«yong‘in» tegli maqolalar


Qashqadaryodagi qishloq hududida yer tagidan chiqayotgan tutun yuzasidan izoh berildi
15 dekabr 2021, 12:07

Qashqadaryodagi qishloq hududida yer tagidan chiqayotgan tutun yuzasidan izoh berildi

Chiroqchi tumandagi Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘ida yer ostidan olov va tutun chiqayotgani haqidagi xabarlarga Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, ushbu holat yer ostida qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida yuzaga kelgan. Holat geologlar yordamida o‘rganilmoqda.

Qoraqalpog‘iston qo‘riqxonasida uch kun davom etgan yong‘in 35 gektar o‘rmonga zarar yetkazdi
30 noyabr 2021, 19:35

Qoraqalpog‘iston qo‘riqxonasida uch kun davom etgan yong‘in 35 gektar o‘rmonga zarar yetkazdi

27 noyabr kuni Qoraqalpog‘istonning quyi Amudaryo biosfera rezervatida boshlangan o‘rmon yong‘inlari 30 noyabrning tongiga kelib to‘liq o‘chirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rmonning 30−35 gektar maydoni zarar ko‘rgan. Yong‘in boshlangan hududda chodirlar o‘rnatilgani ma’lum qilindi.

Sergelidagi korxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi
29 noyabr 2021, 10:29

Sergelidagi korxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi

Sergelidagi tegirmon-yorma sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonadagi ishchilar yotoqxonasida havo-gaz chaqnashi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Bunga gaz quvurlarining nosozligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hodisa tufayli 18 nafar fuqaro kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.

Talabalar shaharchasida yong‘in sodir bo‘ldi
28 oktabr 2021, 15:22

Talabalar shaharchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent davlat texnika universiteti yaqinidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida oshxona binosining 120 m.kv maydoni yonib zararlangan, jabrlanganlar yo‘q.

Toshkentda xonadonlardan birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi
11 oktabr 2021, 12:42

Toshkentda xonadonlardan birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi

Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida uyning taxminan 20−25 kv.m maydonda shift va ichki qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida 6 fuqaro qutqarib qolindi, 1 kishi halok bo‘ldi.

Samarqandda bolalar bog‘chasida yong‘in sodir bo‘ldi
4 oktabr 2021, 16:47

Samarqandda bolalar bog‘chasida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand shahridagi bog‘chalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Qarshida yuzaga kelgan yong‘inda uch kishi halok bo‘ldi
2 oktabr 2021, 15:13

Qarshida yuzaga kelgan yong‘inda uch kishi halok bo‘ldi

Juma kuni ertalab Qarshidagi mebel ustaxonasida yong‘in kelib chiqdi, uch kishi halok bo‘ldi.

Qozog‘iston harbiy qismlaridagi portlashlar oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, bedarak yo‘qolganlar bor
27 avgust 2021, 10:10

Qozog‘iston harbiy qismlaridagi portlashlar oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, bedarak yo‘qolganlar bor

Qozog‘istonning Jambil viloyati, Qaynar qishlog‘idagi muhandislik o‘q-dorilari saqlanadigan omborlardan birining yonida yong‘in yuzaga kelib, portlashlar ro‘y berdi. Oqibatda to‘rt harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 66 kishi jabrlangan. Bir necha kishi aloqaga chiqayotgani yo‘q. Taxminan 1200 kishi evakuatsiya qilindi.

Zomin milliy tabiat bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi
8 avgust 2021, 19:21

Zomin milliy tabiat bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Zomin milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga FVVning 55 nafar yong‘in-qutqaruvchilari jalb etildi. Hodisa natijasida 10 sotix maydonning zarar ko‘rgani ma’lum qilindi.

Qashqadaryoda Lacetti yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 4 kishi vafot etdi
5 avgust 2021, 21:04

Qashqadaryoda Lacetti yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 4 kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Lacetti va Isuzu to‘qnashishi oqibatida yong‘in chiqdi. Lacetti avtomobilidagi to‘rt nafar fuqaro kuyib, vafot etdi.

Angrendagi to‘qqiz qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
5 avgust 2021, 14:16

Angrendagi to‘qqiz qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

5 avgust kuni Angren shahrida joylashgan to‘qqiz qavatli uyning 6-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi. Qutqaruvchilar tomonidan 25 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilib, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida xonadonning 50 kv.metr maydoni zararlangan.

Video: Zomindagi yong‘in o‘chirilayotganda havodan 30 tonnadan ziyod suv tashlandi
2 avgust 2021, 10:44

Video: Zomindagi yong‘in o‘chirilayotganda havodan 30 tonnadan ziyod suv tashlandi

Mudofaa vazirligining vertolyotlari tomonidan yakshanba kuni Zomindagi o‘rmon yong‘inini o‘chirayotganda havodan olovga 30 tonnadan ziyod suv tashlandi.

Zomin tumanidagi tog‘larda yong‘in sodir bo‘ldi
1 avgust 2021, 14:16

Zomin tumanidagi tog‘larda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi “Duoba” QFY O‘riklisoy qishlog‘i dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inni o‘chirishga 4 ta vertolyot, FVVning 370 dan ortiq xodimlari bilan birga Milliy gvardiya, IIB, Davlat ekologiya qo‘mitasidan ham kuch va vositalari jalb qilingan.

Toshkentda Lada Samara ag‘darilib, yonib ketdi
1 avgust 2021, 11:32

Toshkentda Lada Samara ag‘darilib, yonib ketdi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida “Vaz-2114” (Lada Samara) avtomobili ag‘darilib ketdi. Oqibatda bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Samarqandda 5 ta uy yonib ketdi
28 iyul 2021, 11:35

Samarqandda 5 ta uy yonib ketdi

Samarqand viloyatida 5 ta uy yonib ketdi. Yong‘in kuchli shamol oqibatida katta maydonga tarqalgan. Uni o‘chirishga 1 soatdan oshiq vaqt ketdi. Yong‘in natijasida jarohat olganlar yo‘q.

Olmazor tumanida yo‘lovchi tashuvchi “Gazel” yonib ketdi
26 iyul 2021, 14:29

Olmazor tumanida yo‘lovchi tashuvchi “Gazel” yonib ketdi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida dvigatel qismida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi sabab “Gazel” avtomobili yonib ketdi. Yo‘lovchilar avtomobildan tushirilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Toshkentda elektron reklama ekrani yonib ketdi
23 iyul 2021, 14:21

Toshkentda elektron reklama ekrani yonib ketdi

Juma kuni ertalab Toshkentning Yunusobod tumanidagi Uchqahramon aylanma yo‘lida joylashgan elektron reklama ekrani yonib ketdi. Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q.

Iroqdagi kasalxonada yuzaga kelgan yong‘in oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
13 iyul 2021, 10:27

Iroqdagi kasalxonada yuzaga kelgan yong‘in oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Iroqning En-Nasiriya shahrida joylashgan kasalxonadagi COVID-19 bemorlari davolanadigan bo‘lim yonib ketdi. Kamida 50 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohatlangan.

Sho‘rtandagi yong‘inda korxonaning bir ishchisi halok bo‘ldi
1 iyul 2021, 18:49

Sho‘rtandagi yong‘inda korxonaning bir ishchisi halok bo‘ldi

Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Sho‘rtan bosh inshootidagi Gazdan propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi.

“Qamchiq”da yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
1 iyul 2021, 16:39

“Qamchiq"da yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

“Qamchiq” dovonida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Natijada mashina salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting