiston ham xuddi shunday rejimni joriy qilgandi.

Shavkat Mirziyoyev Qozondan Moskvaga yetib bordi
6 oktabr 2023, 08:31

Shavkat Mirziyoyev Qozondan Moskvaga yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti Qozondan Moskvaga yetib bordi. Aeroportda tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti va hukumat rahbari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

O‘zbekiston prezidenti Tatariston raisi bilan muzokaralar o‘tkazdi
5 oktabr 2023, 22:34

O‘zbekiston prezidenti Tatariston raisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti Qozon shahrida Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Hamkorlik masalalari va ikki davlat hududlari forumi yakunlari muhokama qilindi. O‘zbekistonda Rossiyaning “Alabuga” va “Master” texnoparklari bilan sanoat parklarini tashkil etish ham kelishuvlar ro‘yxatidan o‘rin oldi.

Oliy ta’lim vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi
5 oktabr 2023, 15:11

Oliy ta’lim vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi, deya ta’kidlandi prezidentga qilingan taqdimotda. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab ayrim texnikumlarda xalqaro dastur asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Tataristonga bordi
5 oktabr 2023, 14:42

O‘zbekiston prezidenti Tataristonga bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrifining birinchi manzili — Qozon shahriga keldi. Bu uning Tataristonga ilk tashrifi hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi kutilmoqda
5 oktabr 2023, 14:05

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi kutilmoqda

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 13-oktabr kuni MDH davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar rahbarlari, xususan, O‘zbekiston prezidenti ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
5 oktabr 2023, 10:42

Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Olimxon Rustamov Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari bo‘ldi.

Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi bo‘ldi
5 oktabr 2023, 10:17

Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi bo‘ldi

Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi bo‘ldi. U bu lavozimda 2020-yildan buyon ishlab kelgan Feruza Mahmudovaning o‘rnini egalladi.

Qozon shahrida O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi bo‘lib o‘tadi
4 oktabr 2023, 16:50

Qozon shahrida O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi bo‘lib o‘tadi

4-oktabr kuni Tatariston poytaxti Qozon shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi
4 oktabr 2023, 15:33

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 5−7-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi. Shuningdek, u Tataristonga ham tashrif buyuradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting