Jahon

Toqayev: Qozog‘iston zirhli mashinalar, dron va o‘qotar qurollar ishlab chiqarishi kerak
6 sentabr 2023, 09:27

Toqayev: Qozog‘iston zirhli mashinalar, dron va o‘qotar qurollar ishlab chiqarishi kerak

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatda zirhli texnika, dronlar va o‘qotar qurollar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi kerakligi, davlat armiyasi gibrid urushlarga tayyor turishi kerakligini bildirdi.

Qirg‘iziston milliy pasportlarni mustaqil chop etishni boshladi
5 sentabr 2023, 22:52

Qirg‘iziston milliy pasportlarni mustaqil chop etishni boshladi

Qirg‘izistonda milliy pasportlarni mustaqil tarzda chop etish boshlandi. Ilgari mamlakat har yili chet eldan 1,5 milliongacha ID karta va fuqarolik pasporti buyurtma qilgan.

Hindiston quyoshni o‘rganish uchun kosmik stansiya uchirdi
4 sentabr 2023, 21:42

Hindiston quyoshni o‘rganish uchun kosmik stansiya uchirdi

Hindiston Quyoshni kuzatish va kosmik ob-havo xususiyatlarini o‘rganish uchun koinotga Aditya-L1 avtomat stansiyasini uchirdi. Avvalroq Hindiston kosmik uskunasi Oy sathiga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan edi.

Qozog‘iston prezidenti AES qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qildi
1 sentabr 2023, 16:39

Qozog‘iston prezidenti AES qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qildi

Prezident Qasim-Jomart Toqayev “mamlakat kelajagi bilan bog‘liq o‘ta muhim masala” bo‘lgani uchun Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazishni taklif qildi.

Ben Uolles Britaniya mudofaa vaziri lavozimini tark etdi
31 avgust 2023, 18:28

Ben Uolles Britaniya mudofaa vaziri lavozimini tark etdi

2019-yildan buyon Buyuk Britaniya mudofaa vaziri sifatida ishlab kelgan Ben Uolles iste’foga chiqdi. U Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytirishda hal qiluvchi rolni o‘ynagan. Uollesning o‘rnini Energetika vazirligini boshqargan Grant Shapps egalladi.

CNN: O‘zbekistonlik bir guruh migrantlar IShID bilan aloqadorlikda gumonlangan kontrabandachi yordamida AQShga kirgan
31 avgust 2023, 10:32

CNN: O‘zbekistonlik bir guruh migrantlar IShID bilan aloqadorlikda gumonlangan kontrabandachi yordamida AQShga kirgan

IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan kontrabandachi o‘zbekistonlik bir guruh muhojirlarga Meksika orqali AQShga kirishga yordam bergan. Bu ma’lum bo‘lgach, FQB ularni butun mamlakat bo‘ylab “qidirishga shoshildi”, — deb yozadi CNN. 15 nafar o‘zbekistonlikning manzili hali aniqlanmagan.

O‘zbekistonning 20 ta muzey eksponati Xitoydagi ko‘rgazmada namoyish etiladi
30 avgust 2023, 17:26

O‘zbekistonning 20 ta muzey eksponati Xitoydagi ko‘rgazmada namoyish etiladi

2-sentabrdan Xitoyning Xanchjou shahridagi Milliy ipak muzeyida an’anaviy o‘zbek so‘zanalari, chopon va zargarlik buyumlarini o‘z ichiga olgan 20 ta eksponat namoyish etiladi. “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”da mintaqa mamlakatlarining 150 ga yaqin libosi ham taqdim etiladi.

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi TikTok’ni bloklashga qaror qildi
30 avgust 2023, 15:19

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi TikTok’ni bloklashga qaror qildi

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi bolalar ruhiy rivojlanishi va salomatligiga zarari sababli TikTok ijtimoiy tarmog‘ini bloklashga qaror qildi.

Fransiya maktablarida musulmon abayyasini kiyish taqiqlanmoqda
30 avgust 2023, 11:45

Fransiya maktablarida musulmon abayyasini kiyish taqiqlanmoqda

Fransiya maktablarida yangi o‘quv yilidan musulmonlar libosi — abayya kiyish taqiqlanadi. Mamlakat ta’lim vazirining fikricha, o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishi ularning dinini bildirib turmasligi kerak. Mamlakatda 2004-yildan beri maktablarga diniy ramzlar yoki kiyimlarda kelish mumkin emas.

Rossiyaning qator hududlariga dronlar hujum qildi. Pskov aeroportida 4 ta Il-76 samolyoti zararlandi
30 avgust 2023, 10:27

Rossiyaning qator hududlariga dronlar hujum qildi. Pskov aeroportida 4 ta Il-76 samolyoti zararlandi

Tunda Rossiyaning 6 ta hududiga, jumladan, Pskovdagi xalqaro aeroportga dronlar hujumi uyushtirildi. Voqea oqibatida 4 ta Il-76 samolyoti zarar ko‘rdi va yong‘in yuzaga keldi. Boshqa hududlarda uchuvchisiz texnikalar havo mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan.

BMT: Ukrainada halok bo‘lgan tinch aholi soni 9500 dan oshdi
29 avgust 2023, 19:22

BMT: Ukrainada halok bo‘lgan tinch aholi soni 9500 dan oshdi

Rossiyaning keng miqyosli bosqini boshlanganidan buyon Ukrainada tinch aholi o‘limi soni 9,5 mingdan oshdi, 17 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Qurbonlarning haqiqiy soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, deya ta’kidladi BMT.

Qirg‘izistonda prokuratura Kloop nashrini tugatish bo‘yicha sudga da’vo kiritdi
28 avgust 2023, 22:38

Qirg‘izistonda prokuratura Kloop nashrini tugatish bo‘yicha sudga da’vo kiritdi

Bishkek prokuraturasi “Kloop Media” jamoat fondini (Kloop.kg sayti) tugatish to‘g‘risida sudga da’vo kiritdi. Da’vo arizasida aytilishicha, nashrning aksariyat materiallari “sof salbiy xarakterga ega” va “hozirgi hukumatning amaldagi siyosatini keskin tanqid qilishga” qaratilgan.

Qozog‘iston rahbari qirg‘iz-qozoq chegarasidagi “vaziyatni tartibga solish” bo‘yicha topshiriq berdi
28 avgust 2023, 15:54

Qozog‘iston rahbari qirg‘iz-qozoq chegarasidagi “vaziyatni tartibga solish” bo‘yicha topshiriq berdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev yuzlab yuk mashinalari to‘planib qolgan qirg‘iz-qozoq chegarasidagi “vaziyatni tartibga solish” bo‘yicha topshiriq berdi. Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi avvalroq Qozog‘istonni tovarlar harakati erkinligini cheklayotganlikda ayblagandi.

Parijda 1-sentabrdan elektrosamokatlarni ijaraga berish to‘xtatiladi
28 avgust 2023, 11:00

Parijda 1-sentabrdan elektrosamokatlarni ijaraga berish to‘xtatiladi

Parij ko‘chalarida 1-sentabrdan elektrosamokatlarni ijaraga berish xizmatlari faoliyatini yakunlaydi. Shahar hokimiyati bu masala bo‘yicha aprel oyida referendum o‘tkazgan va natijalarga ko‘ra bunday kompaniyalar bilan shartnomalarni yangilamaslikka qaror qilingan.

Tojikistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
28 avgust 2023, 10:42

Tojikistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Tojikistonda yakshanba kuni yog‘ib o‘tgan kuchli yomg‘irlar sababli Vahdat va Rudakiy hududlarida 13 kishi halok bo‘ldi. Mamlakat prezidenti halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Uchinchi Jahon urushining oldini olish mumkinmi?
27 avgust 2023, 12:00

Uchinchi Jahon urushining oldini olish mumkinmi?

Insoniyat taqdiri AQSh va Xitoy qay darajada murosaga kela olishiga bog‘liq. Har ikki kuch qarshi tarafning strategik xavf tug‘dirishiga o‘z-o‘zini ishontirib bo‘lgan. Xitoy va AQSh bir-biri bilan keng qamrovli urush tahdidisiz birga yashay oladimi? Amerikalik nufuzli diplomat Genri Kissinjer mulohazalari.

Britaniyada COVID-19 qurbonlarining oilalari hukumatni sudga berdi
25 avgust 2023, 23:45

Britaniyada COVID-19 qurbonlarining oilalari hukumatni sudga berdi

COVID-19 pandemiyasi boshida vafot etgan britaniyaliklarning oilalari hukumatni, shuningdek, bir qator qariyalar uylari va kasalxonalarni sudga berishdi. Ularning ta’kidlashicha, rasmiylar o‘z yaqinlarini virusdan himoya qilish uchun yetarlicha harakat qilmagan.

Qozog‘iston universitetlarida sun’iy intellekt majburiy o‘qitiladi
25 avgust 2023, 23:19

Qozog‘iston universitetlarida sun’iy intellekt majburiy o‘qitiladi

Qozog‘iston Fan va oliy ta’lim vazirligi kelgusi yildan mamlakat universitetlarida talabalarning sun’iy intellekt bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari uchun ushbu yo‘nalish bo‘yicha majburiy kurslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Germaniya hukumati fuqarolik berishni osonlashtirmoqda
25 avgust 2023, 19:02

Germaniya hukumati fuqarolik berishni osonlashtirmoqda

Germaniya hukumati mamlakat pasportini 5 yilda olishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Shuningdek, fuqarolik til bilish, volontyorlik ishlaridagi faollik va professional sifatlar kabi omillarga qarab 3 yilda ham berilishi mumkin. Boshqa fuqaroliklardan voz kechish talab etilmaydi.

Putin Prigojin samolyoti halokati bo‘yicha izoh berdi
24 avgust 2023, 23:00

Putin Prigojin samolyoti halokati bo‘yicha izoh berdi

RF prezidenti Tver viloyatidagi aviahalokatda vafot etganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Yevgeniy Prigojin haqida o‘tgan zamonda gapirar ekan, uni “murakkab taqdirli odam” va “iqtidorli tadbirkor” deb atadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ekspertiza vaqt talab etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting