Noyabr oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasining o‘rtacha narxi oktabr oyidagi 9,5 dollarga nisbatan 2,1 foizga pasayib, 1 kvadrat metr uchun 9,3 dollarni tashkil etdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida.

Oy davomida poytaxtning 10 ta tumanida ijara narxining pasayishi qayd etilgan. Ijara uchun eng qimmat hududlar Shayxontohur (kvadrat metri uchun 11,6 dollar), Yakkasaroy (10,9 dollar) va Mirobod (11,5 dollar) tumanlari bo‘ldi. Eng arzon narxlar Uchtepa (8,1 dollar), Sergeli (7,1 dollar) va Bektemir (6.2 dollar) tumanlarida bo‘lib turibdi.

Shu bilan birga, poytaxtda o‘rtacha ijara narxi o‘tgan yilga nisbatan 6,1 foizga pasaygan. Yil boshidan buyon ijaraning o‘rtacha narxi 9,2 foizga kamaydi. Poytaxtda ijara narxi oy davomida faqat Bektemir tumanida (3,7 foizga) oshgan.

Ko‘chmas mulk bozori

Noyabr oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdosi 4 foizga oshdi, bu avvalgi oyga nisbatan 800 ta uy-joyga ko‘proq hisoblanadi. Oy davomida faollikning eng ko‘p o‘sishi Xorazm (23 foiz), Namangan (16 foiz) va Jizzax viloyatlarida (12 foiz) qayd etildi.

Yil davomida esa uy-joy savdosi 10 foizga kamaygan. Faollik eng ko‘p Navoiy va Jizzax viloyatlarida pasaygan (mos ravishda 23 foiz va 18 foizga). Poytaxtda sotuvlar o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga kamaydi.

Infografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziInfografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori

Noyabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi bir kvadrat metr uchun 0,7 foizni tashkil etdi, narxlar 2022-yilning noyabr oyidan buyon deyarli 18,2 foizga oshgan.

Yil davomida Xorazm (32,9 foiz), Toshkent (31,0 foiz) va Buxoro (26,9 foiz) viloyatlarida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining sezilarli o‘sishi qayd etilgan.

Toshkent shahrida noyabr oyi davomida ikkilamchi uy-joy narxi 0,4 foizga oshdi. Poytaxtda narxlarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Shayxontohur (1,7 foiz), Yunusobod (1,6 foiz) va Sergeli (1,5 foiz) tumanlarida kuzatildi. Yil davomida poytaxtda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 22,8 foizga oshdi.

ijara narxlarи, ikkilamchi бозор, иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, uy-joy bozori