Surxondaryo viloyatida Lada Samara haydovchisi mast holda yo‘lda yotgan piyodani bosib ketdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 12 dekabr kuni soat 19:30 da Angor tumanida sodir bo‘lgan. Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, YTH oqibatida 46 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etgan. Lada Samara haydovchisi hodisa joyidan qochib ketgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalarini yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.