12-mart kuni soat 09:55 atrofida Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi maktablardan birining yonida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, maktabning yonidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:00 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:05 da o‘rab olingan va soat 10:14 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida maktab binosi yonidagi 1 qavatli oshxonaning taxminan 85 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.