Qashqadaryo viloyatida Spark va «GAZ-53» ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.
2022 yil 19 dekabr kuni taxminan soat 07:15 larda xalqaro ahamiyatdagi A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yo‘lining 73-km da Koson tuman «Pudina» QFY hududida Mirishkor tumani «Zafarobod» MFYda yashagan haydovchi B.N. boshqaruvida bo‘lgan Spark`ni «Qarshi-Koson» yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borib, bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib borayotgan Koson tumani Mudin qishlog‘ida yashovchi M.D. boshqaruvidagi «GAZ-53» avtomobili bilan YTH sodir etgan.
Oqibatda Spark haydovchisi B.N. olgan og‘ir tan jarhati bois voqea joyida, yo‘lovchisi N.S. esa shifoxonada vafot etgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.