O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyi yakunlari bo‘yicha barcha kreditlar uchun o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 23,8 foizgacha o‘sdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 1,1 foiz punktga yuqori hisoblanadi.

Kreditlar

depozitlar, kreditlar, марказий банк

Bu 2020-yil — pandemiya yilining may oyidan beri maksimal ko‘rsatkich bo‘lib, o‘shanda 24 foizga yetgandi.

Oy davomida aholiga berilgan chakana kreditlar stavkasi 25,1 foizga (+0,7 foiz), korporativ kreditlarniki esa 22,5 foizga (+1,4 foiz) yetdi.

Qisqa muddatli (1 yilgacha) kreditlar bo‘yicha stavkalar 22,7 foizgacha (+2,1 foiz), uzoq muddatlilari bo‘yicha esa (1 yildan 10 yilgacha va undan yuqori) 24,1 foizgacha (+0,7 foiz) oshdi. Uzoq muddatli kreditlar 2020-yil martidan beri eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

depozitlar, kreditlar, марказий банк

61 kundan 90 kungacha bo‘lgan muddatga beriladiganlarini istisno qilganda, barcha guruhlar bo‘yicha qisqa muddatli kreditlar qimmatlagan.

2 yildan 10 yilgacha muddatga beriladigan kreditlar 25 foizdan kam bo‘lmagan stavka bo‘yicha beriladi: 2 yildan 3 yilgacha — 25 foiz (+0,4 foiz), 3 yildan 4 yilgacha — 26,4 foiz (+0,8 foiz), 4 yildan 5 yilgacha — 26 foiz (+0,6 foiz), 5 yildan 10 yilgacha — 25 foiz (+1,6 foiz).

10 yildan ortiq muddatga beriladigan kreditlar bo‘yicha stavkalar biroz pasaydi — 18,7 foizgacha (-0,7 foiz).

Xorijiy valyutadagi kreditlar o‘rtacha 9,4 foizgacha (-0,2 foiz), xususan, qisqa muddatlilari 9,6 foizgacha (-0,5 foiz), uzoq muddatlilari esa 9,2 foiz (-0,1 foiz)gacha arzonladi.

Depozitlar

depozitlar, kreditlar, марказий банк

Depozitlar bo‘yicha stavkalar ham oshib bormoqda. Xususan, muddati 1 yildan ortiq bo‘lgan so‘mdagi barcha depozitlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 20,7 foizgacha (+0,1 foiz) oshdi — bu 2013-yildan beri maksimal ko‘rsatkich hisoblanadi (Markaziy bankning mazkur turdagi ma’lumotlari 2023-yildan boshlab mavjud).

Jismoniy shaxslar uchun depozit stavkasi 21,6 foizgacha (+0,2 foiz) oshdi, korporativ mijozlar uchun 17,4 foizgacha (-0,5 foiz) pasaydi.

depozitlar, kreditlar, марказий банк

Muddati bir yilgacha bo‘lgan xorijiy valyutadagi depozitlar narxi 4,1 foizgacha (-0,1 foiz), bir yildan ortiq muddatlilari esa 5,1 foizgacha (-0,7 foiz) arzonlashdi.