Qarshi shahrida Cobalt piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan voyaga yetmagan fuqaroni urib yuborib, yo‘lovchiga yordam ko‘rsatmay voqea joyidan qochib ketgani xabar qilingandi.

YHXXning ma’lum qilishicha, viloyat miqyosida avtomashinani qidirish ishlari olib borildi. Natijada Cobalt hamda uning haydovchisi topildi.

YTH yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 1-qismi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.