Uzbekistan Airways Isroilga parvozlarni davom ettiradi — elchixona

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni davom ettirmoqda, deb xabar qildi O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi.

O‘zbekiston prezidenti kuzgi daraxt ekish mavsumini e’lon qildi

O‘zbekistonda 25-oktabrdan 1-dekabrgacha kuzgi daraxt ekish mavsumi doirasida 85 mln tup ko‘chat ekish rejalashtirilmoqda. Prezident bu borada avval yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik shart ekanini ta’kidladi. U obodonlashtirish bo‘limlarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha tajriba o‘tkazishni ma’qulladi.

Avtomobillarga markaziy vokzallarga kirish uchun ruxsat berilishi mumkin

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda avtomobillarning markaziy vokzallarga kirishiga ruxsat berilish mumkin. Stansiyalar hududida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari ham tashkil etiladi.

Yevroparlament O‘zbekistonni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralashga chaqirdi

Yevroparlament O‘zbekiston Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harbiy harakatini qoralamaganidan afsusda ekanini bildirdi va rasmiylarni shunga chaqirdi. Yevropa Ittifoqi organi, shuningdek, “Rossiya davlat kompaniyalari va O‘zbekiston gaz sektoridan foyda ko‘ruvchi insayderlarga berilgan imtiyozlardan” afsusda.

Toshkentda YTHga sababchi bo‘lgan 18 yoshli Equinox haydovchisi faqat jarima bilan qutildi

Rulda ketayotganini videoga olib, svetoforda Nexia-3 bilan to‘qnashgan Equinox haydovchisi haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi va yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun atigi 1 mln 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sud Nexia-3 haydovchisiga ham guvohnomasi yo‘qligi uchun xuddi shu miqdorda jarima soldi.

O‘zbekiston va Škoda o‘rtasida 30 ta elektropoyezd bo‘yicha shartnoma imzolandi. Abdulla Aripov kelishuvni inqilobiy deb atadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” va Škoda Group o‘rtasida 320 mln yevrolik 30 ta elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bosh vazir Abdulla Aripov buni O‘zbekiston temir yo‘llari sohasi uchun inqilobiy deb atadi. Kelgusi yildan past polli harakat tarkiblarini ishlab chiqarish boshlanadi. Foto.

Toshkent viloyatida ayol sobiq eri uni 5 soat davomida kaltaklaganini aytmoqda

Zangiota tumanida ayol sobiq eri uni 5 soat kaltaklab, shifoxonaga keltirgani, holatga mas’ullar e’tibor qaratmaganini aytib, murojaat qildi. Video tarmoqlarda tarqalgach, hokimliklar, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va IIB vakillari ayol bilan uchrashib, holatni nazoratga oldi. Ayol poytaxtda davolanmoqda.

Nafaqat zo‘ravonlik qurboni, balki voqeaga guvoh bo‘lgan bolalar bilan ham ishlash kerak — prokuror Laylo Fayzimurodova

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning 78 foizi begonalar, 14 foizi ota-onalari, qolgani qarindosh va tanishlari tomonidan sodir etilmoqda. Prokuror Laylo Fayzimurodovaning ta’kidlashicha, nafaqat zo‘ravonlik qurboni, balki voqeaga guvoh bo‘lgan va ruhiy jabrlangan bolalar bilan ham ishlash kerak.

O‘zbekiston is gaziga qarshi kurash jamiyati nega ro‘yxatdan o‘tkazilmayapti?

“O‘zbekiston is gaziga qarshi kurash jamiyati” uch yildan ortiq vaqtdan beri NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha rad javobini olib kelmoqda. “Gazeta.uz” kolumnisti Dilmurod Yusupov 12 ta javob xatini o‘rganib chiqib, NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar hali ham tizimli ekanini ta’kidladi.

Chexiya O‘zbekistonning foydali qazilmalariga qiziqmoqda, evaziga ularni qazib olish texnologiyalarini taklif qilishi mumkin

Chexiya O‘zbekistonning qazilma boyliklariga qiziqmoqda, evaziga ularni qazish va qayta ishlash texnologiyalari, shuningdek, suv resurslarini boshqarish sohasida taklif berishi mumkin. Chex mudofaa sanoati O‘zbekiston Qurolli kuchlariga Sovet ittifoqi davri harbiy texnikalariga muqobillarni taklif qilishga tayyor.

Xitoydagi taekvondo gran-prisida 5 o‘zbekistonlikning 4 nafari medal oldi

Xitoyda Osiyo o‘yinlaridan 2 kun o‘tib boshlangan taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha gran-pri musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 3 ta bronza medalga ega chiqdi: Madinabonu Mannopova, Ulug‘bek Rashitov, Jasur Jaysunov uchinchi, Nikita Rafalovich esa ikkinchi o‘rinni oldi.

sentabrda elektromobillar savdosi pasaydi

O‘zbekistonda sentabr oyida elektromobillar savdosi kamaydi. Bozorda yil boshidan buyon ilk bor qisqarish kuzatildi. Yangi mahalliy yengil avtomobillar savdosi o‘sishda davom etmoqda.

Surxondaryodagi ayrim bog‘chalarda UNICEF dasturi asosida ko‘p tilli guruhlar ochildi

UNICEF Surxondaryoda bolalarning kengaytirilgan va inklyuziv ta’lim olishi uchun Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi ayrim bog‘chalarda ko‘p tilli guruhlar ochdi. Unga Yevropa Ittifoqi 1,6 mln yevro moliyaviy yordam ko‘rsatdi.

O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida 800 mln yevrodan ziyod investitsiya va savdo bitimlari imzolandi

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Chexiyaga rasmiy tashrifi yakunida 800 mln yevrodan ziyod investitsiya va savdo shartnomalari, shuningdek, readmissiya va tranzit, diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish kabi bitimlar imzolandi.

Toshkentda YTHga sababchi bo‘lgan 18 yoshli Equinox haydovchisi faqat jarima bilan qutildi

Rulda ketayotganini videoga olib, svetoforda Nexia-3 bilan to‘qnashgan Equinox haydovchisi haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi va yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun atigi 1 mln 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sud Nexia-3 haydovchisiga ham guvohnomasi yo‘qligi uchun xuddi shu miqdorda jarima soldi.

Avtomobillarga markaziy vokzallarga kirish uchun ruxsat berilishi mumkin

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda avtomobillarning markaziy vokzallarga kirishiga ruxsat berilish mumkin. Stansiyalar hududida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari ham tashkil etiladi.

Toshkent shimoliy vokzali faoliyati 16-oktabrdan tiklanadi

Toshkent shimoliy vokzali 16-oktabrdan o‘z faoliyatini tiklaydi. U yerdan “Arosiyob”, “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent-Volgograd” poyezdi harakatlanadi. 16-oktabrdan Janubiy vokzaldan Xojikent, Guliston, Angren, Xovost va Bekobodga poyezdlar jo‘naydi.

Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YUNESKOdagi elchisi bo‘ldi

Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili etib tayinlandi. Avvalgi vakil Umid Shadiyev Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi.