Buxoro viloyatida barpo etilayotgan 2 ta shamol elektr stansiyasi uchun 73 ta turbina o‘rnatib bo‘lindi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 MVtdan bo‘lgan 2 ta (jami 1000 MVt) shamol elektr stansiyasini qurmoqda. Birinchi 6,5 MVt quvvatli shamol turbinasi o‘rnatilgani haqidagi xabar 25-iyulda e’lon qilingandi. Hozirgi kunga qadar jami quvvati 474,5 MVtga teng 73 ta shamol turbinasi o‘rnatib bo‘lindi.

Har bir turbina minorasining balandligi 100 metr, shamol parraklarining har biri esa 84 metrni tashkil qiladi. Vazirlik xabariga ko‘ra, ushbu yirik loyihalar doirasida jami 158 ta mana shunday shamol turbinalari o‘rnatiladi. Mazkur elektr stansiyalarining dastlabki 400 MVt quvvati 2024-yil yakuniga qadar ishga tushiriladi.

acwa power, бухоро, turbina, shamol  elektr stansiyasi

acwa power, бухоро, turbina, shamol  elektr stansiyasi

acwa power, бухоро, turbina, shamol  elektr stansiyasi

acwa power, бухоро, turbina, shamol  elektr stansiyasi

“Stansiyalar to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 3,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 1,5 mln tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu loyihalar doirasida uzunligi 260 kilometr bo‘lgan 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 2 ta 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash uskunalari quriladi. Mazkur elektr uzatish tarmoqlari energetika tizimining shimoli-g‘arbiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati) hamda janubi-g‘arbiy (Buxoro va Navoiy viloyatlari) qismlarining bog‘lanishini mustahkamlaydi.