Toshkent xalqa avtomobil yo‘li Zamona to‘yxonasi qarshisida Damas va «GAZel» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda shahar IIBB YHXB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2022 yil 16 dekabr kuni soat 06:30 larda Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘li Zamona to‘yxonasi qarshisida 1983 yilda tug‘ilgan U.U. boshqaruvidagi «GAZel» yo‘lovchi tashuvchi transport vositasi va 1995 yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvidagi Damas ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

йтҳ

Yo‘l transport hodisasi oqibatida Damas haydovchisi A.E. tan jarohat oldi. YHXBning «Gazeta.uz» ga ma’lum qilishicha, mashinalar salonida yo‘lovchilar bo‘lmagan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.