Jahon

BMT maxsus elchisi Gaaga sudini “Tolibon”ning ayollarga qarshi jinoyatlarini tergov qilishga chaqirdi
12 avgust 2023, 09:47

BMT maxsus elchisi Gaaga sudini “Tolibon”ning ayollarga qarshi jinoyatlarini tergov qilishga chaqirdi

BMTning global ta’lim bo‘yicha maxsus elchisi Gordon Braun Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudni Afg‘onistonda ayollar va qizlarga nisbatan diskriminatsiya uchun “Tolibon”ni javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Qirg‘izistonda 2027-yildan plastik paketlar ishlab chiqarish va sotish taqiqlanadi
10 avgust 2023, 23:38

Qirg‘izistonda 2027-yildan plastik paketlar ishlab chiqarish va sotish taqiqlanadi

Qirg‘izistonda 2027-yildan boshlab polimer plyonkadan tayyorlangan paketlar va plastmassa buyumlarni ishlab chiqarish, sotish hamda bepul tarqatish taqiqlanadi. Issiqko‘l kurort hududida taqiq avgust oyi oxiridanoq kuchga kiradi.

Qozog‘iston hukumati yandex.kz saytiga kirishni chekladi
9 avgust 2023, 23:11

Qozog‘iston hukumati yandex.kz saytiga kirishni chekladi

Qozog‘iston hukumati yandex.kz saytini yopib qo‘ydi va “Yandeks”dan uning “maxsus organlar bilan o‘zaro aloqasi” haqida ma’lumot talab qildi. Kompaniya Rossiya maxsus xizmatlari Rossiyadan tashqarida foydalanuvchi ma’lumotlariga kirish imkoniga ega emasligiga ishontirdi. Keyinroq sayt qayta ishga tushirildi.

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 60 ta masjid va madrasa yopildi
9 avgust 2023, 17:46

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 60 ta masjid va madrasa yopildi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi O‘sh viloyatidagi 39 ta masjid va 21 ta diniy maktab qurilish qoidalarini buzgani va ta’limning yagona standartlari yo‘qligi sababli yopilganini ma’lum qildi. Mamlakatdagi diniy obyektlarda keng ko‘lamli tekshiruv o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston va YI Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirish niyatida
9 avgust 2023, 14:32

O‘zbekiston va YI Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirish niyatida

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini bildirdi.

Bishkekda jamoat transporti to‘liq naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tkaziladi
8 avgust 2023, 21:47

Bishkekda jamoat transporti to‘liq naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tkaziladi

Avgust oyi oxiridan boshlab Bishkekda jamoat transporti (avtobus va trolleybuslar) faqat naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tadi. Shahar hokimiyati bu to‘lov tizimini shaffoflashtirishi va budjet daromadlarini oshirishiga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

Iroqda Telegram fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish uchun bloklandi
7 avgust 2023, 17:32

Iroqda Telegram fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish uchun bloklandi

Iroq rasmiylari Telegram`ni milliy xavfsizlik va “fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlash” maqsadida blokladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, messenjer ma’lumotlar sizib chiqayotgan kanallarni yopish haqidagi so‘rovlarni e’tiborsiz qoldirgan.

Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy jazo joriy etish taklif qilinmoqda
7 avgust 2023, 15:57

Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy jazo joriy etish taklif qilinmoqda

Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga nikoh uchun odam o‘g‘irlaganlik bo‘yicha alohida modda kiritish taklif qilinmoqda. Ombudsman idorasi ushbu qaror ayollarga nisbatan jinoyatlar sonini kamaytirishga yordam beradi, deya umid qilmoqda.

“Amaliy nuqtai nazardan, davlat endi mavjud emas”. Nima uchun Gaiti 200 yildirki inqirozlar ichida?
6 avgust 2023, 08:30

“Amaliy nuqtai nazardan, davlat endi mavjud emas”. Nima uchun Gaiti 200 yildirki inqirozlar ichida?

Birorta ham saylangan amaldor qolmagan, mamlakatning aksariyat hududi qurolli to‘dalar nazorati ostida, millionlab aholiga esa ochlik xavf solyapti. Karib havzasida joylashgan Gaiti davlat sifatida o‘zining mavjudligini tahdid ostida qoldirgan eng jiddiy inqirozni boshdan kechirmoqda.

Aleksey Navalniy 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi
5 avgust 2023, 16:49

Aleksey Navalniy 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Qattiq rejimdagi koloniyada 9 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 19 yilga maxsus rejimli koloniyaga hukm qilindi. Uning aytishicha, u umrbod qamoq jazosini o‘tayotganini juda yaxshi tushunadi va 19 raqami esa ruslarni qo‘rqitish uchun mo‘ljallangan.

Reuters: Rossiya armiyasiga Qozog‘istondan ko‘ngillilarni jalb qilishni boshladi
3 avgust 2023, 23:04

Reuters: Rossiya armiyasiga Qozog‘istondan ko‘ngillilarni jalb qilishni boshladi

Ukrainadagi urush avj olishi fonida Rossiya o‘z armiyasi uchun Qozog‘istondan ko‘ngillilarni yollashni boshladi, deb yozmoqda Reuters. Internetdagi reklama mamlakat aholisiga “aniq yo‘naltirilgan” va shartnoma imzolangandan keyin 5000 dollardan ortiq to‘lov taklif qilinmoqda.

Xitoy bolalarning smartfonlarda internetdan foydalanish vaqtini cheklamoqchi
3 avgust 2023, 20:15

Xitoy bolalarning smartfonlarda internetdan foydalanish vaqtini cheklamoqchi

Xitoy hukumati “voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz va sog‘lom internet muhitini yaratish” maqsadida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning mobil qurilmalarda internetdan foydalanish vaqtini cheklashni rejalashtirmoqda.

Donald Tramp Kapitoliyga qilingan hujum ishi bo‘yicha ayblanmoqda. Asosiy ma’lumotlar
3 avgust 2023, 11:11

Donald Tramp Kapitoliyga qilingan hujum ishi bo‘yicha ayblanmoqda. Asosiy ma’lumotlar

Donald Tramp AQSh Kongressi binosiga hujum qilish bilan bog‘liq ish bo‘yicha ayblanmoqda. Ayblovga ko‘ra, AQShning sobiq prezidenti “hokimiyatda qolishga qat’iy qaror qilgan” va 2020-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini aldov yo‘li bilan bekor qilishga uringan.

Qozog‘istonda itlarni tutish xizmatlari ularni ushlash jarayonini tasvirga olishi shartligi belgilandi
2 avgust 2023, 17:42

Qozog‘istonda itlarni tutish xizmatlari ularni ushlash jarayonini tasvirga olishi shartligi belgilandi

Qozog‘istonda boshpanasiz hayvonlarni tutish xizmatlari ularni ushlash jarayonini tasvirga olishi kerak bo‘ladi. Bu hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik holatlarining oldini olishga yordam berishi kutilmoqda.

Dunyoda har yili 1,3 millionga yaqin odam tamaki tutunidan vafot etmoqda — JSST
2 avgust 2023, 10:27

Dunyoda har yili 1,3 millionga yaqin odam tamaki tutunidan vafot etmoqda — JSST

Tamaki nazorati sohasida ijobiy o‘zgarishlar bor, ammo uning iste’moli “jamoat salomatligi uchun asosiy tahdidlardan biri” bo‘lib qolmoqda, deyiladi JSST hisobotida. Har yili dunyoda 1,3 millionga yaqin odam passiv chekish (tamaki tutuni) qurboni bo‘lyapti.

“Turkmaniston” aviakompaniyasi dronlar hujumidan so‘ng Moskvaga parvozlarni to‘xtatdi
2 avgust 2023, 09:25

“Turkmaniston” aviakompaniyasi dronlar hujumidan so‘ng Moskvaga parvozlarni to‘xtatdi

Moskvaga dronlar hujumidan so‘ng “Turkmaniston” aviakompaniyasi Rossiya poytaxtiga parvozlarni to‘xtatdi. Qaror “parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida xavfni baholash” asosida qabul qilingan.

AQSh “Tolibon”ni inson huquqlarini hurmat qilishga chaqirdi
1 avgust 2023, 17:48

AQSh “Tolibon”ni inson huquqlarini hurmat qilishga chaqirdi

AQSh “Tolibon” harakatini “inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashishiga olib keluvchi siyosatini, ayniqsa, ayollarga nisbatan qayta ko‘rib chiqishga” chaqirdi. “Tolibon”, o‘z navbatida, Afg‘oniston Markaziy bankining muzlatilgan aktivlarini qaytarishni so‘radi.

Xitoy dronlar eksportini chekladi
31 iyul 2023, 19:13

Xitoy dronlar eksportini chekladi

Xitoy sentabrdan harbiy maqsadlarda qayta jihozlanishi mumkinligidan xavotirlanib, fuqarolik dronlari eksportiga cheklovlar kiritmoqda. Dronlarning ayrim butlovchi qismlarini ruxsatsiz eksport qilish ham taqiqlanadi.

Rossiya Ukrainaning Krivoy Rog shahriga zarba berdi
31 iyul 2023, 18:53

Rossiya Ukrainaning Krivoy Rog shahriga zarba berdi

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Krivoy Rog shahriga raketa hujumi uyushtirdi, to‘qqiz qavatli turar joy binosi va universitet o‘qqa tutildi. Kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq kishi jarohat oldi.

Pokistondagi siyosiy yig‘ilishda yuz bergan portlashda kamida 44 kishi halok bo‘ldi
31 iyul 2023, 10:12

Pokistondagi siyosiy yig‘ilishda yuz bergan portlashda kamida 44 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Bajaur tumanida siyosiy partiya yig‘ilishida xudkush portlash uyushtirdi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 44 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi jarohat olgan. O‘zbekiston TIV qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting