Iqtisodiyot

O‘zbekistonda suv va yer resurslari sohasida 18,6 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
16 fevral 2024, 12:44

O‘zbekistonda suv va yer resurslari sohasida 18,6 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

Global ekologik fond Markaziy Osiyoda suv va quruqlik resurslari sohasidagi loyihalar uchun 26 mln dollar ajratdi. Uning 18,6 mln dollari O‘zbekiston ishtirokida zaif ekotizim yerlarni tiklash, Amudaryo, Zarafshon, Panj, Sirdaryo va Norin daryolaridagi suv resurslarini boshqarish kabilarga yo‘naltiriladi.

Yanvarda Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uyning ijara narxi 395 dollarni tashkil etdi
16 fevral 2024, 11:37

Yanvarda Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uyning ijara narxi 395 dollarni tashkil etdi

MHTI tahliliga ko‘ra, yanvar oyida Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxlari pasaydi, to‘liq ta’mirlangan turkumdagi uy-joylarniki esa 0,5 foizga o‘sdi. O‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar ijarasi 395 dollarni tashkil etmoqda.

Paxta sanoatida ishlab chiqarish tannarxini 15 foizga qisqartirish rejalashtirilmoqda
15 fevral 2024, 23:06

Paxta sanoatida ishlab chiqarish tannarxini 15 foizga qisqartirish rejalashtirilmoqda

Prezident Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Asakadagi to‘qimachilik korxonasida bo‘ldi. U yerda viloyat misolida paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha axborot berildi. Tannarxni 15 foizga qisqartirish, 65 foiz qo‘shilgan qiymat yaratish rejalari ta’kidlandi.

Gaz va elektr tariflari “islohoti”, infratuzilma modernizatsiyasi. Energetika xavfsizligi uchun nimalar taklif qilinmoqda?
15 fevral 2024, 20:26

Gaz va elektr tariflari “islohoti”, infratuzilma modernizatsiyasi. Energetika xavfsizligi uchun nimalar taklif qilinmoqda?

Prezident energetik xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari bilan tanishdi. Jumladan, 1-apreldan gaz va elektr energiyasi tariflarini isloh qilish va ijtimoiy normalarni joriy etish, 49 mlrd dollarlik elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha kelishuvlarni qayta rasmiylashtirish va boshqalar rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda xalqaro internet tarmog‘idagi monopoliya nihoyat tugatilishi mumkin
15 fevral 2024, 16:40

O‘zbekistonda xalqaro internet tarmog‘idagi monopoliya nihoyat tugatilishi mumkin

1-aprelgacha provayderlarga xalqaro internet tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniyatini taqdim etish reja qilinmoqda. 2020-yilda bunday monopoliyani bekor qilish maqsad qilingandi, ammo bu haligacha amalga oshmagan. Telekommunikatsiya sektori bo‘yicha mustaqil regulyator 1-sentabrgacha paydo bo‘lishi mumkin.

Piyoz narxi oshishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
15 fevral 2024, 16:08

Piyoz narxi oshishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatga kirib keladigan sovuq havo oqimi piyoz narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.

Saneg Italiyaning CGC Lubricants Italy neft ishlab chiqaruvchi kompaniyasini sotib oldi
14 fevral 2024, 22:23

Saneg Italiyaning CGC Lubricants Italy neft ishlab chiqaruvchi kompaniyasini sotib oldi

Saneg neft-gaz kompaniyasi Italiyaning moy va moylash materiallari ishlab chiqaruvchi CGC Lubricants Italy kompaniyasini sotib oldi. Bitim Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi moylar uchun formulalar, texnologiyalar va Yevropa xavfsizlik sertifikatlarini olish sohalarida tajriba almashishni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekistonda havoning keskin sovishi piyoz hosiliga ta’sir qilishi mumkin — EastFruit
14 fevral 2024, 16:01

O‘zbekistonda havoning keskin sovishi piyoz hosiliga ta’sir qilishi mumkin — EastFruit

O‘zbekistonda havoning keskin sovishi janubiy hududlarda yig‘ib olinadigan erta piyoz hosili, shuningdek, karam va sabzilarning hosiliga ta’sir qilishi mumkin, deya ta’kidlamoqda EastFruit ekspertlari. Bundan tashqari, donli mevalar va yong‘oqlar hosilining bir qismi ham xavf ostida qolishi ehtimoli bor.

