Toshkent shahri va O‘zbekistonning besh viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga kiritilgan cheklovlar yumshatildi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot”.

Xususan, poytaxt, Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi AGTKSHlar “mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida” ish boshlaydi.

Oy boshida viloyatlar metan shoxobchalarining ish vaqtiga cheklovlar joriy qila boshlagandi. Keyinroq ularning faoliyati kuniga 6 soat (soat 6:00—12:00) bilan cheklandi va 13-dekabr kuni oltita hududda 1179 ta gaz quyish shoxobchalaridan 632 tasi ishi to‘xtatildi.

Juma kuni Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, “Hududgazta’minot” gaz qabul qiluvchi 1204 ta shoxobchadan 624 tasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

14-dekabr kuni ularga 4,5 million kub metr gaz (ilgari kuniga 15 million kubometr gaz olib kelardi) va 800 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. Dastlab cheklovlar hajmi kuniga 5 million kub metrni tashkil qilishi mumkinligi xabar qilingandi, lekin shoxobchalar yetkazib berishni 10 million kub metrgacha qisqartirdi.

Avvalroq “O‘ztransgaz”, “Xududgazta’minot”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zenergoinspeksiya” va boshqa korxonalar rahbarlari prezidentga qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha hisobot bergandi. Ular energiya tizimi “har qanday ob-havo injiqligi va anomal sovuqqa tayyor”ligini ma’lum qilgan.