Toshkent viloyatining Angren shahrida tormoz tizimidagi nosozlik tufayli Isuzu rusumli yuk mashinasi beshta yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar berdi viloyat IIB YHXB matbuot xizmati.

Hodisa 12 dekabr kuni soat 15:10 atrofida A-373 «M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘lining 184-kilometrida sodir bo‘ldi.

Yuk mashinasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan 3 ta Nexia va 2 ta Cobalt rusumli avtomobillarga to‘qnashgan.

Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.