Toshkent shahri Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasi Novza jome masjidi qarshisida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda poytaxt YHXB axborot xizmati.

2022 yil 14 dekabr kuni soat 15:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida 2003 yilda tug‘ilgan Sh. S. boshqaruvidagi Nexia 3, 1972 yilda tug‘ilgan Sh. X. boshqaruvidagi Lacetti, 1990 yilda tug‘ilgan J.X. boshqaruvidagi Labo rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

йтҳ, тошкент аэропорти

Yo‘l transport hodisasi oqibatida Lacetti haydovchisi Sh. X. jaroxat oldi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.