O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni lavlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarini isloh qilish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Davlat rahbari mart oyida 2023−2025-yillarda islohot qilinadigan va ish samaradorligini oshiradigan davlat ulushi bo‘lgan 31 ta yirik korxona ro‘yxatini tasdiqlagan edi. Ularning Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa vazirliklardagi ulushlari (shundan 23 tasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidan) prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi balansiga o‘tkazilgan va mazkur kompaniyalarni isloh qilish vazifasi yuklangan edi. Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, “O‘zbekko‘mir”, UzGasTrade, “O‘zbekneftgaz” kabi korxonalar shular jumlasidan.

Yangi hujjatga ko‘ra, aksiyalar korxonalarni isloh qilish bilan shug‘ullanadigan Iqtisodiyot va moliya vazirligi (IMV) balansiga o‘tkaziladi.

davlat korxonalarи, iqtisodiyot va moliya vazirligi, стратегик islohotlar agentligi

Bundan tashqari, prezident O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga to‘qqizta bank va “O‘zmetkombinat”dagi aksiyadorlik hamda boshqaruv funksiyalarini ishonchnoma asosida cheklanmagan muddatga Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi. Gap “Agrobank”, “Asakabank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Xalq banki”, “Turonbank”, “Qishloq qurilish bank”, “Aloqabank”, “O‘zmilliybank”, “Mikrokreditbank” haqida bormoqda.

Davlat ulushi hajmi o‘zgargan taqdirda, ulush IMV boshqaruviga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida ishdan bo‘shatilib, Soliq qo‘mitasi rahbariyatiga qaytgan Sherzod Kudbiyev o‘rniga o‘rniga bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlangan edi. Ikki haftadan so‘ng Shavkat Mirziyoyev prezident administratsiyasi rahbari lavozimini bekor qildi (shu sababli Sardor Umurzoqov lavozimidan ozod qilinib, prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi) va mazkur tashkilot tuzilmasini o‘zgartirdi.

Shuhrat Vafoyev Strategik islohotlar agentligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi direktori hisoblanadi.