Kelgusi yildan boshlab Qozog‘istonning barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari sun’iy intellektni o‘rganish bo‘yicha kursdan o‘tadi. Bu haqda mamlakat fan va oliy ta’lim vaziri Sayasat Nurbek ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Tengrinews.kz.

“Intellektual intellektni o‘zlashtirgan mutaxassislarga talab bo‘ladi, o‘zlashtirmaganlar esa ishidan ayriladi…Keyingi oy oxirida Nyu-Yorkda shartnoma imzolaymiz, keyingi o‘quv yilidan, ehtimol, keyingi kalendar yilida esa bu ishni yakunlasak, barcha o‘quv dasturlarida barcha talabalar sun’iy intellekt bo‘yicha kursda qatnashishi kerak bo‘ladi”, — dedi vazir inson kapitalini rivojlantirishga bag‘ishlangan forumda (Tengrinews.kz iqtibosi).

Uning ta’kidlashicha, vazirlik kursni majburiy fanga aylantirishni rejalashtirmoqda, shunda “yakunida barcha talabalar sun’iy intellekt sohasida asosiy kompetensiyalarga ega bo‘ladilar”.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, “bu innovatsion kurs bo‘ladi”, chunki hozirgacha dunyoning hech bir universitetida bunday fan o‘rgatilmagan.

Qozog‘istondagi harbiy qismlarda ham sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Xususan, Mudofaa vazirligi harbiylar o‘rtasida “dedovshina” holatlarini aniqlash va yo‘q qilish uchun videokuzatuv tizimidagi Face ID funksiyasidan foydalanish niyatida.