Banklarga iqtisodiy sanksiyalar xavfi tufayli mijozga hisobvaraq ochishni rad etish huquqi berilishi mumkin
14 fevral 2024, 12:57

Banklarga iqtisodiy sanksiyalar xavfi tufayli mijozga hisobvaraq ochishni rad etish huquqi berilishi mumkin

Qonunchilik palatasi iqtisodiy sanksiyalar bo‘yicha qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat bilan banklarga iqtisodiy sanksiyalar xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda, mijozlarga hisobvaraqlar ochish va operatsiyani amalga oshirishni rad etish huquqi berilmoqda.

Foto: Buxoro viloyatidagi ikkita shamol elektr stansiyasi uchun 73 turbina o‘rnatildi
14 fevral 2024, 10:55

Foto: Buxoro viloyatidagi ikkita shamol elektr stansiyasi uchun 73 turbina o‘rnatildi

Buxoro viloyatida qurilayotgan 2 ta shamol elektr stansiyasiga 73 turbina o‘rnatib bo‘lindi. Ularning balandligi 100 m, parraklarining har biri 84 metr. Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi loyiha doirasida yana 85 ta turbina o‘rnatadi. Energetika vazirligi turbinalarning suratlarini taqdim qildi.

O‘zbekistonda go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 315 mln dollar yo‘naltiriladi
13 fevral 2024, 23:29

O‘zbekistonda go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 315 mln dollar yo‘naltiriladi

Go‘sht, sut va tuxum yetishtirishni ko‘paytirishga 315 mln dollar ajratiladi, mablag‘ chorva kompleksini tashkil etish, qoramol olish va omuxta-yem chiqarish uchun beriladi. Prezident belaruslik hamkorlar bilan 200 mln dollarlik sut va ozuqa ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Markaziy bank bitta bankni jarimaga tortdi, uchtasini ogohlantirdi
13 fevral 2024, 20:37

Markaziy bank bitta bankni jarimaga tortdi, uchtasini ogohlantirdi

Markaziy bank yanvar oyi davomida bitta bankni me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilmagani uchun jarimaga tortdi, 3 ta bankni esa chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirdi.

O‘zLiDeP Minerva city loyihasidan qaytarilgan yerlar boshqa investorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilishiga qarshi chiqdi
13 fevral 2024, 19:32

O‘zLiDeP Minerva city loyihasidan qaytarilgan yerlar boshqa investorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilishiga qarshi chiqdi

O‘zLiDeP Minerva city loyihasidan qaytarilgan 100 gektar maydon to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa investorga berilishiga qarshi ekanini va yer maydonlari faqat ochiq auksionlar orqali sotilishi tarafdori ekanini bildirdi. Avvalroq Yangihayot tumani hokimi hududga pul tikmoqchi bo‘lgan xitoylik investor borligini aytgandi.

Toshkentda ikkilamchi uy bozorida narxlar 1 kv. m uchun 1200 dollardan oshdi, yer narxi esa sotixiga 362 mln so‘mni tashkil etdi
13 fevral 2024, 19:28

Toshkentda ikkilamchi uy bozorida narxlar 1 kv. m uchun 1200 dollardan oshdi, yer narxi esa sotixiga 362 mln so‘mni tashkil etdi

Toshkentda ikkilamchi uy bozorida o‘rtacha narx yil davomida 29,8 foizga o‘sib, 1 kv. m uchun 1212 dollarni tashkil etdi, deb xabar berdi MB. Poytaxtda 1 sotix yer narxi 362 mln so‘mgacha qimmatlashdi. Ko‘chmas mulk va ijara narxlari o‘rtasidagi farq tufayli uy-joyning o‘zini oqlash muddati 8,2 yilga yetdi.

227−1 modda bo‘yicha qo‘llangan jarimalar miqdorining 98 foizi hisobdan chiqariladi — SSP raisi
13 fevral 2024, 17:35

227−1 modda bo‘yicha qo‘llangan jarimalar miqdorining 98 foizi hisobdan chiqariladi — SSP raisi

Savdo-sanoat palatasi raisi 227−1 modda bo‘yicha tadbirkorlarga qo‘llangan jarimalar miqdorining 98 foizi hisobdan chiqarilishini ma’lum qildi. Avvalroq palata bu modda bo‘yicha 400 mlrd so‘mlik jarimani hisobdan chiqarishni nazarda tutuvchi prezident qarori loyihasini ishlab chiqqani xabar qilingandi.

“O‘zbekneftgaz” dizel yonilg‘isi narxini 15 foizga pasaytirmoqchi
13 fevral 2024, 11:53

“O‘zbekneftgaz” dizel yonilg‘isi narxini 15 foizga pasaytirmoqchi

“O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov kompaniya bir hafta ichida hisob-kitoblar qilib, dizel yonilg‘isining birjaga qo‘yiladigan narxlarini 15 foizga kamaytirish choralarini ko‘rishini ma’lum qildi. Shuningdek, yonilg‘i o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlash uchun yangicha tartib o‘rnatiladi.

Prezident imtiyozli kreditlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri g‘alla yetishtiruvchilarga berish, o‘g‘itlar tannarxini 15 foizga kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi
12 fevral 2024, 22:27

Prezident imtiyozli kreditlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri g‘alla yetishtiruvchilarga berish, o‘g‘itlar tannarxini 15 foizga kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

2024-yilda g‘allachilikda ham paxtachilikdagi kabi imtiyozli kreditlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermerlarga ajratish tizimi joriy etiladi, dedi prezident. Shuningdek, u xorijdan paxta urug‘ini olib kelish, o‘g‘it tannarxini 15 foizga arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Aholiga meva-sabzavot yetishtirish uchun 60 ming gektar yer tarqatiladi
12 fevral 2024, 14:33

Aholiga meva-sabzavot yetishtirish uchun 60 ming gektar yer tarqatiladi

Prezident meva-sabzavot yetishtirish va eksportini oshirish maqsadida aholiga yana 60 ming gektar yer tarqatilishini ma’lum qildi. Bunday yer maydonlari hamda tomorqalarga sanoat, kooperatsiyani keng olib kirish va mahsulot yetishtirish uchun 1 trln so‘m kredit resursi ajratiladi.

Prezident yoqilg‘isiz isitiladigan 10 sotixli 200 tagacha ixcham issiqxona qurishga topshiriq berdi
12 fevral 2024, 14:30

Prezident yoqilg‘isiz isitiladigan 10 sotixli 200 tagacha ixcham issiqxona qurishga topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga yoqilg‘isiz isitiladigan, ixcham issiqxonalarni barpo qilish tajribasini qo‘llab-quvvatlab, tayyor holda topshirish sharti bilan 10 sotixli 200 tagacha ixcham issiqxona qurish vazifasini qo‘ydi.

Qayta tashkil etilgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oldiga qanday vazifalar qo‘yilmoqda?
12 fevral 2024, 14:19

Qayta tashkil etilgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oldiga qanday vazifalar qo‘yilmoqda?

Toshkent iqtisodiyot universiteti tarkibiga Moliya hamda Fiskal institutlari qo‘shilmoqda. Bu ikki OTMda tahsil olayotgan talabalar birlashtirilgan universitetda o‘qishni davom ettiradi. Yangi oliygohda kuzatuv kengashi, Transformatsiya markazi va universitetni rivojlantirish jamg‘armasi bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting