Iqtisodiyot

Investitsiya vazirligining viloyat va tuman bo‘limlari tugatiladi
18 dekabr 2023, 16:37

Investitsiya vazirligining viloyat va tuman bo‘limlari tugatiladi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hozirgi tizimi qayta ko‘rib chiqiladi. Vazirlikning viloyat va tuman bo‘limlari tugatiladi. Ularning vazifalari hamda ishlab chiqarish, sanoat zonalari va eksport masalalari Savdo-sanoat palatasiga o‘tkaziladi.

2060-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga semizlikdan yetadigan zarar YAIMning 4,7 foizigacha oshadi
18 dekabr 2023, 15:04

2060-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga semizlikdan yetadigan zarar YAIMning 4,7 foizigacha oshadi

JSST ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha tana massasi indeksi 1 kvadrat metrga 26,5 kg ni tashkil qilmoqda. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2060-yilga borib semizlik oqibatida iqtisodiyotga yetadigan zarar 21,6 mlrd dollargacha oshishi kutilmoqda, bu — YAIMning 4,7 foiziga teng.

Noyabrda poytaxtning 10 ta tumanida uy-joy ijarasi narxi pasaydi — ITIM
18 dekabr 2023, 12:56

Noyabrda poytaxtning 10 ta tumanida uy-joy ijarasi narxi pasaydi — ITIM

Noyabr oyida Toshkentda uy ijarasining o‘rtacha narxi 2,1 foizga pasayib, kvadrat metri uchun 9,3 dollarni tashkil etdi, deya ma’lum qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Poytaxtning 10 ta tumanida ijara narxi tushgan, bunda eng arzon hududlar Sergeli va Bektemir bo‘lib turibdi.

Noyabrda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foiz bo‘ldi
18 dekabr 2023, 10:58

Noyabrda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foiz bo‘ldi

O‘zbekistonda noyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil etib, oktabrga nisbatan 0,7 foizga pasaydi. Eng yuqori daraja pensionerlar va ta’lim sohasi vakillari tomonidan qayd etildi.

Kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 2020-yil maydan beri, ayrim depozitlar bo‘yicha esa 10 yildagi maksimal ko‘rsatkichga yetdi
18 dekabr 2023, 10:43

Kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 2020-yil maydan beri, ayrim depozitlar bo‘yicha esa 10 yildagi maksimal ko‘rsatkichga yetdi

So‘mdagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 2020-yil may oyidan beri maksimal darajaga yetib, 23,8 foizni tashkil etdi. Muddati 1 yildan ortiq bo‘lgan barcha depozitlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 10 yillik rekord — 20,7 foizgacha oshdi.

Rossiya O‘zbekistonda sanoat parklari qurishni davom ettirishni rejalashtirmoqda
17 dekabr 2023, 13:43

Rossiya O‘zbekistonda sanoat parklari qurishni davom ettirishni rejalashtirmoqda

Rossiya hamkorligida Chirchiq va Jizzax viloyatida ochilgan texnoparklarni O‘zbekistonning yana uchta viloyatida qurish rejalashtirilmoqda, dedi Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov. O‘zbekiston o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda faollashtirishga tayyor, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev.

Humo Air loukosteri Toshkentdan viloyatlarga parvozlarni boshladi
17 dekabr 2023, 13:36

Humo Air loukosteri Toshkentdan viloyatlarga parvozlarni boshladi

Humo Air aviakompaniyasi o‘zining ilk A320 samolyotida Toshkentdan Nukus, Qarshi, Samarqand va Urganchga ilk parvozlarini amalga oshirdi. Chiptalar 159,5 ming so‘mdan boshlanadi (oldinroq xaridda, bagajsiz). Shiori “Odamlar uchadi” bo‘lgan kompaniya kelasi yil xorijga ham reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini oshirmoqchi
17 dekabr 2023, 10:59

Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini oshirmoqchi

Rossiya O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari eksportini oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, dedi mamlakat sanoat va savdo vaziri Denis Manturov. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijalari yangi gaz konlarining ochilishi imkonini beradi.

Gaz to‘ldirish shoxobchalariga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi — “Hududgazta’minot”
15 dekabr 2023, 15:35

Gaz to‘ldirish shoxobchalariga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi — “Hududgazta’minot”

“Hududgazta’minot” kompaniyasi O‘zbekistonda gaz to‘ldirish shoxobchalari uchun kiritilgan cheklovlar yumshatilganini ma’lum qildi. AGTKSHlar “mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida” ishini tiklaydi.

Yaponiya O‘zbekistonning ikki kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
15 dekabr 2023, 15:04

Yaponiya O‘zbekistonning ikki kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

O‘zbekistonning ikki kompaniyasi — Alfa Beta Creative va GFK Logistic Asia Yaponiyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. Avvalroq ularga qarshi AQSh va Yevropa Ittifoqi ham sanksiya qo‘llagandi.

Noyabrda aholining inflyatsion kutilmalari deyarli o‘zgarmadi, biznesniki esa sezilarli pasaydi
15 dekabr 2023, 14:11

Noyabrda aholining inflyatsion kutilmalari deyarli o‘zgarmadi, biznesniki esa sezilarli pasaydi

O‘zbekistonda noyabr oyida aholining inflyatsion kutilmalari oktabrga nisbatan deyarli o‘zgarmadi, biznesning kutilmalari esa sezilarli pasaydi. Ish haqi, nafaqalar oshishi narxlarga bosim o‘tkazishini qayd etganlar ko‘paydi. Inflyatsiya 8 foiz va undan kamroq bo‘lishini kutayotganlar ulushi poytaxtda eng kam bo‘ldi.

“O‘zavtosanoat”ga avtomobil sotuvida dilerlik tizimi bilan bog‘liq muammolarni yechish topshirildi
15 dekabr 2023, 12:37

“O‘zavtosanoat”ga avtomobil sotuvida dilerlik tizimi bilan bog‘liq muammolarni yechish topshirildi

Prezident ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va O‘zbekistonda avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi, dedi “O‘zavtosanoat” rahbari Ulug‘bek Rozuqulov. Unga ko‘ra, “dilerlik tizimini takomillashtirish va aholi e’tirozlarining oldini olish” ham topshirilgan.

Prezident elektromobillar ishlab chiqarishni rivojlantirishni kechiktirmaslikka chaqirdi
15 dekabr 2023, 10:30

Prezident elektromobillar ishlab chiqarishni rivojlantirishni kechiktirmaslikka chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zavtosanoat”ni transformatsiya qilishni jadallashtirish, modellarni kengaytirish va mahsulot sifatini oshirish muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy korxonalar elektromobil ishlab chiqarish sohasini o‘zlashtirib, talablarga moslashmasa, kelajakda bozorda o‘rin topishda qiynaladi.

Paxta xomashyosini yetkazish shartnomalari birja orqali tuziladi, fermerlar qisman erkinlikka ega bo‘ladi
14 dekabr 2023, 15:32

Paxta xomashyosini yetkazish shartnomalari birja orqali tuziladi, fermerlar qisman erkinlikka ega bo‘ladi

2024-yilgi hosil mavsumidan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tovar-xomashyo birjasi orqali tuziladi. Fermerlar ortiqcha xomashyoni, shuningdek, o‘z mablag‘i hisobidan yetishtirilgan paxtani erkin sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fermer va klasterlarni kreditlashning yangi tizimi joriy etiladi.

Neftni qayta ishlash zavodlari benzin ishlab chiqarishni 21 foizga oshirdi
14 dekabr 2023, 15:20

Neftni qayta ishlash zavodlari benzin ishlab chiqarishni 21 foizga oshirdi

Benzinga talab ortib borishi fonida Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlari yonilg‘i ishlab chiqarishni 21,2 foizga — 4 ming tonnagacha oshirdi. “O‘zbekneftgaz”, shuningdek, mahalliy SDK Group And kompaniyasi Rossiyadan Ai-92 K5 benzini importini oshirgani haqida xabar berdi.

MB asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
14 dekabr 2023, 12:20

MB asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlarning sekinlashib borishiga qaramasdan, bu tendensiyaning davomiyligi bo‘yicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda.

“Siyosiy sabablarga ko‘ra O‘zbekistonda ijtimoiy xarajatlarni, jumladan, ish haqini korrektirovka qilish qiyin bo‘lishi mumkin” — S&P
14 dekabr 2023, 11:58

“Siyosiy sabablarga ko‘ra O‘zbekistonda ijtimoiy xarajatlarni, jumladan, ish haqini korrektirovka qilish qiyin bo‘lishi mumkin” — S&P

S&P reyting agentligining ta’kidlashicha, O‘zbekiston Rossiyaning Ukrainadagi urushi salbiy ta’sirlariga yetarlicha yaxshi turib bermoqda, biroq davlat korxonalari qarzining davlat balansiga o‘tkazilishi, budjet taqchilligi, shuningdek, siyosiy qarorlarni bashorat qilish qiyinligi bilan bog‘liq risklar mavjud.

YeTTB Markaziy Osiyoda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 200 mln yevro ajratadi
13 dekabr 2023, 15:53

YeTTB Markaziy Osiyoda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 200 mln yevro ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha 200 million yevrolik 7 yillik dasturini ishga tushirdi.

Bosh prokuratura bayram yarmarkalarida narxlarni asossiz oshirishga urinishlarni nazorat qiladi
13 dekabr 2023, 15:21

Bosh prokuratura bayram yarmarkalarida narxlarni asossiz oshirishga urinishlarni nazorat qiladi

Yangi yil bayrami arafasida bozorlarda arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bosh prokuratura narxlarni asossiz ravishda oshirishga urinishlarni nazorat qiladi, deya ta’kidlandi prezident yig‘ilishida.

Toshkent shahri va 5 viloyatdagi gaz “zapravka”larning yarmi ishlashni to‘xtatdi
13 dekabr 2023, 12:17

Toshkent shahri va 5 viloyatdagi gaz “zapravka”larning yarmi ishlashni to‘xtatdi

Toshkent shahri va O‘zbekistonning besh viloyatidagi gaz to‘ldirish shoxobchalarining yarmi vaqtincha yopildi. 13-dekabrdan ushbu hududlarda 1179 ta shoxobchadan 547 tasi ishlamoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting