O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 14-avgustdagi qarori bilan Mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi, deya xabar qildi Norma.uz.

Davlat xizmatidan quyidagi usullar orqali foydalanish mumkin: DXMga tashrif buyurgan holda, YAIDXP yordamida hamda davreestr.uz sayti orqali.

Bunda ko‘chmas mulkning kadastr raqamini aks ettirgan holda so‘rovnoma to‘ldirib, BHMning 0,5 baravarini (165 ming so‘m) to‘lash lozim.

Natijalar quyidagi shakldagi ma’lumotnoma tarzida 3 ish kunida taqdim etiladi. Ma’lumotnomada ko‘chmas mulkka nisbatan amaldagi va oldingi huquqlar (qurilgan yili, maydon kvadraturasidagi o‘zgartirishlar),
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, huquqni belgilovchi hujjat turi, uni bergan organ va hujjat berilgan sana ko‘rsatiladi.