ELLE media brendi O‘zbekiston bozoriga kiradi: iyun oyida — raqamli platforma va ijtimoiy tarmoqlari bilan, sentabrda esa jurnal bilan. Bu haqda brend vakillari “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

“ELLE Oʻzbekiston o‘zbek tilida kontent ishlab chiqaradigan birinchi xalqaro nashr bo‘ladi”, — deyiladi xabarda. Nashrlar uch tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillarida faoliyat yuritadi.

Brend muharrirlar, jurnalistlar, digital menejerlar, SMM-menejerlar va kontentni ishlab chiqish hamda mahalliylashtirish, hamkorlik va o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan boshqa xodimlarni ishga qabul qilishni boshladi.

ELLE tarmog‘i 56 ta mahalliy saytni o‘z ichiga oladi. Ўзбекистон bozoriga kirish ELLE brendi egasi Lagardère Group va butun dunyo bo‘ylab moda hamda musiqa yo‘nalishidagi iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlovchi Gemina Publishing kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik natijasidir, deyiladi bayonotda.