Iqtisodiyot

31 ta yirik davlat korxonasi aksiyalari yana Iqtisodiyot va moliya vazirligi balansiga qaytarildi
21 avgust 2023, 19:43

31 ta yirik davlat korxonasi aksiyalari yana Iqtisodiyot va moliya vazirligi balansiga qaytarildi

Mart oyida Strategik islohotlar agentligi 2023−2025-yillarda isloh qilish va ish samaradorligini oshirish rejalashtirilgan 31 ta davlat ulushi bo‘lgan korxona aksiyalarini o‘z balansiga olgan edi. Ushbu kompaniyalar va yana 9 ta bankdagi ulushlar Iqtisodiyot va Moliya vazirligi boshqaruviga qaytarildi.

“O‘zbekneftgaz” 2023-yilda 32,3 mlrd kub metr gaz qazib olishni rejalashtirmoqda.
21 avgust 2023, 14:56

“O‘zbekneftgaz” 2023-yilda 32,3 mlrd kub metr gaz qazib olishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistondagi eng yirik gaz ishlab chiqaruvchi “O‘zbekneftgaz” 2023-yil uchun gaz qazib olish prognozini pasaytirish bo‘yicha o‘z prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi. Zaxiralarning qisqarishi hisobiga ishlab chiqario‘ hajmi 32,3 mlrd kub metrga yetishi kutilmoqda.

Prezident qonunchilikni JST kelishuvlariga uyg‘unlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlarni tasdiqladi
21 avgust 2023, 11:07

Prezident qonunchilikni JST kelishuvlariga uyg‘unlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlarni tasdiqladi

O‘zbekiston qonunchiligi JST kelishuvlariga muvofiqlashtirilmoqda. Prezident 2025-yildan import dorilar va tibbiy buyumlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda yig‘imlarni bekor qilish, tovarlarni davlat tilida markirovkalash tartibiga o‘zgartirish kiritish va boshqalarni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.

O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk tarixini endi onlayn tarzda tekshirish mumkin
18 avgust 2023, 18:53

O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk tarixini endi onlayn tarzda tekshirish mumkin

Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish davlat xizmatidan endilikda DXMlar, YAIDXP yoki davreestr.uz sayti orqali foydalanish mumkin bo‘ladi. Xizmat narxi — BHMning 0,5 baravari.

“Soliq to‘lamagan tadbirkorlar bizga do‘st emas” — Shavkat Mirziyoyev
18 avgust 2023, 17:40

“Soliq to‘lamagan tadbirkorlar bizga do‘st emas” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident O‘zbekistonda “xufiyona iqtisodiyot” ulushini 40 foizdan ortiq deb baholadi. Bu ko‘rsatkichni kamaytirish uchun tadbirkorlarni halol va ochiq ishlashga chaqirdi. “Soliq to‘lamaydigan tadbirkorlar bizga do‘st emas, u ham iqtisodiyotimizga, ham bizga dushman”, — dedi u.

Tadbirkorlardan kameral nazoratda hujjat taqdim etishi va soliq idorasiga borishi talab etilmaydigan bo‘ldi
18 avgust 2023, 15:59

Tadbirkorlardan kameral nazoratda hujjat taqdim etishi va soliq idorasiga borishi talab etilmaydigan bo‘ldi

Prezident kameral nazorat to‘laqonli soliq tekshiruviga aylanib ketganini bildirdi. Endilikda nazorat vaqtida tadbirkordan qo‘shimcha hujjatlar talab qilish yoki uni soliq idorasiga chaqirish taqiqlanadi. Tadbirkorlar soliq organlari xodimlari ishini yangi platforma orqali baholaydi, — dedi davlat rahbari.

Prezident: Tax Gap amaliyoti va QQS guvohnomasini to‘xtatib turish bekor qilinadi
18 avgust 2023, 14:38

Prezident: Tax Gap amaliyoti va QQS guvohnomasini to‘xtatib turish bekor qilinadi

Prezident 1-oktabrdan QQSni qaytarishda soliq uzilishi koeffitsiyenti (tax gap) bekor qilinishini bildirdi, so‘rovda qatnashgan tadbirkorlarning 70 foizi buni adolatsiz deb hisoblaydi. “Kudbiyev, bu senga va tizimingga baho”, — dedi u. QQS guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish ham bekor qilinadi.

Xalqimiz energetika sohasida qilgan ishlarimiz natijasini qishda sezadi — prezident
18 avgust 2023, 14:35

Xalqimiz energetika sohasida qilgan ishlarimiz natijasini qishda sezadi — prezident

O‘zbekiston gaz va neftni sotish evaziga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlay olmaydi, dedi prezident. “Bizda bunday resurslar yo‘q. Bori ham, xalqimiz ko‘paymoqda, o‘zimizga kerak, chetga sotolmaymiz. Biz bu borada ko‘p ishlar qilyapmiz. Bu yil xalqimiz nima ishlar qilganimizni qishda sezadi”, — dedi u.

“Qishloq qurilish bank” Biznesni rivojlantirish bankiga aylantiriladi — prezident
18 avgust 2023, 13:09

“Qishloq qurilish bank” Biznesni rivojlantirish bankiga aylantiriladi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda “Qishloq qurilish bank” Biznesni rivojlantirish bankiga aylantirilishini ma’lum qildi. Yangi bank tadbirkorlarga 1-oktabrdan boshlab 5−7 yil muddatga imtiyozli kreditlar ajratadi.

Banklarda dollar kursi 12 075−12 125 so‘m etib belgilandi
18 avgust 2023, 13:03

Banklarda dollar kursi 12 075−12 125 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 18-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 005−12 040 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 075−12 125 so‘m.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda
18 avgust 2023, 11:31

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda

Toshkentda O‘zbekiston prezidenti va biznes vakillarining navbatdagi ochiq muloqoti boshlandi. Davlat rahbari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda. Avvalroq, tadbirkorlar ko‘proq nimadan norozi ekani ma’lum qilingandi.

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benzini narxi 9200 so‘mgacha ko‘tarildi
17 avgust 2023, 21:05

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benzini narxi 9200 so‘mgacha ko‘tarildi

UNG Petro yana Ai-92 benzin narxini 9200 so‘mga ko‘tardi. Chegirma e’lon qilinishidan oldin — mart oyida ham shu narxda sotilayotgan edi.

Qirg‘iziston ayrim pansionatlarni O‘zbekistonga 49 yilga berishni rejalashtirmoqda
17 avgust 2023, 15:38

Qirg‘iziston ayrim pansionatlarni O‘zbekistonga 49 yilga berishni rejalashtirmoqda

Qirg‘iziston hukumati 2016-yilda o‘zbek kompaniyalaridan tortib olingan Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionatni 49 yilga O‘zbekistonga berishni rejalashtirmoqda. Qirg‘iziston tomoni investorlar har bir obyektga 15−20 million dollar sarmoya kiritishini kutmoqda.

O‘zbekiston qayerdan tashqi qarz olgan va qaysi sohalarga sarflagan?
17 avgust 2023, 15:28

O‘zbekiston qayerdan tashqi qarz olgan va qaysi sohalarga sarflagan?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2022-yil uchun davlat qarzi bo‘yicha sharhida mamlakat yil davomida qaysi tashkilotlardan qancha tashqi qarz olgani va qaysi sohalarga yo‘naltirgani bo‘yicha ma’lumot berdi. Yil davomida O‘zbekiston nomidan umumiy qiymati 4,49 mlrd dollarlik 23 ta tashqi qarz bitimi imzolangan.

Ayrim banklarda dollar kursi 12 150 so‘mga yetdi
17 avgust 2023, 12:34

Ayrim banklarda dollar kursi 12 150 so‘mga yetdi

Tijorat banklari 17-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 030−12 060 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 100−12 150 so‘m.

2022-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMga nisbatan 36,4 foizgacha pasaydi
17 avgust 2023, 12:22

2022-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMga nisbatan 36,4 foizgacha pasaydi

O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2023-yil 1-yanvar holatiga 29,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Qarz 2022-yilda 2,9 mlrd dollarga oshgan bo‘lsa-da, YAIM 11,1 mlrd dollarga o‘sgani tufayli davlat qarzining YAIMga nisbati pasaygan.

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti hududi 130 gektarga qisqartiriladi
17 avgust 2023, 09:06

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti hududi 130 gektarga qisqartiriladi

Loyiha bo‘yicha umumiy maydoni 693 gektarni tashkil etgan “Toshkent-Sharqiy” aeroporti 130 gektarga qisqartiriladi. Buning evaziga uni saqlab turish xarajatlari kamayishi reja qilinmoqda. 25 ta samolyotni sig‘diruvchi aeroportda hozirda 4 km uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurib bitkazilgan.

Paxta yetishtiruvchilarga QQSni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi
16 avgust 2023, 21:17

Paxta yetishtiruvchilarga QQSni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi

Paxta yetishtiruvchilarga QQSni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi, buning uchun hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushiriladi.

“O‘zbekneftgaz” — konlar va quduqlarni raqamlashtirish haqida
16 avgust 2023, 18:52

“O‘zbekneftgaz” — konlar va quduqlarni raqamlashtirish haqida

“O‘zbekneftgaz” konlarda quduq qazish jarayonidagi geologik xatarlarni kamaytirish, shuningdek, konlar, geologik va texnik ma’lumotlarni raqamlashtirish hisobiga 64,4 mln dollar iqtisodiy foyda ko‘rgani haqida ma’lumot berdi.

So‘nggi bir yilda Toshkentda uy-joylarning o‘rtacha narxi 30,9 foizga oshdi — ITIM
16 avgust 2023, 17:36

So‘nggi bir yilda Toshkentda uy-joylarning o‘rtacha narxi 30,9 foizga oshdi — ITIM

Toshkentda 2022-yil iyul oyiga nisbatan uy-joylarning o‘rtacha narxi 30,9 foizga oshdi. Shuningdek, poytaxtda kvartiralarni ijaraga berish narxining pasayishi sezilarli darajada sekinlashdi. Avgust-sentabrda talabalarning poytaxtga qaytishi bilan talab oshishi va ushbu segmentga qiziqish ortishi aytilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting