Surxondaryo viloyatida 18 yoshli yigit boshqaruvidagi katta tezlikda harakatlangan Lacetti daraxtga borib urildi, deya xabar berdi viloyat YHXB matbuot xizmati.

17 dekabr kuni soat 00:40 atrofida Uzun tumani Qorashiq mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda Sariosiyo-Uzun yo‘nalishida harakatlanayotgan 18 yoshli Lacetti haydovchisi yo‘l chetidagi daraxtga urilib, YTH sodir etgan.

Mashinada haydovchi bilan birga bir nafar yo‘lovchi ham bo‘lgan. Hodisa oqibatida haydovchi vafot etgan, yo‘lovchi esa shifoxonaga yotqizilgan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Spark haydovchisi piyodani urib yubordi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa 13 dekabr kuni soat 9:45 larda Ohangaron tumani hududidan o‘tgan Olmaliq-Toshkent yo‘lida yuz bergan. Spark haydovchisi yo‘lning o‘rtasida harakatlanib ketayotgan piyodani urib yuborib, unda yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan ketib qolgan. Oqibatda piyoda vafot etgan.

йтҳ, сурхондарё, тошкент

Foto: YHXX

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.