Iqtisodiyot

Qandolatchilik korxonalariga eksport bilan bog‘liq operatsiyalari uchun 3 mln AQSh dollarigacha mablag‘ ajratiladi
21 noyabr 2023, 16:56

Qandolatchilik korxonalariga eksport bilan bog‘liq operatsiyalari uchun 3 mln AQSh dollarigacha mablag‘ ajratiladi

Prezident farmoni bilan qandolatchilik korxonalariga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha 3 million AQSh dollarigacha mablag‘ ajratiladi.

“Biokimyo” spirt zavodi 118 milliard so‘mga xususiylashtirilmoqda
21 noyabr 2023, 16:13

“Biokimyo” spirt zavodi 118 milliard so‘mga xususiylashtirilmoqda

“Biokimyo” spirt zavodining davlatga tegishli 51 foiz ulushi 118 mlrd so‘mga (9,6 mln dollar) sotildi. Xaridor umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi Mega comfort business bo‘ldi.

O‘zbekistonda energetik ichimliklar uchun aksiz solig‘ini 2000 so‘m etib belgilash taklif etildi
21 noyabr 2023, 12:31

O‘zbekistonda energetik ichimliklar uchun aksiz solig‘ini 2000 so‘m etib belgilash taklif etildi

Qonunchilik palatasi deputatlari davlat budjeti loyihasini ko‘rish jarayonida energetik ichimliklarning 1 litri uchun 2000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i belgilashni taklif etishdi.

Davlatga qarashli har bir tijorat banki dunyoqarashini mutlaqo o‘zgartirishi kerak — prezident
21 noyabr 2023, 11:44

Davlatga qarashli har bir tijorat banki dunyoqarashini mutlaqo o‘zgartirishi kerak — prezident

Shavkat Mirziyoyev bank tizimi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat banklariga shuncha ko‘mak berilayotganiga qaramay, ularning rentabelligi xususiy va xorijiy banklarga nisbatan ancha past darajada ekanini ta’kidladi. “Har bir tijorat banki dunyoqarashini mutlaqo o‘zgartirishi kerak”, — dedi prezident.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda bodring va uzum narxi keskin oshganiga izoh berdi
21 noyabr 2023, 10:47

Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda bodring va uzum narxi keskin oshganiga izoh berdi

O‘zbekistonda bodring narxi keskin — 9 ming so‘mdan 25 ming so‘mga, uzum esa 45 ming so‘mdan 90 ming so‘mgacha ko‘tarildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘tgan yillarda ham narxlar noyabr oyi o‘rtalarida oshganini eslatib, buni mavsumiy holat sifatida izohladi. Anomal sovuq ta’sirida 18 foiz mahsulot yo‘qotilgan.

O‘zbekistondagi ko‘priklarning 5−6 foizi yaroqsiz holatda ekani ma’lum qilindi
21 noyabr 2023, 10:26

O‘zbekistondagi ko‘priklarning 5−6 foizi yaroqsiz holatda ekani ma’lum qilindi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida O‘zbekistonda 14 863 ta ko‘prik borligi, shundan 32 foizi, ya’ni 4834 tasi qoniqarsiz, 5−6 foizi esa yaroqsiz holatda ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘l va avtomobil transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish niyatida
21 noyabr 2023, 09:28

O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘l va avtomobil transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish niyatida

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi va temiryo‘l transportidan foydalanish, raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot almashish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 yo‘li kesishmasi svetofor va chorrahasiz bo‘ladi
20 noyabr 2023, 12:27

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 yo‘li kesishmasi svetofor va chorrahasiz bo‘ladi

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 yo‘li kesishmasining yangi loyihasi unda chorraha va svetoforlarning umuman yo‘qligi bilan ajralib turadi, deydi pudratchi tashkilot direktori Rahimjon Muhamedov. Unga ko‘ra, ishlar davomida transport harakati to‘xtatilmaydi.

O‘zbekistonga sitrus mevalar, keshyu yong‘og‘i va xurmo importi 4 yil ichida bir necha baravarga oshdi
20 noyabr 2023, 10:11

O‘zbekistonga sitrus mevalar, keshyu yong‘og‘i va xurmo importi 4 yil ichida bir necha baravarga oshdi

2022-yilda O‘zbekistonga sitrus mevalar, keshyu yong‘og‘i va xurmo importi 2018-yilga qaraganda sezilarli darajada oshdi. MHTI mutaxassislari bunga qulay makroiqtisodiy sharoit, import bojxona to‘lovlarini nolga tushirish, oziq-ovqat chakana savdosi rivojlanishi va aholi soni o‘sishi sabab bo‘lganini ta’kidladi.

O‘zbekiston 2−3 yil ichida neft mustaqilligiga erishmoqchi
18 noyabr 2023, 16:27

O‘zbekiston 2−3 yil ichida neft mustaqilligiga erishmoqchi

Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida o‘tgan yig‘ilishda Surxondaryoda amalga oshirilayotgan yirik sanoat loyihalari haqida gapirdi. Boysundagi gaz-kimyo majmuasining ishga tushirilishi va geologiya-qidiruv ishlarining kengayishi O‘zbekistonning 2−3 yil ichida neft mustaqilligiga erishishiga olib kelishi kutilmoqda.

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
18 noyabr 2023, 10:15

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

Rossiya hukumati avtomobil benzinini Rossiyadan olib chiqishga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqni bekor qildi. Taqiq ichki bozordagi narxlarni barqarorlashtirish maqsadida 21-sentabrda joriy qilingandi.

Surxondaryodagi 5 ta kon zaxiralari o‘zlashtiriladi
17 noyabr 2023, 16:54

Surxondaryodagi 5 ta kon zaxiralari o‘zlashtiriladi

Prezident Surxondaryoga tashrifi chog‘ida Boysun, Sariosiyo va Sherobod tumanlaridagi konlarda qo‘rg‘oshin, rux, oltin, ko‘mir va kaliy o‘g‘iti zaxiralarini o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, tog‘li hududlarda geologiya-qidiruv ishlari kengaytiriladi.

Davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan tovarlar importi ayrim soliqlardan ozod etiladi
17 noyabr 2023, 14:47

Davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan tovarlar importi ayrim soliqlardan ozod etiladi

O‘zbekistonda xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobiga tovarlar aylanmasi va importi uchun berilgan soliq imtiyozlarining bir qismi bekor qilinadi. Gap banklar orqali ajratiladigan qarz mablag‘lari haqida bormoqda.

Markaziy bank 16 ta bankni jarimaga tortdi, yana 5 tasiga ogohlantirish berdi
17 noyabr 2023, 14:34

Markaziy bank 16 ta bankni jarimaga tortdi, yana 5 tasiga ogohlantirish berdi

Markaziy bank ko‘rsatmalarga amal qilmagan va yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlamagan 16 ta bankka nisbatan jarima chorasi qo‘lladi. 5 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkiloti kamchiliklari uchun ogohlantirish oldi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaning uchta tog‘-chang‘i kurortlari alyansga birlashdi
17 noyabr 2023, 10:33

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaning uchta tog‘-chang‘i kurortlari alyansga birlashdi

“Amirsoy” (O‘zbekiston), “Shimbuloq” (Qozog‘iston) va “Rosa Xutor” (Rossiya) tog‘ kurortlari alyansga birlashdi. Ular Toshkentda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada dam oluvchilar bonuslarga ega bo‘lishlari va ularni alyansning boshqa kurortlarida sarflashi mumkin bo‘lgan sport-ko‘ngilochar tadbirlar taqvimini taqdim etdi.

O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari ustidan tadbirkorlar shikoyatlarini to‘plashga kirishdi
16 noyabr 2023, 20:43

O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari ustidan tadbirkorlar shikoyatlarini to‘plashga kirishdi

O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi ishchi guruhi riteylerlarning oziq-ovqat yetkazib beruvchilari huquqlarini buzayotgani to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilishni boshladi. Tadbirkorlar kamida 2019-yildan buyon savdo tarmoqlari tomonidan “kamsituvchi shartlar” qo‘yilayotgani haqida shikoyat qilmoqda.

AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari B5+1 biznes-platformasini ishga tushirmoqda
16 noyabr 2023, 20:20

AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari B5+1 biznes-platformasini ishga tushirmoqda

AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaning Amerika kompaniyalari bilan iqtisodiy hamkorligini mustahkamlash maqsadida Business 5+1 davlat-xususiy muloqot biznes-platformasini ishga tushirmoqda.

Rossiya IIV restoranlar egasi Aleksandr Orlovni qidiruvga berdi
16 noyabr 2023, 15:30

Rossiya IIV restoranlar egasi Aleksandr Orlovni qidiruvga berdi

“Tanuki”, “Takaxuli” va “Xoroshaya devochka” restoranlari asoschisi, O‘zbekistonda ham bir qancha restoranlarga egalik qiluvchi Aleksandr Orlov Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan federal qidiruvga berildi.

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish borasida Saudiya Arabistoni bilan muzokaralarni yakunladi
16 noyabr 2023, 14:46

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish borasida Saudiya Arabistoni bilan muzokaralarni yakunladi

15-noyabr kuni O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Aziz O‘runov va Saudiya Arabistonining JSTdagi elchisi Saqer Almoqbel tovar va xizmatlar bozoriga chiqish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma imzoladi.

Davlat dasturlari doirasidagi kreditlar elektron platformalarda ajratiladi
16 noyabr 2023, 11:33

Davlat dasturlari doirasidagi kreditlar elektron platformalarda ajratiladi

2024-yil iyuldan davlat dasturlari doirasida kreditlar barcha bosqichlarda elektron platformalar orqali ajratiladi. Shuningdek, davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil etilgan kichik tadbirkorlarga tovarlarini yiliga 10 mlrd so‘mgacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting