Iqtisodiy tengsizlikning kuchayishi O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish sur’atini sekinlashtirdi, bu esa xavotir uyg‘otadi, deyiladi Jahon banki iqtisodchilarining blogida.

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi daromadi o‘rtadan yuqori bo‘lgan mamlakatlar uchun xalqaro kambag‘allik chegarasi bo‘yicha (kuniga 6,85 dollardan kam) 2015-yildagi 36 foizdan 2022-yilda 17 foizgacha keskin pasaydi, ayni vaqtda pasayish sur’atlari bu ko‘rsatkich shu davrda 13 foizdan 8 foizgacha tushgan Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagiga nisbatan tezroq bo‘ldi.

Xalqaro standartlar bo‘yicha O‘zbekiston 2015-yildan buyon kambag‘allik darajasini 2 barobarga qisqartirdi. Manba: “Kambag‘allik va tengsizlik platformasi”, Jahon banki.Xalqaro standartlar bo‘yicha O‘zbekiston 2015-yildan buyon kambag‘allik darajasini 2 barobarga qisqartirdi. Manba: “Kambag‘allik va tengsizlik platformasi”, Jahon banki.

O‘zbekistonda, 2021-yilda tasdiqlangan milliy farovonlik standartiga ko‘ra, 2023-yil oxiriga kelib kambag‘allik darajasi 17 foizdan 11 foizgacha pasaydi. Shu bilan birga, qishloq joylarda kambag‘allikning qisqarishi sezilarli darajada bo‘lib, 8 foiz punktni tashkil etdi va shaharlardagiga nisbatan tezroq yuqoririq tempda kechdi (4 foiz punkti).

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, bu shu davrda qariyb 1,6 mln kishi kambag‘allikdan chiqqanini anglatadi. Tashkilot kutilmalariga ko‘ra, shu sur’atlarda O‘zbekiston hukumati 2021−2026-yillar oralig‘ida kambag‘allikni ikki baravar qisqartirish maqsadiga erisha oladi.

O‘zbekiston 2026-yilgacha milliy standartlar bo‘yicha kambag‘allikni ikki baravar qisqartirmoqchi.O‘zbekiston 2026-yilgacha milliy standartlar bo‘yicha kambag‘allikni ikki baravar qisqartirmoqchi.

Kambag‘allik qisqarganining asosiy omili sifatida uy xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishi qayd etilgan bo‘lib, bu asosan (60 foiz) ish haqining oshishi hisobiga yuz bergan. Keyingi muhim omil — aholining ayrim guruhlarini qo‘llab-quvvatlashning asosiy dasturlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish hisobiga ijtimoiy to‘lovlar bo‘ldi. Blogda qayd etilishicha, pensiya ta’minotidagi yaxshilanish uy xo‘jaliklari oladigan turli ijtimoiy to‘lovlar orasida eng katta ijobiy ta’sirni ko‘rsatgan.

Tengsizlikning kuchayishi xavotir uyg‘otadi

So‘nggi yillarda o‘sib borayotgan tengsizlik kambag‘allikni qisqartirish sur’atini sekinlashtirdi.So‘nggi yillarda o‘sib borayotgan tengsizlik kambag‘allikni qisqartirish sur’atini sekinlashtirdi.

Jahon bankining xuddi shu davrda tengsizlik ortib borishining parallel tendensiyasi kuzatilmaganida, kambag‘allikni qisqartirish ko‘lami yanada kattaroq bo‘lishi mumkin edi deb hisoblamoqda. Xususan, daromadlarning o‘sishidan aholining boyroq qatlamlari ko‘proq manfaat ko‘rdi.

Masalan, 2022−2023-yillarda aholining eng kambag‘al 10 foizining daromadlari 6 foizga oshdi. Biroq aholining eng badavlat 10 foizining daromadlari 30 foizdan ko‘proq, ya’ni 5 barobar tezroq o‘sdi. Daromadlar tengsizligining statistik ko‘rsatkichi bo‘lgan Jini koeffitsiyenti 2022-yildagi 0,31 dan 2023-yilda 0,35 gacha ko‘tarildi.

Blog mualliflari agar tengsizlikning o‘sishi kuzatilmaganida, kambag‘allik belgilangan davrda 3,1 foiz punktga kamayish o‘rniga 5,5 foiz punktga qisqarishi mumkin edi, deya qayd etgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish uchun hukumatdan kam ta’minlangan uy xo‘jaliklari mahsuldorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha harakatlar talab etiladi. Ma’lumotlar kambag‘al uy xo‘jaliklari bir qator noqulay sharoitlardan aziyat chekayotganini ko‘rsatmoqda.

“Ularning ish bilan ta’minlanish ehtimoli kamroq, ma’lumot darajasi past bo‘lishi ehtimoli esa yuqoriroq va qaramog‘idagilar soni ko‘proq. Uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi bu ko‘rsatkichlardagi tafovutlarni kamaytirish O‘zbekistonda o‘sib borayotgan tengsizlikni cheklash va kambag‘allikni yanada kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi”, — deya qayd etdi Jahon banki.