Surxondaryoda Nexia va Nexia-3 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 19 dekabr kuni soat 07:30 larda M-41 avtomobil yo‘lining 1609-kilometrida Termiz-Denov yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia-3 bilan yana bir Nexia o‘zaro to‘qnashdi.

Nexia-1 haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etdi. Qolgan uch nafar yo‘lovchi va Nexia-3'ning haydovchisi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.

йтҳ, сурхондарё

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, chorrahada vaqtinchalik elektr energiyasi uzib qo‘yilgani sabab o‘rnatilgan svetoforning ishlamagan. Yo‘l belgilari bilan tartibga solingan ushbu chorrahada Nexia-1 avtomobili asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Nexia-3'ga yo‘l bermasdan, harakatlanib chiqib kelgan. Svetofor noqonuniy elektr tarmog‘iga ulangani uchun tarmoqdan ajratib qo‘yilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.