Iqtisodiyot

Markaziy bank rahbariyati Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi
1 dekabr 2023, 17:59

Markaziy bank rahbariyati Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

Markaziy bank rahbariyati va Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi, AQSh va Buyuk Britaniya delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda bank xodimlarining sanksiyalarga rioya qilishi bo‘yicha salohiyatini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

MB shubhali operatsiyalarda kartalar va hisobvaraqlarni vaqtincha bloklashni talab qilish vakolatini oladi
1 dekabr 2023, 15:26

MB shubhali operatsiyalarda kartalar va hisobvaraqlarni vaqtincha bloklashni talab qilish vakolatini oladi

Markaziy bank o‘g‘irlik va firibgarlikning oldini olish uchun shubhali operatsiyalar vaqtida bank kartalari va hisobvaraqlarni bloklash to‘g‘risida majburiy ko‘rsatma berishi mumkin bo‘ladi. Banklar va to‘lov tashkilotlari firibgarlikka qarshi tizimlarni joriy etadi va yirik o‘tkazmalarni nazorat qiladi.

To‘lov tizimi operatorlari va tashkilotlari aksiyadorlik jamiyatlariga aylantiriladi
1 dekabr 2023, 14:24

To‘lov tizimi operatorlari va tashkilotlari aksiyadorlik jamiyatlariga aylantiriladi

2024-yil 1-iyuldan boshlab to‘lov tizimi operatorlari va tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tuziladi va faoliyat yuritadi. Ular uchun ustav kapitalining eng kam miqdori ham oshiriladi.

Humo to‘lov tizimining ustav kapitalidagi davlat ulushi to‘liq Davaktiv agentligiga o‘tkaziladi
1 dekabr 2023, 13:02

Humo to‘lov tizimining ustav kapitalidagi davlat ulushi to‘liq Davaktiv agentligiga o‘tkaziladi

Humo to‘lov tizimidagi davlat ulushi to‘liq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi. Uzcard`ga raqobatchi sifatida tashkil etilgan milliy protsessing markazining bunday o‘zgarishi tushuntirilmagan.

Yandex Go xizmati O‘zbekiston hududidagi soliq rezidenti sifatida ishlay boshladi
1 dekabr 2023, 09:52

Yandex Go xizmati O‘zbekiston hududidagi soliq rezidenti sifatida ishlay boshladi

Davlat soliq qo‘mitasi 1-dekabrdan boshlab Yandex Go xizmati O‘zbekiston hududida soliq rezidenti — “YandexGo UB” MCHJ tomonidan taqdim etilishini ma’lum qildi. Avvalroq qo‘mita Yandex Go`dan soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tib, soliqlarni to‘lash va mijozlarga fiskal chek taqdim etishni talab qilgandi.

Jahon banki O‘zbekistonga 50 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi
1 dekabr 2023, 09:37

Jahon banki O‘zbekistonga 50 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki Ijrochi direktorlari kengashi “O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln dollar imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Loyiha orqali 9000 ga yaqin yoshlar, shu jumladan, 360 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ITES kompaniyalarida ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

“Kaztransoyl” 2024-yilda Rossiya neftining O‘zbekistonga tranzitini uch baravar oshirmoqchi
30 noyabr 2023, 18:07

“Kaztransoyl” 2024-yilda Rossiya neftining O‘zbekistonga tranzitini uch baravar oshirmoqchi

Qozog‘istonning magistral neft quvuri milliy operatori “Kaztransoyl” 2024-yilda Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzit qilishni uch baravarga oshirmoqchi. Yetkazib berish hajmini 154 ming tonnadan 500 ming tonnagacha ko‘paytirish rejalashtirilgan.

“Barcha narsani 7 emas, 77 marta o‘lchash kerak”. Energetika vaziri — O‘zbekistonda AES qurilishi haqida
30 noyabr 2023, 17:46

“Barcha narsani 7 emas, 77 marta o‘lchash kerak”. Energetika vaziri — O‘zbekistonda AES qurilishi haqida

O‘zbekiston “Rosatom” bilan AES qurish masalasini muhokama qilishda davom etmoqda, dedi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning aytishicha, nafaqat Rossiya, balki boshqa mamlakatlarning ham tajribasi o‘rganilmoqda. “Rosatom” rahbari avvalroq tomonlar “shartnoma imzolashdan yiroqda emas”ligini aytgandi.

O‘zbekistonda bu yil qishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gaz va elektr taqchilligi qanday qoplanadi?
30 noyabr 2023, 14:51

O‘zbekistonda bu yil qishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gaz va elektr taqchilligi qanday qoplanadi?

O‘zbekiston energetika vaziri qishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan energiya resurslari tanqisligini qanday qoplashni rejalashtirayotgani haqida gapirdi. Rejaga ko‘ra, mazutdan elektr ishlab chiqariladi, yirik korxonalarni tungi ish rejimiga o‘tkaziladi, AGTKSHlarga gaz yetkazib berish qisqartiriladi.

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni kreditlash bo‘yicha ochiq elektron platforma ishga tushiriladi
30 noyabr 2023, 12:49

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni kreditlash bo‘yicha ochiq elektron platforma ishga tushiriladi

O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishda yangicha moliyalashtirish tizimiga o‘tilib, klaster va fermerlarga bu uchun 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilga 14 foizli kredit ajratiladi. Bank va ta’minotchilar bilan shartnoma imzolash uchun ochiq elektron platforma ishga tushiriladi.

Suv xo‘jaligida “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” e’lon qilindi
30 noyabr 2023, 11:27

Suv xo‘jaligida “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” e’lon qilindi

Prezident suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha yig‘ilishda bir yil davomida suvni tejash bo‘yicha favqulodda ish tizimiga o‘tilishini ta’kidladi. Suv yo‘qotishlari oqibatida iqtisodiyot yiliga 5 mlrd dollar daromadni boy berayotgani sabab suv xo‘jaligida “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” e’lon qilindi.

O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib yashil vodoroddan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradi — “O‘zkimyosanoat”
29 noyabr 2023, 16:54

O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib yashil vodoroddan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradi — “O‘zkimyosanoat”

“O‘zkimyosanoat”ning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib yashil vodoroddan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu bilan o‘g‘it ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni qisqartirish va har yili qariyb 33 mln metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish maqsad qilingan.

O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar yo‘naltiriladi
29 noyabr 2023, 11:41

O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar yo‘naltiriladi

2023-yilda 2 GVt, 2024-yilda esa yana 4 GVt quvvatga ega quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Prezident ular uchun kabel, generator, invertor, transformatorlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi va elektrotexnika tarmog‘iga 100 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ini qanday rivojlantirish rejalashtirilmoqda?
29 noyabr 2023, 11:16

O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ini qanday rivojlantirish rejalashtirilmoqda?

Prezident eng ko‘p iste’mol qilinadigan 50 ta dorini O‘zbekistonda ishlab chiqarish orqali farmatsevtika sohasida mahalliylashtirish ulushini 35 foizga yetkazish topshirig‘ini berdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bozordagi ulushini 40 foizga oshirish, shuningdek, original dorilar yaratishni boshlash rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda AES qurish yuzasidan shartnoma bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda — “Rosatom” bosh direktori
29 noyabr 2023, 11:08

O‘zbekistonda AES qurish yuzasidan shartnoma bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda — “Rosatom” bosh direktori

Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish yuzasidan shartnoma bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda ekanini ta’kidladi. “Shartnoma yuzasidan ishlar ancha qizg‘in davom etmoqda, umuman olganda, biz shartnoma imzolashdan yiroqda emasmiz”, — dedi u.

Toshkentda avtobus avtomobilga nisbatan 135 barobar samaraliroq — Transport vazirligi
29 noyabr 2023, 10:22

Toshkentda avtobus avtomobilga nisbatan 135 barobar samaraliroq — Transport vazirligi

Transport vazirligi poytaxtda avtobusning yengil transportga nisbatan samaradorligi 135 barobarni tashkil etayotganini ma’lum qildi. Tahlillarga ko‘ra bitta yengil avtotransport vositasida bir kunda o‘rtacha 4,3 nafar, bitta avtobusda esa o‘rtacha 580 nafar yo‘lovchi tashilmoqda.

Oilaviy mehmon uylari va xostellarni my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi
28 noyabr 2023, 17:48

Oilaviy mehmon uylari va xostellarni my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan endi mehmon uyi, xostel, o‘tovli va chodirli oromgoh faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan shaxs davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi. Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.

Siyosiy omillarga bog‘lash noto‘g‘ri deb o‘ylayman, bu tijoriy munosabat — Energetika vaziri Rossiyadan gaz importi haqida
28 noyabr 2023, 16:01

Siyosiy omillarga bog‘lash noto‘g‘ri deb o‘ylayman, bu tijoriy munosabat — Energetika vaziri Rossiyadan gaz importi haqida

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston Turkmanistondan gaz import qilish bilan parallel ravishda uzoqroqda bo‘lgan Rossiyadan ham gaz import qilayotgani haqida gapirib, masalaning siyosiy oqibatlariga izoh berdi. “Siyosiy omillarga bog‘lash noto‘g‘ri deb o‘ylayman, bu tijoriy munosabatlar”, dedi u.

To‘rtta viloyatda qattiq maishiy chiqindi xizmatlari uchun yangi tariflar belgilandi
28 noyabr 2023, 15:17

To‘rtta viloyatda qattiq maishiy chiqindi xizmatlari uchun yangi tariflar belgilandi

Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha xizmatlar uchun 3500 so‘mdan 5000 so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi yangi to‘lov tariflari belgilandi. Respublikaning boshqa hududlarida ham yangi tariflarni joriy etish rejalashtirilmoqda.

PhD va DSc ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi internet orqali jonli efirga uzatiladi
28 noyabr 2023, 10:47

PhD va DSc ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi internet orqali jonli efirga uzatiladi

Prezident farmoni bilan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan o‘tkaziladigan dissertatsiya himoyasini, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarini internet orqali jonli efirga uzatish belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting