O‘zbekistonda noyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi oktabr oyiga nisbatan 0,7 foizga pasayib, 12,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank infografikasida ma’lumot berilgan.

Aholi tomonidan eng yuqori sezilgan inflyatsiya darajasi pensionerlar (14,8 foiz) va ta’lim sohasida faoliyat olib boradiganlar (13,5 foiz) tomonidan qayd etildi. Eng past sezilgan inflyatsiya darajasi esa tashish xizmatlari sohasida kuzatildi (10 foiz).

Infografika: Markaziy bankInfografika: Markaziy bank

Hududlar kesimida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (15 foiz) va Sirdaryo viloyatida (13,5 foiz) qayd etildi, eng past ko‘rsatkichlar esa Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘istonda bo‘lib turibdi (ikkala hududda ham 10,7 foiz).

Daromadlari 7 mln so‘m va undan yuqori bo‘lgan respondentlar sezgan inflyatsiya darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori shakllandi.

марказий bank, sezilgan inflyatsiya

Noyabrda aholi eng ko‘p benzin va yonilg‘i, go‘sht hamda sut narxi oshganini sezgan. Narxlar o‘sishi maishiy xizmatlar, aloqa va internet, ta’mirlash xizmatlarida eng kam sezilgan.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda 1,1 foizlik inflyatsiya qayd etilib, yillik inflyatsiya 8,8 foizdan pasaygandi — bu so‘nggi 7 yildagi eng past ko‘rsatkich. O‘tgan oyda tuxum va shakar narxi oshgan, mol go‘shti, un va sariyog‘ arzonlashgan. Benzin va propan narxi oshib bormoqda, poyezd chiptalari ham qimmatlagan.