Iqtisodiyot

Hukumat budjet defitsitini belgilangan chegarada ushlab turolmayapti. Daromadlardan koʻra xarajatlar 2,5 mlrd dollar koʻp
7 avgust 2023, 10:43

Hukumat budjet defitsitini belgilangan chegarada ushlab turolmayapti. Daromadlardan koʻra xarajatlar 2,5 mlrd dollar koʻp

O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlari daromadlaridan 29 trln so‘mga (2,5 mlrd dollar) ko‘proq bo‘ldi. 2023-yilda profitsit prognoz qilinganiga qaramay defitsit deyarli 6,2 foizni tashkil etdi. Bu ma’lumotlarni e’lon qilayotib Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov “defitsit” so‘zini ishlatmadi.

Banklarda dollar kursi 11 720 so‘mgacha ko‘tarildi
7 avgust 2023, 10:00

Banklarda dollar kursi 11 720 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 7-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 600−11 660 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 700−11 735 so‘m.

Oson va Payme faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda
7 avgust 2023, 09:44

Oson va Payme faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

O‘zbekistondagi ikkita yirik to‘lov xizmati o‘z faoliyatidagi uzilishlar haqida xabar berdi. Oson Uzcard va Humo kartalari tizimdan vaqtincha uzilganini ma’lum qildi. Payme`da ham Uzcard va Humo orqali pul o‘tkazmalari ishlamayapti.

Davr Bank 2023-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi daromadni qayd etgani haqida xabar berdi
5 avgust 2023, 13:00

Davr Bank 2023-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi daromadni qayd etgani haqida xabar berdi

Davr Bank kredit portfeli 25% ga, depozit portfeli esa 21% ga o‘sdi. Bank prognoz qilishicha, yil oxiriga qadar foyda taxminan 40 mln dollarni tashkil etadi.

Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnoma tuzish qayta tiklandi. Yangi komplektatsiyalar taqdim etildi
4 avgust 2023, 18:37 8

Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnoma tuzish qayta tiklandi. Yangi komplektatsiyalar taqdim etildi

UzAuto Motor yetti oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnoma tuzishni qayta boshladi, shuningdek, Style Plus pristavkali yangi komplektatsiyalarni taqdim etdi. Avtomobillarni topshirish vaqtini qisqartirish uchun kompaniya “ishlab chiqarish jadvali bo‘yicha sotish tizimi”ni joriy qilmoqda.

Chirchiqdagi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri traktor ishlab chiqarishni boshladi
4 avgust 2023, 18:14

Chirchiqdagi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri traktor ishlab chiqarishni boshladi

Chirchiqdagi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri traktorlar ishlab chiqarishni boshladi, mahalliylashtirish darajasi 25 foizni tashkil etmoqda. Zavod yiliga 15 mingta traktor, tirkama va boshqa texnikalarni ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Raqobat qo‘mitasi ZoodPay`ga qarshi ish ochdi
4 avgust 2023, 17:30

Raqobat qo‘mitasi ZoodPay`ga qarshi ish ochdi

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi ZoodPay platformasiga qarshi tashkilotning 99 foiz aksiyasi BAAdagi Zooduz kompaniyasiga sotilgani sababli ish qo‘zg‘atdi. Qo‘mita kompaniyaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan javobgarlikni qo‘llash choralarini ko‘radi.

PowerChina kompaniyasi Andijonda 400 mln dollarlik quyosh fotoelektr stansiyasi quradi
4 avgust 2023, 17:11

PowerChina kompaniyasi Andijonda 400 mln dollarlik quyosh fotoelektr stansiyasi quradi

Xitoyning PowerChina kompaniyasi Andijonda qiymati 400 mln dollarlik 400 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi quradi. Kompaniya Energetika vazirligi bilan tendersiz shartnoma imzoladi. Energetika vaziri loyihalar nima sababdan bevosita muzokaralar orqali amalga oshirilayotganini tushuntirdi.

Markaziy bank regulyator nomidan odamlarni aldashga urinish holati kuzatilayotganidan ogohlantirdi
4 avgust 2023, 16:25

Markaziy bank regulyator nomidan odamlarni aldashga urinish holati kuzatilayotganidan ogohlantirdi

Markaziy bank Telegram`da regulyator nomidan soxta kanal ochib, fuqarolarni aldashga urinish holatlari kuzatilayotganini ma’lum qildi. “Markaziy bank tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydi, shu jumladan, jismoniy shaxslarga kredit ajratmaydi yoki moliyaviy yordam ko‘rsatmaydi”, deyiladi regulyator xabarida.

Freedom Payments davlat idoralari tomonidan tekshiruv o‘tkazilganiga izoh berdi
4 avgust 2023, 12:08

Freedom Payments davlat idoralari tomonidan tekshiruv o‘tkazilganiga izoh berdi

“Gazeta.uz” kecha xabar bergan Freedom Payments kompaniyasi xodimlarining tekshiruvdan o‘tkazilishi bo‘yicha holat “mamlakatdan kapital olib chiqib ketilishining oldini olish bo‘yicha standart jarayon bilan bog‘liq”, deya xabar berdi kompaniya. Bunday tekshiruvlar bir qator boshqa to‘lov tashkilotlarida ham o‘tkaziladi.

Banklarda dollar kursi 11 680−11 710 so‘m etib belgilandi
4 avgust 2023, 10:08

Banklarda dollar kursi 11 680−11 710 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 4-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 590−11 650 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 680−11 710 so‘m.

Freedom Payments ofisiga niqobli odamlar kelgani aytilmoqda
3 avgust 2023, 22:52

Freedom Payments ofisiga niqobli odamlar kelgani aytilmoqda

Toshkentdagi Freedom Payments (Freedom Pay) xorijiy kompaniyasi ofisiga niqob taqqan shaxslar kelgani aytilmoqda. Bir necha xodim hibsga olingan. Sabablari hozircha noma’lum.

Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxlari oshishi kutilmoqda
3 avgust 2023, 19:37

Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxlari oshishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda poytaxt jamoat transportidan foydalanish uchun yo‘lkira narxlari oshishi kutilmoqda. Transport kartasidan to‘lov 1600 so‘m, naqd pul va bank kartasidan to‘lov esa 2000 so‘mgacha oshadi. Shuningdek, yo‘lovchilarga kunlik, oylik va yillik moslashuvchan tarif rejalari taklif etiladi.

Markaziy bank raisi — aholini kreditlash hajmining o‘sishi va iqtisodiyotdagi qarz yuki haqida
3 avgust 2023, 17:22

Markaziy bank raisi — aholini kreditlash hajmining o‘sishi va iqtisodiyotdagi qarz yuki haqida

Aholiga kredit berish hajmi ularning daromadlaridan tezroq o‘sib bormoqda, bu esa iqtisodiyotdagi qarz yuki ortayotganidan dalolat beradi, dedi Markaziy bank raisi. Uning aytishicha, chakana kreditlashda “qizib ketish”ning oldini olish uchun tartibga soluvchi chora-tadbirlarni ko‘rish boshlangan.

Sherzod Kudbiyev yana Soliq qo‘mitasiga rais etib tayinlandi
3 avgust 2023, 12:32

Sherzod Kudbiyev yana Soliq qo‘mitasiga rais etib tayinlandi

Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev ma’muriy islohotdan 7 oy o‘tib yana Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga qaytdi. Bir kun avval prezident davlat budjeti daromadlari yetarli emasligini aytib, soliq idoralari xodimlari ishini tanqid qilgandi.

Yil oxirigacha 200 mingga yaqin oilani kambag‘allikdan chiqarish mumkin — prezident
3 avgust 2023, 10:24

Yil oxirigacha 200 mingga yaqin oilani kambag‘allikdan chiqarish mumkin — prezident

Shavkat Mirziyoyev 2023-yil yakuniga qadar kambag‘allik darajasini 14 foizdan 12 foizga tushirib, 200 mingga yaqin oilani kambag‘allikdan chiqarish mumkinligini ta’kidladi. Davlat rahbari aholi bandligini ta’minlash va imtiyozli resurslarning yetib borishini osonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni e’lon qildi.

Banklarda dollar kursi 11 715 so‘mgacha ko‘tarildi
3 avgust 2023, 09:54

Banklarda dollar kursi 11 715 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 3-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 580−11 660 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 700−11 715 so‘m.

“Bu faqat bizning xohishimizga bog‘liq emas”. Markaziy bank rahbari — davlat banklarini xususiylashtirish haqida
3 avgust 2023, 09:24

“Bu faqat bizning xohishimizga bog‘liq emas”. Markaziy bank rahbari — davlat banklarini xususiylashtirish haqida

Markaziy bank rahbari davlat banklarini xususiylashtirish nega kechiktirilayotgani haqida gapirib, “bu nafaqat bizning xohishimizga, balki xorijiy investorlarning ishonchiga ham bog‘liq”, deb ta’kidladi. O‘tgan yilgi geosiyosiy inqiroz investorlarning postsovet mamlakatlari bozoriga kirishini qiyinlashtirgan.

Har bir tadbirkorga alohida soliqchi biriktiriladi — prezident
2 avgust 2023, 21:30

Har bir tadbirkorga alohida soliqchi biriktiriladi — prezident

O‘zbekistonda har bir tadbirkorga muammolarni hal qilishga yordam beradigan soliq xodimi biriktiriladi, deya ma’lum qildi prezident. 1-sentabrdan boshlab tadbirkorlar yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha hisobotlarni taqdim etmaydi, 2024-yildan esa kichik biznes subyektlari elektron hisobot tizimiga o‘tadi.

O‘zbekistonda banklarni xususiylashtirish kechroq muddatga qoldirildi
2 avgust 2023, 19:45

O‘zbekistonda banklarni xususiylashtirish kechroq muddatga qoldirildi

O‘zbekiston prezidenti “Qishloq qurilish bank”, “Asakabank”, “Aloqabank”, “Agrobank” va boshqalarni xususiylashtirish hamda aksiyalari IPO`sini kechroq muddatga qoldirdi. To‘liq xususiylashtirish rejalashtirilgan “O‘zsanoatqurilishbank”dagi davlat ulushi 2024-yil oxirigacha 50 foizga kamaytiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting