22-yanvar kuni tushdan so‘ng Farg‘ona shahrining To‘qay ko‘chasidagi “NEFT OIL” MCHJda yong‘in kelib chiqdi. Holat aks etgan videolar tarmoqlarda tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati yong‘in bo‘yicha 15:18 da xabar kelib tushganini ma’lum qildi.

12 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 15:26da (8 daqiqadan so‘ng) voqea joyiga yetib bordi. Yong‘in soat 16:08 da (40 daqiqadan so‘ng) to‘liq qurshab olindi va soat 16:14 da batamom o‘chirildi.

Baxtsiz hodisa oqibatida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Boshqarma ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdorini aniqlamoqda.