«yong‘in» tegli maqolalar


Farg‘onadagi muzeyda noyob eksponatlar yonib ketgani aytilmoqda
15 aprel 2024, 23:58

Farg‘onadagi muzeyda noyob eksponatlar yonib ketgani aytilmoqda

Tarmoqlarda Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida yong‘in yuz bergani, bu jamoatchilikdan sir tutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Yong‘inda naqshli masjid eshigi, Angliya qurolsozlari yasagan miltiq qo‘ndog‘i butkul yonib ketgan hamda bir qancha tarixiy eksponatlar zararlangan, deb yozdi Kun.uz.

Toshkent shahrining Sergeli tumanida qurilish chiqindilari yonib ketdi
5 aprel 2024, 14:01

Toshkent shahrining Sergeli tumanida qurilish chiqindilari yonib ketdi

Sergelida ochiq maydondagi qurilish chiqindilari yonib ketdi. Uni o‘chirish uchun 5 ta qutqaruv ekipaji chaqirildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Andijonda maktab yonidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi
12 mart 2024, 11:30

Andijonda maktab yonidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Oltinko‘l tumanida maktab yonidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hodisa oqibatida binoning 85 kvadrat metr tom qismi zararlangan, tan jarohati olganlar bo‘lmagan.

Sobiq “Algoritm” zavodi hududidagi yong‘indan mebel sexining 5 ishchisi qutqarildi
27 fevral 2024, 07:15

Sobiq “Algoritm” zavodi hududidagi yong‘indan mebel sexining 5 ishchisi qutqarildi

Toshkent shahri sobiq “Algoritm” zavodi hududidagi mebel sexida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. U besh soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirildi. Besh kishi qutqarildi, halok bo‘lganlar yo‘q.

Toshkentdagi sobiq “Poytaxt” biznes markazida yong‘in bo‘ldi (video)
9 fevral 2024, 12:43

Toshkentdagi sobiq “Poytaxt” biznes markazida yong‘in bo‘ldi (video)

Yunusobod tumanidagi sobiq “Poytaxt” biznes markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji bartaraf etdi. FVV hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligini bildirdi.

Andijonda ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi
2 fevral 2024, 21:30

Andijonda ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Yong‘inga gaz-havo aralashmasining chaqnashi sabab bo‘lgan, deb xabar berdi viloyat FVB.

Shahrixon bozoridagi yong‘inni 20 ta qutqaruv brigadasi o‘chirdi
26 yanvar 2024, 09:46

Shahrixon bozoridagi yong‘inni 20 ta qutqaruv brigadasi o‘chirdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi kiyim-kechak bozorida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 20 ta qutqaruv brigadasi yetib kelgan, yong‘in ikki soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Qoraqalpog‘istondagi elektromobil avtosalonida yong‘in sodir bo‘ldi
25 yanvar 2024, 09:34

Qoraqalpog‘istondagi elektromobil avtosalonida yong‘in sodir bo‘ldi

Chorshanba kuni tunda Beruniy tumanidagi elektromobil avtosalonida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida avtosalonning 90 kvadrat metr maydonining tom qismi va bir dona BYD avtomobili yonib zararlandi.

Farg‘ona shahridagi neft bazada yong‘in chiqdi
22 yanvar 2024, 18:19

Farg‘ona shahridagi neft bazada yong‘in chiqdi

Farg‘ona shahridagi “NEFT OIL” MCHJda yong‘in chiqib, uni o‘chirishga 12 ta qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkentda ichida qurilish materiallari bo‘lgan konteyner yonib ketdi
17 yanvar 2024, 19:58

Toshkentda ichida qurilish materiallari bo‘lgan konteyner yonib ketdi

Poytaxtning Bektemir tumanida ichida qurilish materiallari bo‘lgan konteynerda yong‘in sodir bo‘ldi. Uzum Market marketpleysi kompaniya ombori yonayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi — yong‘in qo‘shni hovlida sodir bo‘lgan.

Toshkentda metro yaqinidagi bir necha do‘konlarda yong‘in chiqdi (foto, video)
15 yanvar 2024, 16:30

Toshkentda metro yaqinidagi bir necha do‘konlarda yong‘in chiqdi (foto, video)

Sergeli tumanida metroning “Qipchoq” va “Turon” bekatlari yaqinidagi bir nechta yengil konstruksiyali do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmadi, deb xabar berdi FVV. “Toshkent metropoliteni” yong‘in metro tizimiga ta’sir ko‘rsatmaganini bildirdi.

Toshkentdagi yana bir kafeda yong‘in sodir bo‘ldi
15 yanvar 2024, 12:49

Toshkentdagi yana bir kafeda yong‘in sodir bo‘ldi

Dushanbaga o‘tar kechasi Yunusobod tumanida joylashgan kafe yonib ketdi. Vafot etganlar va jabrlanganlar yo‘q. Ikki kun avval Mirobod tumanidagi kafelardan birida yong‘in sodir bo‘lib, 3 kishi jarohatlangan edi.

Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi
14 yanvar 2024, 17:57

Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarar miqdori 120,7 mln so‘mni tashkil etmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentdagi kafeda sodir bo‘lgan yong‘inda 3 kishi jarohat oldi
13 yanvar 2024, 11:34

Toshkentdagi kafeda sodir bo‘lgan yong‘inda 3 kishi jarohat oldi

Mirobod tumanida joylashgan kafeda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Yong‘in sabab kafening 150−200 kv. metr maydonida tom va shift qismi zararlandi.

Toshkentda Matiz yonib ketdi
13 yanvar 2024, 09:37

Toshkentda Matiz yonib ketdi

Yunusobod tumanida Matiz butunlay yonib ketdi. Yong‘in kelib chiqishiga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Toshkent shahar IIBB haydovchilardan avtomobilning texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishni so‘radi.

Toshkentda “Jiguli” yonib ketdi
10 yanvar 2024, 11:55

Toshkentda “Jiguli” yonib ketdi

Shayxontohur tumanida “VAZ-2107” elektr simlarida yuz bergan qisqa tutashuv oqibatida yonib ketdi. Hodisa sabab hech kim jarohatlanmadi.

Samarqandda 2 ta yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida ulardan biri butunlay yonib ketdi
4 yanvar 2024, 17:41

Samarqandda 2 ta yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida ulardan biri butunlay yonib ketdi

Samarqandda ikkita yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida ulardan biri, 21 tonna limon olib ketayotgan transport butunlay yonib ketdi.

Toshkentda harakatlanib ketayotgan avtobusda yong‘in chiqdi
20 dekabr 2023, 22:58

Toshkentda harakatlanib ketayotgan avtobusda yong‘in chiqdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida 151-sonli Mercedes-Benz avtobusida yuqori bosimli havo quvurining yorilishi tufayli qisqa tutashuv, uning ortidan yong‘in yuz berdi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan, avtobus dvigateliga zarar yetgan.

Toshkentda yong‘in oqibatida ayol va uning ikki qizi halok bo‘ldi
19 dekabr 2023, 09:47

Toshkentda yong‘in oqibatida ayol va uning ikki qizi halok bo‘ldi

Poytaxtning Yashnobod tumanidagi uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ayol hamda uning 8 va 5 yoshli ikki qizi halok bo‘ldi.

Olmaotadagi xostelda yuz bergan yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
30 noyabr 2023, 12:07

Olmaotadagi xostelda yuz bergan yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi xostelda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 13 kishi, jumladan, ikki nafar yosh O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekiston TIV halok bo‘lganlarning yaqinlariga jasadlarni vatanga olib kelishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting