Jahon

Amsterdamning 80 foiz ko‘chalarida maksimal tezlik soatiga 30 kmgacha pasaytiriladi
4 oktabr 2023, 10:29

Amsterdamning 80 foiz ko‘chalarida maksimal tezlik soatiga 30 kmgacha pasaytiriladi

Niderlandiya poytaxti Amsterdam shahridagi 80 foiz ko‘chalarda transport vositalari uchun tezlik chegarasi soatiga 50 kmdan 30 kmgacha pasaytiriladi. Shahar ma’muriyati bu orqali jiddiy YTHlarni 30 foizgacha kamaytirmoqchi. Shuningdek, bu shahardagi shovqin darajasini ikki baravar kamaytirishi kutilmoqda.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegara bo‘yicha bayonnoma imzoladi
3 oktabr 2023, 23:37

Qirg‘iziston va Tojikiston chegara bo‘yicha bayonnoma imzoladi

Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari uchrashuvida qirg‘iz-tojik chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi. Uning mazmuni oshkor qilingani yo‘q, biroq ikki davlat maxsus xizmatlari rahbarlari ushbu hujjat chegaradagi barcha kelishmovchiliklarni hal etishini ma’lum qildi.

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti elektronlarni o‘rgangan olimlarga berildi
3 oktabr 2023, 16:13

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti elektronlarni o‘rgangan olimlarga berildi

Fizika bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti elektronlar bo‘yicha eksperimental tajribalar o‘tkazgan olimlar Per Agostini, Ferens Krauz va Ann Le-Huillerga berildi.

Armaniston parlamenti Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qildi
3 oktabr 2023, 15:41

Armaniston parlamenti Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qildi

Armaniston deputatlari Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudining Rim statutini ratifikatsiya qilishni ma’qullab ovoz berdi. Bir hafta oldin Rossiya TIV Armanistonni buning oqibatlari haqida “ogohlantirgandi”. Mazkur sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergan.

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti koronavirusga qarshi mRNA-vaksinalarini ishlab chiqqan olimlarga berildi
3 oktabr 2023, 10:01

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti koronavirusga qarshi mRNA-vaksinalarini ishlab chiqqan olimlarga berildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti COVID-19 ga qarshi vaksinalar yaratish imkonini beruvchi mRNA sintezi texnologiyalarini ishlab chiqqan Katalin Kariko va Dryu Vaysmanga berildi.

Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga hujum uyushtirgan shaxs o‘limga hukm qilindi
2 oktabr 2023, 11:11

Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga hujum uyushtirgan shaxs o‘limga hukm qilindi

Yanvarda Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga hujum qilgan 50 yoshli Eron fuqarosiga o‘lim jazosi tayinlandi. Uning o‘q otishi oqibatida elchixona xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘lgan, ikki qo‘riqchi yaralangandi.

Anqarada Turkiya IIV binosi oldida portlash yuz berdi
1 oktabr 2023, 14:09

Anqarada Turkiya IIV binosi oldida portlash yuz berdi

Anqarada Turkiya Ichki ishlar vazirligi binosi oldida terakt sodir etildi. Mamlakat IIV rahbari Ali Yerlikaya bir xudkush o‘zini portlatib yuborgani, ikkinchisi esa “zararsizlantirilganini” ma’lum qildi.

Shveysariya Bosh prokuraturasi mamlakat federal jinoyat sudiga Gulnora Karimovaga nisbatan ayblov xulosasini kiritdi
29 sentabr 2023, 12:22

Shveysariya Bosh prokuraturasi mamlakat federal jinoyat sudiga Gulnora Karimovaga nisbatan ayblov xulosasini kiritdi

Shveysariya Bosh prokuraturasi mamlakat federal jinoyat sudiga Gulnora Karimova va uning sherigiga nisbatan ayblov xulosasini kiritdi. Ular jinoiy tashkilot faoliyatida ishtirok etish, pul yuvish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. Prokuratura 483 mln dollarlik aktivlarni musodara qilish bo‘yicha ham so‘rov kiritgan.

Toqayev: Qozog‘iston sanksiya rejimiga so‘zsiz amal qiladi
28 sentabr 2023, 21:26

Toqayev: Qozog‘iston sanksiya rejimiga so‘zsiz amal qiladi

Qozog‘iston G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga so‘zsiz amal qiladi, dedi mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev. U, shuningdek, Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga chaqirib, Qozog‘iston Rossiyaning hududiy da’volaridan qo‘rqmasligini aytdi.

“Garri Potter” filmlarida Dambldor rolini ijro etgan aktyor Maykl Gambon vafot etdi
28 sentabr 2023, 17:47

“Garri Potter” filmlarida Dambldor rolini ijro etgan aktyor Maykl Gambon vafot etdi

Garri Potter haqidagi filmlarda Albus Dambldor rolini ijro etgan aktyor Maykl Gambon 82 yoshida pnevmoniyadan ko‘z yumdi.

Guardian: Rossiya Ukrainada ishlatayotgan dronlarda Yevropada ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlar bor
28 sentabr 2023, 15:45

Guardian: Rossiya Ukrainada ishlatayotgan dronlarda Yevropada ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlar bor

Rossiya Ukrainada qo‘llagan Eron kamikadze-dronlarida Yevropada ishlab chiqarilgan komponentlar mavjudligi aniqlandi, deya yozmoqda Guardian. Yevropa kompaniyalari mahsulotlari Eronga bir nechta mamlakat, jumladan, O‘zbekiston orqali olib kirilgani ta’kidlangan.

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tugatiladi
28 sentabr 2023, 14:40

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tugatiladi

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rahbari 2024-yil 1-yanvardan uning faoliyatini tugatish va barcha davlat muassasalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qorabog‘ aholisini Ozarbayjon taqdim etgan reintegratsiya shartlari bilan tanishtirish taklif qilindi.

Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari ritorikasi genotsidga da’vatga o‘xshaydi — BMT
28 sentabr 2023, 08:38

Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari ritorikasi genotsidga da’vatga o‘xshaydi — BMT

Rossiya ommaviy axborot vositalarining Ukrainadagi urush haqidagi ritorikasini genotsidga chorlash deb hisoblash mumkin, deya ta’kidladi BMT komissiyasi. Rossiya armiyasining harbiy jinoyatlari, jumladan, fuqarolik infratuzilmasiga hujumlari va qiynoqlarga yo‘l qo‘yganiga oid ko‘plab dalillar ham to‘plandi.

“Suv shusiz ham O‘zbekistonga oqib turibdi”. Sadir Japarov — Farg‘onaga Kampirobod suv omboridan suv yetkazib berish haqida
27 sentabr 2023, 23:55

“Suv shusiz ham O‘zbekistonga oqib turibdi”. Sadir Japarov — Farg‘onaga Kampirobod suv omboridan suv yetkazib berish haqida

“O‘zbek tomoni shusiz ham O‘zbekistonga oqib turgan suvni qanday olishining Qirg‘izistonga farqi yo‘q”, deya ma’lum qildi mamlakat prezidenti Sadir Japarov. U Farg‘onaga Kampirobod suv omboridan suv quvuri yotqizish rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarga shunday izoh berdi.

BMT rahbari dunyoda yadroviy qurollarni yo‘q qilishga chaqirdi
26 sentabr 2023, 23:45

BMT rahbari dunyoda yadroviy qurollarni yo‘q qilishga chaqirdi

Dunyodagi yadroviy tahdid geosiyosiy raqobat tufayli sovuq urush darajasiga yetdi, dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish. U xalqaro hamjamiyatni yadroviy qurollarni yo‘q qilishga va uni tarqatmaslik rejimini kuchaytirishga chaqirdi.

Tog‘li Qorabog‘dagi portlash oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, 300 ga yaqin odam jarohatlandi
26 sentabr 2023, 17:26

Tog‘li Qorabog‘dagi portlash oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, 300 ga yaqin odam jarohatlandi

Tog‘li Qorabog‘dagi Stepanakert shahri yaqinida yonilg‘i omborining portlashi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 290 kishi jarohatlandi, ularning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda. Tan olinmagan respublika vakillarining xabar berishicha, ombor Qorabog‘dan Armanistonga ketayotganlarni benzin bilan ta’minlagan.

Qozog‘istonda 21 yoshdan kichiklarga energetik ichimliklar sotish taqiqlanishi mumkin
26 sentabr 2023, 13:56

Qozog‘istonda 21 yoshdan kichiklarga energetik ichimliklar sotish taqiqlanishi mumkin

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri mamlakatda 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga energetik ichimliklar sotish taqiqlanishi haqidagi qonun ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Vazirning ta’kidlashicha, qonun loyihasi yaqin kunlarda Senatga yuboriladi.

Belarusda fuqarolarga dronlarni uchirish va saqlash taqiqlandi
26 sentabr 2023, 10:32

Belarusda fuqarolarga dronlarni uchirish va saqlash taqiqlandi

Belarus fuqarolariga mamlakatga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish, saqlash, sotish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlandi. Endi dronlarni faqat yuridik shaxslar va tashkilotlar tadbirkorlik hamda professional faoliyat maqsadida ishlatishi mumkin.

Tojikiston hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar boshlandi
25 sentabr 2023, 23:36

Tojikiston hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar boshlandi

Tojikiston hududlarida elektr energiyasida ommaviy uzilishlar kuzatilmoqda. Qator shaharlar aholisining so‘zlariga ko‘ra, elektr toki kunduzi ham, kechasi ham o‘chirilmoqda. Energetika xizmatlari buni qish oldidan ta’mirlash ishlari olib borilayotgani bilan izohladi.

"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting