Toshkent shahri Shayxontohur tumanida “VAZ-2107” yonib ketdi, deya xabar qildi poytaxt IIBB.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil 10-yanvar kuni soat 09:46 larda, Toshkent shahrining Shayxontohur tumani “O‘qchi” MFY B.Zokirov ko‘chasi 2-uy oldida to‘xtab turgan, fuqaro D.S.ga tegishli “VAZ-2107” rusumli avtomobilda elektr simlarida qisqa tutashuv oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohat olganlar yo‘q.

Hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangani qayd etildi.