Iqtisodiyot

SSP rahbari elektromobillar importiga boj joriy etilishini “100 foiz” qo‘llab-quvvatladi. Iqtisodchilar bunga qarshi
2 avgust 2024, 18:14

SSP rahbari elektromobillar importiga boj joriy etilishini “100 foiz” qo‘llab-quvvatladi. Iqtisodchilar bunga qarshi

Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov elektromobillar importiga boj joriy etish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Uning aytishicha, avtomobil sanoatini qo‘llab-quvvatlash malakali kadrlar shakllanishini ta’minlaydi. Iqtisodchilar esa boshqa mamlakatlar yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaslikka chaqirdi.

“Metan narxini bozor belgilaydi” — bosh vazir matbuot kotibi
1 avgust 2024, 20:58

“Metan narxini bozor belgilaydi” — bosh vazir matbuot kotibi

Bosh vazir Abdulla Aripov yig‘ilishda metan narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinishini ma’lum qildi. Uning matbuot kotibiga ko‘ra, prezident topshirig‘iga bilan, non va g‘alla narxlarini erkinlashtirishda bo‘lgani kabi, bu sohada ham narxlarni raqobat asosida barqarorlashtirish choralari ko‘riladi.

Iyul oyida deflyatsiya 0,3% bo‘ldi. O‘zbekistonda oziq-ovqat va boshqa tovarlar narxi qanday o‘zgardi?
1 avgust 2024, 18:39

Iyul oyida deflyatsiya 0,3% bo‘ldi. O‘zbekistonda oziq-ovqat va boshqa tovarlar narxi qanday o‘zgardi?

Iyulda O‘zbekistonda sabzavot va mevalar hamda deyarli barcha asosiy oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, sariyog‘ va guruchdan tashqari) narxlarining mavsumiy pasayishi fonida 0,28 foizli deflyatsiya qayd etildi. Yillik inflyatsiya 10,47% gacha sekinlashdi. Dori-darmon, poyezd va samolyot chiptalari, propan narxi oshdi.

O‘zbekistonda avtomobillar uchun metan va propan narxi oshdi
1 avgust 2024, 14:25

O‘zbekistonda avtomobillar uchun metan va propan narxi oshdi

O‘zbekistonda yengil avtomobillar uchun metanning 1-avgustgacha belgilangan 3750 so‘m miqdoridagi chakana narx cheklovi to‘xtatildi. Endi yonilg‘i quyish shoxobchalari narxni o‘zlari belgilaydi, u o‘rtacha 200−500 so‘mga ko‘tarildi. Propan narxi keskin oshib, ikki oy ichida 44 foizga yuqoriladi.

“O‘zbekistonda YouTube sekinlashmayapti” — RTV
31 iyul 2024, 21:45 1

“O‘zbekistonda YouTube sekinlashmayapti” — RTV

Rossiyada YouTube videohosting xizmatining sekinlashishi ushbu xizmatning O‘zbekistondagi faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, deb xabar qildi Raqamli texnologiyalar vazirligi.

Gugurt ishlab chiqaruvchi 5 ta korxonaning mahsulotlari sifatsizligi aniqlandi
31 iyul 2024, 21:08

Gugurt ishlab chiqaruvchi 5 ta korxonaning mahsulotlari sifatsizligi aniqlandi

O‘zbekistondagi do‘konlarda sotilayotgan beshta savdo belgisining gugurt mahsulotlari sifat standarti talablariga nomuvofiq ekani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasining yozishicha, ularning qutilariga me’yordan kam gugurt cho‘pi solinadi. Ularga nisbatan chora ko‘riladi.

OTB O‘zbekistonga 400 mln dollar qarz ajratdi
31 iyul 2024, 13:10

OTB O‘zbekistonga 400 mln dollar qarz ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 400 mln dollar qarz ajratdi. Pullar mamlakat moliya bozorlarini mustahkamlash va barqaror bozorga yo‘naltirilgan energetika sektorini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Dollar mart o‘rtalaridan beri eng past darajaga tushdi
30 iyul 2024, 19:05

Dollar mart o‘rtalaridan beri eng past darajaga tushdi

AQSh dollari o‘zbek so‘miga nisbatan pasayishda davom etmoqda, u 12-martdan boshlab o‘zining minimal qiymatiga — 12 541 so‘mgacha tushdi. O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari, investitsiyalar hajmining o‘sishi va boshqa omillar fonida milliy valyuta mustahkamlanmoqda.

O‘zbekiston aholisining real daromadlari oshdi, lekin hududlar o‘rtasida farq kattalashdi
30 iyul 2024, 15:50

O‘zbekiston aholisining real daromadlari oshdi, lekin hududlar o‘rtasida farq kattalashdi

Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, aholining real daromadlari 8,6 foizga o‘sdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yuqoridir. Eng boy uchta va eng kambag‘al uchta hudud o‘rtasidagi aholi jon boshiga daromadlar farqi 2,28 baravardan 2,5 barobarga oshdi.

Raqobat qo‘mitasi Knauf Gips Buxoro kompaniyasining O‘zbekistondagi ustun mavqeini tan oldi
30 iyul 2024, 11:04

Raqobat qo‘mitasi Knauf Gips Buxoro kompaniyasining O‘zbekistondagi ustun mavqeini tan oldi

Raqobat qo‘mitasi Knauf Gips Buxoro gipsokarton bozorida 40 foizdan ortiq ulush bilan ustun mavqega ega ekanini ma’lum qildi. Endi kompaniya ustun mavqei tan olingan kompaniyalar reyestriga kiritilishi, so‘ngra monopol narxlardan foydalanishning oldini olish bo‘yicha harakatlarni nazorat qilishi kerak.

“Toshkent issiqlik markazi”ning 2,5 mlrd so‘mlik daromadi asossiz ekani aniqlandi
29 iyul 2024, 20:28

“Toshkent issiqlik markazi"ning 2,5 mlrd so‘mlik daromadi asossiz ekani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi “Toshkent issiqlik markazi” 2023-yilda me’yordan 4,7 mln metr kub ortiqcha suv sarflab, bu orqali 2,5 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olganini aniqladi. TIMga nisbatan ish qo‘zg‘atildi va ushbu mablag‘ni qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

So‘nggi Chevrolet Lacetti UzAuto Motors konveyeridan chiqdi (+video)
26 iyul 2024, 23:40

So‘nggi Chevrolet Lacetti UzAuto Motors konveyeridan chiqdi (+video)

UzAuto Motors zavodida so‘nggi Chevrolet Lacetti avtomobili ishlab chiqarildi. U 2013-yilda yangilangan versiya (Gentra) taqdim etilgandan beri zavoddan chiqqan 487104-shunday mashinaga aylandi. Birinchi model 2008-yilda yig‘ila boshlagandi.

O‘zbekistonda real oylik ish haqi ikkinchi chorakda deyarli o‘smadi
26 iyul 2024, 19:46

O‘zbekistonda real oylik ish haqi ikkinchi chorakda deyarli o‘smadi

O‘zbekistonda joriy yilning ikkinchi choragida nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi 3,5 foizga, real ish haqi (inflyatsiyani hisobga olgan holda) esa atigi 0,2 foizga oshdi. Deyarli barcha tarmoqlarda o‘sish sur’atlari sekinlashdi, qurilishda pasayish kuzatildi.

Yashil qurilish o‘zi nima va “yashil” standartlarga qanday rioya qilinadi?
26 iyul 2024, 15:01

Yashil qurilish o‘zi nima va “yashil” standartlarga qanday rioya qilinadi?

Yangi Toshkent arxitektorlari shaharni binolar qurishning ekologik standartlariga muvofiq barpo etishni rejalashtirgan. “Gazeta.uz” ko‘tarma kran zavodi negizida qurilgan ombor misolida “yashil” standartlar nima ekanligi va ularga noturar joy obyektlarida nima uchun rioya qilish zarurligini haqida hikoya qiladi.

BYD Uzbekistan Factory 850 ta avtomobilni ta’mirlash bo‘yicha o‘tkazilgan tenderga izoh berdi
26 iyul 2024, 14:52

BYD Uzbekistan Factory 850 ta avtomobilni ta’mirlash bo‘yicha o‘tkazilgan tenderga izoh berdi

BYD Uzbekistan Factory Sergeli tumanidagi portlash paytida shikastlangan va Xitoydan olib kelingan avtomobillarning bir qismi ta’mirlash uchun ajratib olinganini tasdiqladi. Kompaniya avvalroq 850 ta avtomobilni ta’mirlash bo‘yicha tender e’lon qilgandi. Mashinalar tizimdagi korxonalar orasida sotilmoqda.

“Asosiy stavkani pasaytirish sikliga o‘tish haqida gapirishga hali erta” — MB raisi
25 iyul 2024, 21:43

“Asosiy stavkani pasaytirish sikliga o‘tish haqida gapirishga hali erta” — MB raisi

MB asosiy stavkasining 13,5 foizga tushirilishi pul-kredit sharoitlarining qat’iylik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi — uning “cheklovchi” xarakteri saqlanib qoladi, dedi MB raisi. Uning so‘zlariga ko‘ra, regulyatorning asosiy maqsadi joriy yil oxirigacha inflyatsiya darajasini 9 foizga tushirishdir.

Zargarlik buyumlariga import bojxona bojlari 20% dan 10% gacha pasaytiriladi
25 iyul 2024, 20:20

Zargarlik buyumlariga import bojxona bojlari 20% dan 10% gacha pasaytiriladi

1-noyabrdan boshlab jismoniy shaxslarga og‘irligi 200 grammgacha bo‘lgan kumush, 65 grammgacha bo‘lgan tilla tayyor zargarlik buyumlarini bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, undan yuqori og‘irlikdagilarini esa deklaratsiya asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat etiladi.

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 25 foizga oshdi, Rossiyaning ulushi kamayishda davom etmoqda — MB
25 iyul 2024, 19:33

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 25 foizga oshdi, Rossiyaning ulushi kamayishda davom etmoqda — MB

2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 25 foizga oshib, 6,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Markaziy bankning dastlabki prognozlaridan ikki barobar ko‘p. AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya va Polshadan tushumlar keskin oshdi. Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda.

Sud “Navoiyazot”ning Raqobat qo‘mitasiga da’vosini qanoatlantirmadi
25 iyul 2024, 19:05

Sud “Navoiyazot"ning Raqobat qo‘mitasiga da’vosini qanoatlantirmadi

Iyun oyida Raqobat qo‘mitasi “Navoiyazot"ni o‘g‘itlar narxini oshirib yuborganlikda ayblab, uning 20,5 mlrd so‘m asossiz daromadini undirishga qaror qilgan edi. Kompaniya ayblovga qo‘shilmadi va qo‘mita qarori ustidan shikoyat qildi, biroq sud da’voni rad etdi.

Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz etib belgiladi
25 iyul 2024, 12:41

Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz etib belgiladi

Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz etib belgiladi. Ushbu qaror inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganini inobatga olib qabul qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting