O‘zini loukoster aviakompaniyasi sifatida ko‘rsatgan Humo Air 15-dekabrdan boshlab Airbus A320 samolyotida Toshkentdan Nukus, Samarqand, Qarshi va Urganch shaharlariga kunlik parvozlarni yo‘lga qo‘ya boshladi. “Gazeta.uz” muxbiri boshqa jurnalist va blogerlar qatorida birinchi reys bilan Urganchda bo‘lib qaytdi.

Barcha yo‘nalishlar uchun chiptalarning boshlang‘ich narxi taxminan 159,5 ming so‘mni (oldinroq xarid uchun, faqat qo‘l yuki bilan) tashkil etadi. Barcha o‘rindiqlar ekonom klass tarifida bo‘lib, qo‘shimcha xizmatlar — ovqatlanish, o‘rindiq tanlash va boshqalar uchun alohida to‘lov mavjud.

“Odamlar uchadi” shiori ostida xizmat ko‘rstauvchi aviakompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yaqin haftada ikkinchi A320 havo kemasi ham keltiriladi. U boshqa shaharlar — Navoiy, Termiz, Buxoro, Farg‘onaga parvozlarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Har bir samolyot kuniga o‘rtacha 4 ta reysni amalga oshirishi kutilmoqda.

humo air, loukoster

“2024-yilda biz Olmaota, Boku, Dubay va boshqa shaharlarga ham xalqaro reyslarni yo‘lga qo‘yish niyatidamiz”, — dedi Humo Air`ning marketing va savdo bo‘yicha direktori Andrey Osinsev.

Kompaniya 2025-yil oxiriga qadar parkni 18 ta samolyot bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.

Humo Air aviakompaniyasi “Maxsus aviatsiya ishlari bo‘yicha aviakompaniya” DUK mulki negizida 2020-yilda tashkil etilgan. Uning 43 dona An-2 havo kemasi (“kukuruzniklar”) Uzbekistan Airways aviakompaniyasi laynerlariga arzonroq muqobil sifatida ko‘rilgandi. 2021-yilning dekabr oyidan boshlab kompaniya Farg‘ona — So‘x — Farg‘ona yo‘nalishida muntazam qatnovlarni haftasiga ikki martadan yo‘lga qo‘ya boshlagan.

Humo Air bosh direktori Rene Gsponer.Humo Air bosh direktori Rene Gsponer.

2023-yilning yanvar oyida Humo Air Shvetsariyaning Valleyroad Capital S.A. kompaniyasi tomonidan 2,4 million dollarga xususiylashtirilgan.

Investor 2025-yilgacha ichki reyslar sonini 60 taga yetkazish va havo kemalari parkini yangilash kabi qator majburiyatlarni olgan.

humo air, loukoster

oktabr oyida kompaniya yil oxirigacha uchta Airbus samolyotini olishni va birinchi chorakda 200 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi 1000 dan ortiq reysni amalga oshirishni rejalashtirayotganini e’lon qilgandi.