Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida ikki avtobus yo‘l-transport hodisasi sodir etdi, deya xabar qildi poytaxt YHXB.

2022 yil 14 dekabr kuni soat 11:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida 2000 yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi Mercedes-Benz yo‘lovchi tashuvchi transport vositasi va 1972 yilda tug‘ilgan T.S. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 01 031 JFA bo‘lgan MAN A22 yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Yo‘l transport hodisalari natijasida 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati oldi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.