Siyosat

dayjest

Prezident Toshkentda Botir Zokirov haykali ochilish marosimida qatnashadi

Shavkat Mirziyoyev 16-may kuni Toshkentda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochilish marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, madaniyat va san’at sohasidagi yangi obyekt va loyihalar bilan tanishiladi.


dayjest

Portugaliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisidan ishonch yorliqlari qabul qilindi

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Portugaliyaning yangi elchisi Madalena Fisherdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.


dayjest

Daniya va Litva O‘zbekistonga yangi elchilar tayinladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Daniya elchisi Yakob Xenningsen va Litva elchisi Egidiyus Navikasdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.


Iqtisodiyot

dayjest

O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 mln tonnadan ortiq ko‘mir import qilishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 mln tonnadan ortiq ko‘mir import qilish, shuningdek, Mozori Sharifdagi Imom Al-Buxoriy madrasasida qurilish ishlarini boshlash, Transafg‘on temiryo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish loyihalarini amalga oshirish niyatida, deb xabar berdi Afg‘oniston TIV.


dayjest

“Shunaqasi ham bo‘lgan”. Energetika vaziri — neft va gaz sanoatida investorlar bilan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish haqida

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov neft-gaz sohasida investorlar bilan tuzilgan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqishga oid savollarga javob berdi. Uning aytishicha, ayrim hollarda investorlarga qo‘shimcha majburiyatlar yuklangan, biroq ular investitsiya muhitining yomonlashuvi xavfi tufayli oshkor etilmagan.


dayjest

Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — MHTI

Aprel oyida Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari martga nisbatan o‘rtacha 0,9 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa o‘rtacha 1,12 foizga pasaydi. O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli va Olmazor tumanlarida bo‘lib turibdi.


dayjest

“O‘zbekneftgaz” va “Gazprom neft” Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazini ishga tushirdi. Loyiha nima beradi?

“O‘zbekneftgaz” Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi ko‘magida quduqlarni burg‘ulash muddatini 45 foizga, ularni qurish tannarxini esa 35 foizga qisqartirish imkonini beruvchi Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazini ochdi. Kompaniya yetkazib beruvchi bilan 4,45 mln va 243,3 ming dollarlik ikkita shartnoma tuzdi.


Jamiyat

dayjest

Ko‘chmas mulk xaridida nimalarga e’tibor berish kerak? Mutaxassislar tavsiyasi

Fuqarolar ko‘chmas mulk xaridi uchun shartnoma tuzayotganda noqulay sharoitga tushishi yoki firibgarga aldanib qolishi mumkin. “CaEX Bizning uylar 2024” ko‘rgazmasida ekspertlar shartnomada nimaga e’tibor berish kerakligi, boshqa davlatlarda xaridor va davlat budjeti qanday sug‘urta qilinishini tushuntirdi.


dayjest

Qisqa yomg‘irdan so‘ng Toshkent ko‘chalarini suv bosdi (video)

Kunning birinchi yarmida Toshkent shahrida yog‘ib o‘tgan qisqa va shiddatli yomg‘ir ko‘chalarni suvga to‘ldirdi. Tarqalgan videolarda mahallalar, avtomobil yo‘llari va bozorlarni suv bosganini ko‘rish mumkin. Video.


dayjest

Samarqandda uy qulab tushgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Pastdarg‘om tumanida qulab tushgan uy egasi IIBga murojaat qilib, unga 300 ming dollar miqdorida moddiy zarar yetkazilganini bildirdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qurilish vazirligi uning qo‘shnisi loyiha hujjatlariga amal qilmasdan yer qazish ishlarini olib borganini ma’lum qildi.


dayjest

“Ayollar ko‘proq ruhiy zo‘ravonlikka uchramoqda, 86−87 foiz zo‘ravonlik oilalarda kuzatilyapti” — IIV vakili

Xotin-qizlar ko‘proq ruhiy, shuningdek, jismoniy va iqtisodiy zo‘ravonlikka uchramoqda, dedi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Umida Abdullayeva. Uning aytishicha, 86−87 foiz zo‘ravonlik oilalarda kuzatilyapti. 2024-yilning uch oyida ayollarga 10 mingdan ziyod himoya orderi berilgan.


dayjest

O‘zbekistonda Haj mavsumi 23-maydan boshlanadi

O‘zbekistonda 2024-yilgi Haj mavsumi 23-maydan boshlanadi. Saudiya Arabistonining Madina shahriga O‘zbekistonning 10 ta shahridan 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.


dayjest

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida MAN va Yutong avtobuslari to‘qnashdi. YTHda jarohat olganlar yo‘q, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


dayjest

Toshkentda bir qator ko‘cha va chorrahalar ta’mirlanadi — ro‘yxat

Maydan sentabr oyiga qadar Toshkentning qator chorraha va ko‘chalarida rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Jarayon soat 22:00 dan 06:00 gacha bajarilishi reja qilinmoqda. Hokimlik “ish jarayonida noqulayliklar tug‘ilishi muqarrar ekani”, biroq barcha imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.


dayjest

Rehina Mariya Kastijio YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi

Rehina Mariya Kastijio BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi. Bungacha u fondning Xorvatiya va Paragvaydagi vakolatxonalarini boshqargan.


dayjest

Andijonda Lacetti piyodalar o‘tish joyida o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi

Paxtaobod tumanida 21 yoshli Lacetti haydovchisi svetoforning yashil chirog‘ida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. YTH oqibatida 41 yoshli piyoda oyoq sinishi bilan bog‘liq jarohat oldi.


dayjest

Toshkent shahridagi Bobur ko‘chasining ayrim qismlarida yo‘l bir tomonlama yopildi

Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining ayrim qismlarida yo‘l bir tomonlama noma’lum muddatga yopildi. U yerda 15-may kuni soat 22:00 dan boshlab ta’mirlash ishlari boshlandi. Haydovchilardan yondosh ko‘chalardan harakatlanish so‘ralgan.


dayjest

Antikorrupsiya agentligi 8,1 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari oldi olinganini ma’lum qildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 19 ta holatda 8,1 mlrd so‘mlik davlat xaridlarining qonunchilikka zid amalga oshirilishi oldi olinganini ma’lum qildi. Eng ko‘p qonun buzilishi holatlari ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida aniqlangan.


dayjest

Farg‘ona va Surxondaryoda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekani aytildi

Telegram kanallarida Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani bilan izohlangan videolar tarqaldi. Ikki viloyat IIBlari ushbu xabarlar asossiz ekani, videolarda esa boshqa holatlar tasvirlanganini ma’lum qildi.


dayjest

Dubai Unlocked surishtiruvi: O‘zbekiston sobiq bosh prokurori o‘g‘lining Dubayda 8 mln dollarlik ko‘chmas mulki bor

Xalqaro jurnalistlar Dubaydagi mulk egalari haqida ma’lumot beruvchi Dubai Unlocked surishtiruvini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovning o‘g‘li — qidiruvga berilgan Alisherbek Qodirovning umumiy qiymati deyarli 8 mln dollar bo‘lgan 4 ta ofisga egalik qilishi aytilgan.


dayjest

Toshkentda fuqaroni 2 mln so‘m evaziga ishga joylab qo‘ymoqchi bo‘lgan metropoliten xodimasi ushlandi

Toshkent metropoliteni xodimasi firibgarlikda gumonlanib ushlandi. U fuqaroni 2 mln so‘m evaziga ishga joylab qo‘yishni va’da qilgani aytilmoqda.


Madaniyat

dayjest

Toshkentda Botir Zokirov haykali ochildi (foto)

Toshkentda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Marosimda Shavkat Mirziyoyev va Farrux Zokirov ishtirok etdi. Prezident xonandaning memorial muzeyi, estrada san’ati xalqaro tanlovi va uning nomidagi stipendiya tashkil etilishini ma’lum qildi.


Jahon

dayjest

“Chorshanba kunlari bo‘sh ekansan”. Bayden Trampni teledebatga chaqirdi va uning sudlardan bo‘shamayotganiga sha’ma qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden bo‘lajak saylovlardagi raqibi Donald Trampni teledebatga chaqirdi va uning sudlardan bo‘shamayotganiga, faqat chorshanba kunlari vaqti bo‘lishiga sha’ma qildi. Tramp debat bo‘yicha chorlovni qabul qildi. Bayden jamoasi debatlar oldindan ovoz berish boshlanishidan avval o‘tishini istamoqda.


dayjest

Slovakiya bosh vaziri suiqasddan so‘ng barqaror, ammo og‘ir ahvolda — Reuters

Suiqasd uyushtirilgan Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso operatsiyadan keyin barqaror, ammo og‘ir ahvolda qolmoqda. Hujumda 71 yoshli yozuvchi gumonlanmoqda, u qotillikka urinishda ayblanmoqda.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!